Ta’limshakli– ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Topshiriq – bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Tushuntirish – o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum- lashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
Umumiypedagogika– maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Usul– muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat – shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvo- fiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Ekologik madaniyat– bolaning ijtimoiy talablarga muvofiq ta- biat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong – tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologiktarbiya – bolalarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof- muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarni shakllanti- rishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik ta’lim– bolaga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologikfaoliyat – ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya –bolalarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabat- lari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti- moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.