Nutq madaniyati


Adabiy tilning me’yoriyligi



Yüklə 22,33 Kb.
səhifə3/5
tarix04.09.2023
ölçüsü22,33 Kb.
#141418
1   2   3   4   5
M5

3. Adabiy tilning me’yoriyligi.
Adabiy til umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo‘lib, uning boshqa ko‘rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo‘ljallangan. Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
Millat manfaatiga va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy tilning o‘ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati ko‘p bo‘lib, ular orasida me’yoriylik markaziy o‘rinda turadi. O‘zbek adabiy tilining o‘zbek xalqi uchun umummajburiyligi, ko‘pvazifaliligi va uslubiy tarmoqlanganligi kabi xususiyatlarning birontasi me’yoriyliksiz amalga oshmaydi.
Adabiy til me’yori umumxalq tilining boshqa xususiy me’yorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kodifikatsiyalanganlik – ongli aralashuv yo‘li bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o‘zlashganlik va anglanganlik, egallanganlik va tushunilganlik, qat’iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo‘llanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviylik, turg‘unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, an’anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan o‘suvchanlik, variantlilik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obyektivlik kabilar.
Kishi ongi va amaliyotida til birligi me’yorlashishining birinchi bosqichi odatlanish bo‘lib hisoblanadi. Bu elementlar tinimsiz, takror-takror ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida ko‘nikma hosil bo‘ladi. Tanlash imkoniyati tilning amalda bo‘lishining keyingi davrlariga – til ham shaklan, ham mazmunan boyigan, adabiylik darajasiga ko‘tarilgan paytlarga to‘g‘ri keladi.
4. Adabiy me’yor va badiiy adabiyot.
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o‘rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o‘z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo‘lda ular yangi so‘z va iboralar yaratadilar. Lekin, yaratilgan birliklar o‘sha matnning o‘zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o‘rin olmasligi, bir so‘z bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.
Ammo bir narsa ravshanki, bu birliklar o‘zi qo‘llangan matnda badiiyat uchun, obrazli tasvir va ifoda uchun xizmat qiladi. Shunday ekan ularni bir uslub doirasida me’yoriy deb hisoblashga asosimiz bo‘ladi. Adabiy asarlardan namunalar keltiramiz: Shovillaydi tun bo‘yi shamol. Qaldirg‘ochlar uchun larzakor (A.Oripov. Shovilladi tun.), Lekin faqirga eng ulug‘ tuyulgan fazilatlari – Hazrat Mirning iste’dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi (P.Qodirov. Yulduzli tunlar), Ammo samo o‘g‘li yashinvor, Tashlanmasdan ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, Ko‘zlarida so‘ngan edi nur (O. Matjon. Aks-sado) kabi.
Badiiy adabiyot matnida uchraydigan jargonlarni olaylik. Uning ko‘magida asar voqealari bir qadar ishonchli tasvir qilinishi yoki qahramonlar tili individuallashtirilishi mumkin. Masalan, S.Ravshanning «Chordoqdan otilgan o‘q» (Toshkent, 1986) qissasi jinoyatchilar olami, ularning qiyofalari va kirdikorlarini fosh etishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda uchraydigan metaforik elementlar va jargonlar yuqorida qayd etilgan vazifalarni ado etishga ko‘maklashgan: gladiator (45), qopchiq (69), qovurg‘a (42), kift (31, 42), qushcha (25), murg‘a (31) – o‘g‘rilar, jinoyatchilar guruhining a’zolari, ularning laqablari; qafas (13) – turma, arava (66) – mashina; malax (56) – pul; dum (54) – orqadan kuzatib yuruvchi odam; buyurtma, mukofot (36, 45) – o‘g‘irlangan mol, narsa; hammol (37) – molni olib keluvchi odam, kuryer; soqol (32, 33) – pul kabi. Yana: atanda – xavf, xatar: Shef, atanda, ish chatoq (54); cho‘ra bo‘lmoq – qochmoq: Shaykamizda cho‘ra bo‘lganlardan biri (32) kabi.

Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin