Ota-onalarburchagivako‘rgazmatashkiletish. Ota-onalar bur- chagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan ta- nishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolarning uyidagi va oila- dagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, kon- sultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagram- malar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bola- lar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ish- ning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bun- day kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘zlarini qanday tutush- lari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalarqo‘mitasi. Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga sayla- nadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1–2 vakil sayla- nadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii muas- sasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hiso- botni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasasida saqlanadi.
Munozara shaklidagi ota-onalar bilan o‘tkaziladigan pedagogik kengash.
Maqsad: Ota-onalarga bolalarining maktabning ilk bosqichiga moslashuvini silliqlik bilan o‘tishida yordam berish. Bolalarni mak- tabga tayyorlashda ota-onalarning vaziyatlarini aniqlash.
Ishtirokchilar: