24
rahbar va pedagog xodimlari o‗quvchilar kompetentliligini shakllanish
hamda rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlab olish zarur. Ular
quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biologiya fani o‗qituvchilari ta‘lim-
tarbiya jarayonida quyidagilarga e‘tibor qaratishlari muhim o‗rin tutadi.
- Biologiya fanida DTS va o‗quv dasturini sinchiklab o‗rganib chiqish kerak,
uning mazmun va mohiyatini o‗zlashtirib olish zarur;
- O‗quvchilar tomonidan fan mazmunini o‗zlashtirishda
yuzaga kelgan
muammolarni aniqlash, muammolarni hal etish yuzasidan chora tadbirlar ishlab
chiqishlari.
- Biologiya fanini o‗qitishda ko‗rgazmali metodlar yetakchi o‗rinni
egallashini hisobga olib tabiiy va tasviriy didaktik materiallar hamada
vositalardan foydalanishga e‘tibor qaratishlari.
- Dars va darsdan dashqari mashg‗ulotlarda tadqiqotchilik hamda
loyihalashtirish ta‘lim texnologiyalaridan ko‗proq
foydalanish maqsadga
muvofiq.
25
- Biologiya fani tabiiy fanlar tarkibiga kirishi sababli amaliy va mantiqiy
metodlardan samarali foydalanish zarur.
O‗quvchilarning fan bo‗yicha kompetentliligini oshirishda elektron ta‘lim
resurslari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda respublika multimedia
markazi va boshqa muassasalar tomonidan yaratilgan yangi elektron ta‘lim
resurslaridan samarali foydalanish.
- O‗qituvchilar axborot texnologiyalari yordamida qo‗shimcha elektron
ta‘lim resurslarini va didaktik materiallar hamda vositalarni yaratishlari zarur.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning sifatini boshqarishda ushbu
jarayonga yangicha yondashib,
ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va
pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to‗g‗ri
tashkil qilinganidagina, ta‘lim samarasi yangi bosqichga ko‗tariladi.
Demak, ta‘lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish
orqali:
- o‗quvchilarning bilim olishga bo‗lgan talabi, moyilligi, is tak-xohishi uning
imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
- o‗quvchining o‗quv mehnatiga mas‘uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash va ijodkorlik malakalari shakllanadi;
- o‗z bilimi, ko‗nikmasi va malakasiga bo‗lgan ishonchi ortadi;
-
erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
- o‗quvchilarda hayotiy ko‗nikmalar shakllanadi;
- shaxs jamiyatda o‗zining o‗rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.
Xulosa
qilib aytganda, o‗quvchilar kompetentliligining shakllanishi va
rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni o‗z vaqtida bartaraf etish hamda ta‘lim-
tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish
orqali ta‘lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta‘lim markazida bo‗lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta‘minlash bugungi biologik ta‘lim-tarbiya
jarayonining ustuvor vazifasi bo‗lib qolmoqda.