Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Mehnat tarbiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə207/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi – shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur ang- latish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijti- moiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllan- tirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiya- ning tarkibiy qismi.
Munozara – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos» – bola, yetaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarishaxsni tarbiyalash, unga mu- ayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarni aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorat- larini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik talab – turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoli- yatda ishtirok etish jarayonida bola tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik mahorat – ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yon- dashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Rag‘batlantirish – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoli- yatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namo- yon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin