Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


mavzu:Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə60/248
tarix15.04.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#55444
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   248
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va

mavzu:Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish

metodikasi

REJA:

  1. Tovush madaniyatini tarbiyalash dasturi haqida.

  2. Tovushlarni talaffuz qilish, diktsiya, ovoz sifati, nutq ifodaliligiga kuyiladigan talablar haqida tushuncha.

  3. Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish metodikasi

Tayanch tushncha va iboralar: tovush madaniyati, nutq shakllari, tarbiyachi, maktabgacha ta’lim muassasasi va oila, nutq ko’nikmalari, tarbiyachi vazifasi, nutq ifodaligi.

  1. bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha
    bo’lgan davr


Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug’at boyligi keskin ortadi, so’z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so’ngra esa oddiy iboralar, kichik she’rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta so’zdan iborat bo’lgan iboralarni qo’llayotgan bo’lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va undan ortiq so’zlar ishtirokida murakkab iboralarni tuzadi. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar bilan, balki tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Bu davrda bolalarda nutqning tovush tomoni, ya’ni: ovoz va artikulyatsiya apparati, tovush talaffuzi, tinglash qobiliyati jadal rivojlanadi. YAxshi, aniq va intonatsion jihatdan to’g’ri bo’lgan ifodali nutqqa erishish uchun ilk yoshlardan boshlab bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirish zarur.

Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning kattalar bilan muntazam ravishda muloqotda bo’lishi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu davrdagi asosiy vazifa- tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a’zolarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iboratdir.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar guruhlaridir: unlilar - a, i, o; lab-lab - p, b, m; orqa tillilar - k, g, x; lab-tishlilar - v, f; old tillilar - t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo’lgan old tilli tovushlar ham beriladi -xushtaksimonlar - s, z; shuvillovchilar - sh, j, ch; sonorlilar - l, r, ammo bu 3 yoshdan boshlab bolalarning to’g’ri talaffuz qilishlariga erishish zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga to’g’ri talaffuz qila boshlaydilar.

Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qo’shish bolalarning nafaqat turli ko’rinishdagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, balki yaxshi diksiyaga erishishda, ya’ni ularning tovushlar hamda so’zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko’maklashadi. Aynan bir xil tovush taqlidlarini bir necha marta qo’shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi, ularni turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi.

Tovush taqlidlari bola tomonidan ko’p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun namunaga aylanib qoladi hamda akustik va artikulyatsiya ko’nikmalarini orttirish uchun yaxshi material bo’lib xizmat qiladi.

Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taqlidlarini berish kerakki, toki ular bolaning tinglash-nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: na-na, ba, u, mu, av, ga-ga, tu-tu, va x.k. Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so’zlari, tovushga taqlid qilish shakllariga moslashish tovush talaffuzini aniqlash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat taxlilchisiga normal rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa - ayrim tovushlarga quloq tutish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida tinglash qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.

  1. 3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga ko’ra turlicha bo’lgan tovushlarni o’z ichiga oladi, masalan: dish-dish, g’a-g’a-g’a, ku-ku-ku va x.k. Bu tovushga taqlid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni aniq, tushunarli qilib talaffuz qilishga yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan tashqari, tovushga taqlid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noaniq talaffuz qiladigan yoki umuman ayta olmaydigan tovushlarni asta-sekin qo’shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi. Bolalarda mavjud tovushlar aniqlashtiriladi, yangilari paydo bo’ladi.

Shunday qilib, mashg’ulotlarda va undan tashqarida turli tovush taqlidlarini muntazam ravishda qo’llagan holda tarbiyachi bir vaqtning o’zida nutqning tovush madaniyatini ham shakllantiradi. Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush madaniyatiga oid qator bo’limlarni mashq qiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy harakat analizatorlarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiya ishiga tayyorlaydi.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin