2-Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida transport tizimini
ahamiyati
Reja
1.Transportning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
Xx asr dastlabki yillaridagi O‘zbekiston transportinig ahvolii.
2.O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotining
moddiy-texnika
bazasini
yaratishda yagona transport tizimining roli.
3.Hozirgi zamon transport tizimi tushunchasi, uningtarkibi va tavsifi.
4.Transportning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos
xususiyatlari
5.Transport iqtisodiyot tarmog‘i sifatida
Transportning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti to‘g‘risidaqisqacha ma’lumot. Xx
asr dastlabki yillaridagi O‘zbekiston transportinig ahvoli
Transport vositasi kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mehnat qurollari va vositalari (inson shular vositasida tabiatga ta’sir ko‘rsatadi)
hamda kishilarning bir erdan ikkinchi erga ko‘chirib turilishisiz, biron iste’mol
mahsuloti yaratish ham, boshqa biron oqilona faoliyat ham bo‘lishi mumkin emas.
Dastlabki davrlarda odamlar o‘zlarining transportga bo‘lgan ehtiyojlarini
oddiy vositalar bilan qondirganlar. O‘zlariga zarur bo‘lgan ozuqalarni, mehnat
vositalarini, kiyim-kechak tayyorlash yoki qulay uy-joy sharoitini yaratish uchun
zarur bo‘lgan materiallarni, shuningdek, yoqilg‘ini (asosan o‘tinni) o‘zlari ko‘tarib
tashiganlar yoki sudraganlar. Keyinchalik esa har xil hayvonlarni o‘rgatish va ularni
ko‘paytirish orqali, yuk va odamlarni ko‘proq o‘shalardan foydalangan holda
tashiganlar.
Vaqtlar o‘tishi bilan mehnat unumdorligining o‘sishi, metalldan yasalgan
qurollarning paydo bo‘lishi va takomillashuvi, chorvachilikning rivojlanishi,
transport vositalarining yanada kengayishi va rivojlanishini taqozo etdi.
Arzon mehnat evaziga ulkan inshootlar, shaharlar qurildi, davlatlar paydo
bo‘ldi. Bularning hammasi kishilarning transportga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada
oshirdi. Buyumlarni almashtirish va savdo-sotiqning o‘sishi, bojxona va boshqa shu
kabi to‘lovlar yig‘ish, bosqinchilik va mudofaa urushlari dengiz transportining tez
rivojlanishiga olib keldi.
372
Dengiz transportining takomillashuvi bilan birga, daryo transporti ham paydo
bo‘ldi va rivojlandi. Keyinchalik quruqlikda harakatlanuvchi transport ham rivojlana
boshladi.
Katta-katta shaharlarni, davlatlarni birlashtiruvchi karvon yo‘llari paydo bo‘la
boshladi. Karvon yo‘llarining tarkib topa boshlashi natijasida transport ishini bir
qancha engillashtirgan yuk tashish shotilari (volokusha) va chanalar paydo bo‘la
boshladi. Bunday shotilar va chanalar yirik hayvonlarning kuchidan foydalanishga
mo‘ljallanib yaratilgan edi. Keyinchalik esa og‘ir narsalarni bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirishni engillashtirish maqsadida ularning tagiga qo‘yiladigan yumaloq
g‘o‘lalar (katoklar) dan foydalanila boshlandi. Bunday g‘o‘lalardan foydalanishni
g‘ildirakli transport yaratilishga asos qo‘yilgan qadam desa bo‘ladi. G‘ildirak
insoniyat dahosi yaratgan eng buyuk ixtirodir. Buning izohi uchun shuni aytish
kerakki, birinchidan, tabiatda g‘ildiraksimon narsalar bo‘lmaganligidan uni ixtiro
qilish kerak bo‘ldi, ikkinchidan, shu ixtiro necha ming yillardan buyon insoniyatga
xizmat qilishi bilan birga hozirgi vaqtda ham quruqlikda ishlovchi transport
turlariga asos bo‘layotir. Quruqlikda transportning rivojlanishi natijasida ot-arava
yo‘llariqurila boshlandi.
Zamonlar
o‘tishi
bilan
transportning
ba’zi
bir
turlarini
ham
takomillashtirishdi. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi bilan katta-katta shaharlar
paydo bo‘lib, ularda hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlana boshladi.
Keyinchalik bir qancha omillarga ko‘ra sotishga mo‘ljallangan tovarlarning
orta borishi transportga bo‘lgan ehtiyojni o‘stirdi. Shu sababdan ko‘pchilik
mamlakatlarda yuk tashish uchun dengiz va daryo, yo‘l va suv inshootlarini
kengaytirish ishlariga katta ahamiyat berila boshladi.
XVII asrning ikkinchi yarmida texnika sohasidagi keskin o‘zgarish, ayniqsa,
mashina yordami bilan mashina ishlab chiqarish savdo-sotiqning o‘sishiga katta
ta’sir ko‘rsatdi va bu davr “sanoat inqilobi” davri bo‘ldi.
O‘tmishdan meros bo‘lib qolgan elkanli va eshkakli kemalar hamda ot-arava
va karvonlar endibu davrdagi “sanoat inqilobi” talabini qondira olmas edi. Shuning
uchun ham sanoatning rivojlana boshlashi bilan bir qatorda transport ham yangi
asosdagitexnika talabi bilan rivojlana boshladi. Buning yorqin dalili bug‘
mashinasining ixtiro qilinishi bo‘ldi. Bug‘ kuchi vositasida tabiat injiqliklariga
bog‘liq bo‘lmagan va nazariy jihatdan har qanday quvvatga ega bo‘la oladigan
transport vositalarini yaratish imkoniyati tug‘ildi. Natijada birinchi bug‘ kemalari,
paravozlar, quruqlikda yuruvchi bug‘ mashinalari, keyinchalik esa bug‘ samolyotlari
yaratildi.
373
Bora-bora yuk va passajir tashuvchi transport iqtisodiyotning mustaqil
tarmog‘iga aylana boshladi. Bunday mustaqil transport korxonalari har qanday
mijozlarga va passajirlarga ma’lum to‘lov evaziga xizmat ko‘rsatar edi. Transport
vositalarining bu faoliyati ma’lum darajada ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib, transport
turlari bo‘yicha ixtisoslashtirishni kuchaytiradi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni
asosiy ishi bo‘lmagan “tashish jarayonidan” ozod etdi.
Rivojlangan mamlakatlarda asosiy transport turlari xususiy shaxslar yoki
kompaniyalar mulkidir. Faqatgina temir yo‘l transporti ko‘pchilik mamlakatlarda
davlat tasarrufiga o‘tkazilgan bo‘lib, davlat apparati tomonidan boshqariladi. Aqsh
da esa transportning bu turi ham xususiy kompaniyalar mulkidir.
O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l va havo transporti davlat tasarrufida
bo‘lib, u xalq xo‘jaligini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasi asosida ishlaydi.
Bunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, passajirga eng ko‘p qulayliklar
yaratish, yuklarni tashish va saqlashni kafolatlash hamda transport jarayonida ortish-
tushirish ishlaridagi og‘ir mehnatni mexanizatsiyalashga har tomonlama imkon
beradi.
Temir yo‘l transporti mamlakatimizning quruqlikdagi transportturlarining eng
asosiylaridan biri bo‘lib, 1906 yilda hozirgi O‘zbekiston hududining shimoli-g‘arbiy
tomonidan boshlab toshkentga ham etkazilib kelingan.
XX asrning 60-yillariga qadar orol dengizi suv sathi etarli darajada bo‘lganda,
unda dengiz transporti kemalari yuk va passajirlar tashish ishlarini bajargan. Unda
bor
kemalar
amudaryo
suvi
orqali
O‘zbekistonning janubiy viloyati
surxondaryoning termez porti o‘rtasida O‘zbekiston va afgoniston yuklari hamda
amudaryo qirg‘oqlari O‘zbekiston aholisiga passajirlar qatnoviga ham qisman
xizmat qilgan.
Respublikamizda etarli darajada neft va gaz ishlab chiqarilmoqda. Ishlab
chiqarilgan neft va gaznining bir qismini eksport qilish ham yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. Neft va gaz sanoatini to‘xtovsiz rivojlantirish, aholini ichimlik suvi bilan
to‘la ta’minlash vazifalarini transport konveyerisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Bunday transport vositalaridan biri quvur orqali yuborgich transportidir. Quvur
orqali yuborgich transporti - transportning maxsus turi bo‘lib, u asosan, suyuq va
gazsimon mahsulotlarni: suv, neft, neft mahsulotlari, gaz va shu kabilarni ishlab
chiqarish joyidan iste’molchiga etkazib berish uchun xizmat qiladi.
Suyuq mahsulotlarni transportirovka qilishda quvur orqali yuborgich transport
qadimdan
qo‘llanadi.
Bunda
samarkand
hamda
shaxrisabz
shaharlarida
qadimshunoslar tomonidan topilgan sun’iy suv yuborgich inshooatlarini misol qilib
374
keltirish mumkin. Hozirda gaz yuborgich quvur inshootlari etarli darajada
rivojlangan bo‘lib, bu quvurlar yordami bilan ishlab chiqarilgan gaz qo‘shni
davlatlarga eksport qilinadi. O‘zbekiston quvur orqali gaz yuborgich transporti
rossiyaning ural atrofi viloyatlariga ham etib borgan.
Neftni transportirovka qilish uchun birinchi bor 6,5 ming kilometr
uzunlikdagi quvur orqali yuborgich xix asrda aqsh da qurilgan. Rossiyada xx asr
boshlarida kavkaz davlatlari o‘rtasida 850 kilometrli magistral quvur orqali
yuborgich transporti qurilgan. Keyinchalik esa rossiyada bunday transport keng
rivojlantirilgan bo‘lib, uning yordamida gaz, neft va neft mahsulotlarig‘arb
davlatlariga ham eksport qilinadi.
O‘zbekistonning XX asrga qadar transport ravnaqi nihoyatda past bo‘lgan,
transport tuzilmasiga kirgan aloqa yo‘llari ham yaxshi jihozlanmagangan edi.
Dengiz va daryo transportlaridagi portlar sanoqli bo‘lib, transport floti (kemalari)
kam quvvatli bo‘lgan. XX asrning 30-yillarigacha bo‘lgan davrda avtomobil
transportiga, uning yuk tashish va boshqa iqtisodiyot faoliyatiga qariyb e’tibor
berilmagan. Ushbu davrda O‘zbekistonda temir yo‘l transporti izdan chiqqan edi.
Amalda fabrika va boshqa sanoat korxonalariga xom ashyo va ko‘mir etkazib
berishda asosiy vosita ot-ulovi bo‘lganligini hisobga olib, hukumat bir qancha
favquloddagi chora-tadbirlarni ko‘rishga majbur bo‘lgan. Jumladan, temir yo‘l
vayronligini oldini olish, shahar bilan qishloq o‘rtasida mahsulotni to‘g‘ri
ayirboshlash, ya’ni oziq-ovqat ta’minoti ishlarini tartibga solish kabi zarur choralar
ko‘rilgan. 30-yillarga kelib hozir rossiyaning moskva, yaroslavl, nijniy novgorod
shaharlarida avtomobil ishlab chiqarish zavodlari barpo etilishi mamlakatni
avtomobillar bilan to‘ldirish imkonini berdi.
1920 yillarda transport ishini yo‘lga qo‘yish sohasida yangi temir yo‘llar
qurish va ko‘pchilik asosiy yo‘nalishlarni elektrlashtirish, yuk va passajirlar
tashishni arzonlashtirish, temir yo‘llar o‘tkazuvchanligini oshirish, katta magistral
yo‘llar qurish borasida yirik rejalar ishlab chiqildi.
Sho‘rolar davrida daryo transportining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
bo‘yicha, jumladan, uning Yevropa qismida ma’lum ishlar bajarildi. Xususan, 227
kilometrli belomor-baltika, 106 kilometrli volga-don, 362 kilometrli volga-baltika,
202 kilometrli dnepr-bug, 128 kilometrli moskva suv kanallari va boshqalar bunga
misol bo‘la oladi. O‘sha paytda, markaziy osiyo respublikalaridagi suv transporti
arteriyasini rivojlantirishga hech qanday ahamiyat berilmadi. Kaspiy va orol
dengizlari orasidagi masofa atigi 300 km.lar atrofida bo‘lib (bu masofa sibir
daryolaridan suvni orol dengiziga etkazishdan ko‘ra ancha qisqa), kaspiy
375
dengizining ortiqcha suvini kema harakatiga moslangan kanal bilan birlashtirish
samarali edi.
Shunday qilinganda orol dengizini quritmasdan suv transporti arteriyasi orqali
markaziy osiyo respublikalari (O‘zbekiston, qozog‘iston, tojikiston, turkmaniston)
va qo‘shni afg‘oniston davlatini amudaryo, orol va kaspiy dengizlari, volga daryosi
bilan Rossiyaning Yevropa qismida va uning davomida belomor-baltika kanali bilan
dunyo okeaniga chiqish imkoni bilan xalqaro va respublikalararo savdo-sotiqni va
tovar almashuvini suv yo‘li orqali hal qilinishi va kaspiy dengizi sohillaridagi ba’zi
bir aholi yashovchi qardosh qozog‘iston Respublikasi qishloqlarini suv ostida
qoldirmaslik hamda orol dengizi atroflarini noekologik holatga keltirmaslik mumkin
edi. Ayni masalani hozirgi kunda ham markaziy osiyo va rossiya davlatlari
birgalashib hal qilishlari maqsadga muvofiqdir. Fikrimizning dalili sifatida, tashqi
davlatlardagi ayrim dengiz va daryolar o‘rtasidagi kanallarning asosiy tavsifini
jadval shaklida keltiramiz (2-jadval).
2-jadval
Chet davlatlardagi ayrim dengiz kanallarining asosiy
Tavsiflari
Kanallar nomi
Uzunligi,
km
Chuqurligi
, m
Kengligi,
m
Shlyuzli
Yoki shlyuzsiz
Belomor-baltika
Volga-baltika
Suvaysh
297
362
175
3,5
3,5
11
90-210
80-120
65-110
Shlyuzli
Shlyuzli
Shlyuzsiz
1.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining moddiy-texnika bazasini
yaratishda yagona transport tizimining roli
O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tizimida transport ayrim
turlarining 2000 yilda to‘tgan o‘rni va ularning rivojlanish darajalari: avtomobil
transporti yuk tashish hajmi bo‘yicha 93,6 foiz, yuk oboroti bo‘yicha 36,7 foiz,
shahar atrofi va shaharlararo passajirlar tashish hajmi bo‘yicha 98,6 foiz, passajirlar
oboroti bo‘yicha 64,8 foiz; temir yo‘l transporti yuk tashish hajmi bo‘yicha 6,4 foiz,
yuk oboroti bo‘yicha 63,3 foiz, passajirlar tashish hajmi bo‘yicha 1,2 foiz,
passajirlar oboroti bo‘yicha 29,8 foiz; havo transporti passajirlar tashish hajmi
bo‘yicha 0,2 foiz, passajirlar oboroti bayicha 5,4 foizni tashkil etdi. Keltirilgan
raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi xududida suv
transportining deyarli yo‘qligi va temir yo‘l transport tarmoqlari kam (3655 ming
376
km) bo‘lganligi uchun yuk va passajirlarni tashishda avtomobil transportining
hissasi kattadir.
Transport korxonalari oldiga mamlakat iqtisodiyoti va aholining barcha
turdagi shaxsiy yuklarni tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish vazifasi
yuklanadi. Bunday muhim vazifani transportning ayrim turlari bo‘yicha yuk
tashishni to‘g‘ri taqsimlash, ayrim transport turlarini yagona transport tizimining
uzviy qismi sifatida rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. Boshqa transport
turlarini yuqori darajada taraqqiy ettirish bilan birga avtomobil va temir yo‘l
transporti mamlakatimizning bundan buyon ham asosiy transport tarmog‘i bo‘lib
qolaveradi. Shuning uchun ham transportning ana shu turini yanada rivojlantirishga
va uning bajaradigan ishini transportning boshqa turlari bilan muvofiqlashtirishga
alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Avtomobil, temir yo‘l va quvur orqali yuborgich transportining salmog‘i
keskin osha borgan sari transportning barcha turlarini o‘zaro muvofiq ravishda
rivojlantirish, transport tarmoqlari tuzilishiga tub o‘zgartirishlar kiritish talab
qilinadi. Avtomobil yo‘llari, quvur orqali yuborgichlar, aeroportlar, daryo portlari va
boshqa shu kabi transport inshootlarini qurishni yanada avj oldirishga erishmoq
zarur. Ayrim turdagi qatnov yo‘llarini yuk va passajirlar tashish tavsifi bilan to‘la
bog‘liq suratda rivojlantirish davr talabidir.
3. Hozirgi zamon transport tizimi tushunchasi, uningtarkibi va tavsifi
Transport — mamlakat iqtisodiyotining yuk va passajirlar tashuvchi tarmog‘i
bo‘lib, barcha moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari o‘z ishlab
chiqarish jarayoni va mahsuliga egadir. Yuk va passajirlarni bir erdan ikkinchi
ergatashish bir vaqtning o‘zidatransportning ishlab chiqarish jarayoni va uning
mahsuli hisoblanadi. Fanda “transport” atamasi orqali yo‘llarda qatnayotgan
transport vositalari oqimi birligi yoki tashish bilan bog‘liq bo‘lgan texnika vositalari
kompleksi tushuniladi.
Transport tizimi-tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi
transportlar kompleksidir. Odatda “transport tizimi” atamasibiror davlatga, region
yoki katta shaharga taalluqli ma’noda ishlatiladi. Hozirgi davr transport tizimi
tarkibiga quyidagitransport turlari kiradi: temir yo‘l; dengiz; daryo; avtomobil;
havo; quvur orqali yuborgich transporti. Shuningdek, transport tizimi tarkibiga
shahar transporti va sanoat transporti vositalari ham kiradi.
Shahar ichida harakatlanuvchi turli transport komplekslari shahar transporti,
sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa korxona ichki
ishlarini bajaruvchi transportlar sanoat transporti deyiladi.
377
O‘zbekistonning yagona transport tizimi deyilganda, yuklarni ishlab chiqarish
joylarlaridan iste’mol qilish joylariga etkazib berish, passajirlar tashish va ularga
xizmat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik qurilma va inshootlar, mamlakat
iqtisodiyotining barcha tarmoqlaridagi har xil transport yo‘l vositalari va tarmoqlari
(temir yo‘l va avtomobil vokzallari, daryo va dengiz portlari va hoqazo), korxona
tashkilotlarga qarashli transport vositasi, yuk ortish-tushirish mashina va
mexanizmlari, ulardagi texnik jihozlar va hokazolar majmui tushuniladi.
Transport yo‘l tarmoqlari-aholi yashovchi joylar va sanoat korxonalaridan
tashqaridagi yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan barcha transport yo‘l
kommunikatsiyalari yig‘indisidan iboratdir.
Texnik-iqtisodiy ma’noda “transport yo‘l tarmoqlari” deyilganda, mamlakat
yoki uning biror qismi barcha transport turlari bilan ta’minlaganlik darajasi
tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |