Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks et-
tiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
Maqol – xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Mahorat – shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror so- hadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoli- yat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malaka- larni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Muammolivaziyat – hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik jarayon– ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuv- chilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik mahorat– pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayon- ning yuqori samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xu- susiyatlari sintezi.
Pedagogiktexnologiya – «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti»
ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy
asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o‘qitish jara- yonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda turli vosita, metodlarni qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.