Flotatsion to‘yintirish sulfid va polimetall rudalarni to‘yintirishda
keng qoilaniladi. Bu usul metall va begona jins zarrachalarining suv
bilan turlicha ho‘llanishiga asoslangan.
Mis sulfidli minerallar bekorchi jinslarga qaraganda suv bilan
yaxshi hoilanmasdan moy zarralariga o‘ralib, ko‘pik tarzida yuqoriga
o'ralib chiqadi. Ular yig‘ib olingach, quritiladi va qayta ishlanadi.
Mis konsentratlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib,
to'yintirish uchun
qaynovchi qatlam ostida boyitish
usuli qoilaniladi.
Tarkibida oltingugurt, surma va boshqa zararli elementlar ko‘p
boigan rudalar vertikal pechlarda m aium haroratda qizdirish y o ii
bilan to‘yintiriladi. Boyitilgan mis rudalari alangali pechlarda suyuq
lantiriladi. Pechga kiritilgan shixta tarkibidagi misning oltingugurt va
kislorod bilan birikmalari 900°C haroratda reaksiyaga kirishadi:
Cu2S + 2C u0
2
=
6
Cu + C 0
2
CuC + 2CuO = 4Cu + C 0
2
Mosil boigan toza mis reaksiyaga kirmay qolgan temir ikki
sulfidi bilan reaksiyaga kirishadi: FeS + 2Cu = Cu2S + Fe
FeS + Cu20 = Cu2S + FeO
Temir ikki oksidi esa SiO, bilan birikib shlak hosil qiladi:
2FeO + S i0
2
= 2 F e0 S i0
2
Bu reaksiyalar oqibatida erigan qotishmalar pech tagligiga
yigiladi. Y igilgan qotishmaning asosiy tarkibi Cu2S va FeS
birikmalari dan iborat boiadi. Odatda, bu mis
shteyn
deyiladi. Shteyn
suyuqlantirilib, havo haydash y o ii bilan mis olinadi. Olingan mis
tarkibida 0,05-1,5 % gacha turli qo‘shimchalar boiadi. Bunday mis
texnikada ishlatish uchun tozalanadi.
Xomaki mis termik va elektroliz y o ii bilan tozalanadi. Elektroliz
misning markalari va ishlatilish sohasi 5.1-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: