Tarbiya jarayoni – pedagog va bola (tarbiyachi va tarbiyalanuv- chi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni – shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijti- moiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) – tarbiya maqsa- diga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tar- biyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tafakkur – ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks eti- shi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.
Tashxis – didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydin- lashtirish, uning natijalarini belgilash.
Ta’lim – bolalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bi- lish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni– shaxsning aqliy va jismoniy qo- biliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayo- nining mohiyati.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Ta’limmetodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samara-
sini ta’minlovchi usullar majmui.
Ta’limmazmuni– davlat ta’lim standartlari asosida belgilab beril- gan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyati- ni qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.