Transportda tashish shartnomasi tushunchasi ularining turlari.
Tashish
shartnomasida tashishni amalga oshiruvchi transport tashkiloti hamda yukni tashishga
topshiruvchi va yo‘l haqini to‘lovchi, yuk jo‘natuvchi ishtirok etishadi. Odatda yuk
jo‘natuvchi transport jarayonining uchinchi ishtirokchisi O‘zi majburiyatlar bilan
bog‘langan va yuk belgilangan manzilda topshirilishi lozim bo‘lgan yukni oluvchini
ko‘rsatgan holda yukni transport tashkilotiga topshiradi. Shunday qilib, yuk tashish
shartnomasini bir tomon – tashuvchi ishtirokchi tomonidan O‘ziga ishonib
topshirilgan yukni belgilangan punktga yetkazib berish va yukni olishga vakil
qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) berish majburiyatini oladi, ikkinchi tomon – yuk
jo‘natuvchi esa yukni tashish uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Ushbu
ta’rifdan, tashish shartnomasi, o‘z xususiyatiga ko‘ra, haq to‘lanadigan va O‘zaro
tuziladigan erishiladi hamda muayyan huquqiy shaklda ifodalanadi, buning natijasida
tashiladigan yuk hajmi konkretlashadi va muddatlari aniqlanadi. Yuk tashishni tashkil
qilishni tartibga soluvchi hujjatlar, xilmaxil transport turlarida yuk tashish harajatini
hisobga olib, turli huquqiy shaklga ega: to‘g‘ri aloqa yo‘llari bo‘ylab tashishda bu
ariza (buyurtma), yuk tashishni tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma; to‘g‘ri aralash
aloqa yo‘llari orqali tashishda – har sutkalik ariza, haftalik kalendar, reja, kemalarni
berish bo‘yicha oylik jadval. Yuk tashish bo‘yicha majburiyatlarning yuk jo‘natuvchi
va tashuvchi ishtirokida bajarilishida ariza muhim rolo‘ynaydi. Ariza yuk tashishni
tashkil
qilishning
juda
muhim
vositasi
hisoblanadi.
Unda
topshiriq
aniqlanadi va bir martalik tashishni ta’minlovchi ko‘rsatkichlar belgilanadi. Yuk
jo‘natuvchi yuk tashish boshlanishidan kamida 10 sutka avval jo‘natish joyidagi
temir yo‘l boshqarmasiga ariza berishi shart. Yuk tashishga ariza temir yo‘l
boshqarmasiga tashiladigan yuk hajmini vagon va tonnada, belgilangan
nomenkulaturaga muvofiq, yuk turlariga belgilangan temir yo‘llarga va ortiladigan
kunlarga taqsimlagan holda ko‘rsatib, agar yuk jo‘natiladigan temir yo‘l doirasida
tashilsa – yuk turlariga, belgilangan temir yo‘l stantsiyalariga va ortish sanalariga
taqsimlagan holda beriladi. Avtomobil transportida ariza yukni avtomobil
transportida tashish to‘g‘risida yillik shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq
shahar va shahar atrofidagi yo‘llarda yuktashish boshlanishi arafasida kamida 14 soat
388
oldin va xalqaro aloqa yo‘llarida yuk tashish boshlanishidan kamida 48 soat oldin
beriladi. Yuk tashuvchilar tomonidan ariza transport ustavlari normalarida ko‘zda
tutilgan muddatlarda berilmasligi holatlari transport vositasidan voz kechish sifatida
qaraladi. Yuk jo‘natuvchida tashishga mo‘ljallangan yuk bo‘lmasa, agar u yukni
qabul qilib oluvchiga taalluqli sabablarga ko‘ra (masalan, yuk qabul qilib oluvchining
shartnoma sanktsiyalarini qo‘llanish tartibida hisobkitobning akkreditiv shakliga
o‘tkazilishi va u akkreditiv taqdim qilmasligi munosabati bilan jo‘nata olmasa,
shunday voz kechishdan foydalanadi. Yuridik adabiyotlarda transportning alohida
turlariga beriladigan ariza va ularning yuridik tabiati bo‘yicha turli fikrlar mavjud.
Ba’zilar ariza berish – yuk tashuvchining bir tomonlama mustaqil talabi bo‘lib,
yuridik tabiatiga ko‘ra bir tomonlama bitim deb hisoblashadi.
Boshqalar arizani bitim deb hisoblashadi, bu arizaga unga xos bo‘lmagan
huquqni tarkib toptiruvchi ahamiyat baxsh etish, demakdir, chunki yuk tashish
borasidagi ariza yuk tashishni tashkil qilishni amalga oshirishda yordam beradigan
tezkor tartibga soluvchi hujjat rolini uynaydi. Ularning fikricha, yuk jo‘natuvchi ariza
berish bilan yuk tashuvchi oldida uz zimmasiga transport vositasidan foydalanish
majburiyatini oladi, tashuvchi esa – berilgan arizaga muvofiq, yuk ortish uchun zarur
bo‘lgan transport vositalari miqdorini belgilash majburiyatini oladi, deb ta’kidlashlar
xatodir. Ikkinchi nuqtai nazar nisbatan to‘g‘riroq ko‘rinadi. Yuk jo‘natuvchi ariza
berib, tashish jarayoni bajarilishiga chindan xam ko‘maklashadi. Bunda raiza yuk
tashish jarayonini boshlash uchun asos hisoblanadi va muayyan davrda yuk tashishni
bajarish tartibini aniqlashtiradi hamda konkretlashtiradi. Bu O‘rinda, tabiiy arizaning
tezkor tartibga soluvchi funktsiyasi haqidagina gapirish mumkinki, uning yordamida
keyinchalik yuk tashish shartnomasi tuziladi. Dengiz transportida yukni tashishga
takdim qilish va tonnajni berish, qoidaga ko‘ra, yuk jo‘natuvchi bilan kelishilgan
oylik jadval bo‘yicha kemalarni takdim qilish jadvali tuzilmagan bo‘lsa, tonnajni
berish va yukni tashishga taqdim qilish tashuvchi tomonidan jo‘natuvchiga
yuborilgan tomonlarning kelishuviga asosan tuziladigan tonnajni berish sanasi
to‘g‘risidagi xabarnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Transport qonunchiligida yuk tashishni tashkil qilish jarayonida tomonlarning
o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan boshqa huquqiy shakl yuk
tashishni tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnomadir. Ilgari bunday shartnomalar yuk
jo‘natuvchilarning transport korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarida turli nom bilan
qo‘llanilgandi va transport ustavlari bilan tartibga solinganda (masalan, avtomobil
transportida yillik shartnoma). Yuk tashish (hajmi katta bo‘lgani holda) tafsilotlari
yetarlicha ishlab chikilmagan avtomobil transportida esa, aksincha, bunday
shartnomalarning tuzilishi tomonlarning yuk tashishni tashkil qilish va bajarish
bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini tartibga solishda zarur vosita bo‘lgandi. Yuk
tashuvchilar hamda yuk egalari, yukni muntazam tashishni amalga oshirish
zaruriyati tugilganda, tashishni tashkil qilish to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar
tuzishlari mumkin. Bunday shartnomalarda tashish uchun transport vositalarini berish
389
va yukni takdim etish hajmlari, muddatlari va boshqa shartlari, hisobkitob tartibi,
Shuningdek yuk tashishni tashkil qilishning boshqa shartlari belgilanadi. Bu
shartnomalarda ularda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bo‘zganlik uchun javobgarlik
xam belgilanishi mumkin. Xilmaxil transport turlaridagi bunday shartnomalardan
ko‘zlangan asosiy maqsad - tashish jarayonida tomonlarning normativ jihatdan
yetarlicha yechimini topmagan o‘zaro munosabatlarini tartibga solish, Shuningdek
usha davrda tashish jarayoni bajarilishiga kumaklashishdir. Tashishni tashkil qilish
to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalarni tuzish tufayli transport jarayonining barcha
katnashchilari: yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, yukni qabul qilib oluvchining faoliyati
aniq muvofiqlashtirilish ta’minlanadi.
O‘zaro foydali shartlashuvlar manfaatdor tomonlarning sheriklik munosabatlari
asosini yaratadi hamda tomonlar amalga oshirishi lozim bo‘lgan yuk tashish bilan
bog‘liq holda zimmalariga ixtiyoriy olgan majburiyatlarga rioya etishlarining o‘ziga
xos kafolati bo‘ladi. Uzoq muddatli shartnomada yuk tashishning o‘ziga xos shartlari
bo‘yicha bironbir qoidaning belgilanishi tomonlarni ushbu shartnoma amal qiladigan
butun davr ichida konkret tashish shartnomasini tuzishda mazkur shartlar bo‘yicha
yangidan kelishish zaruratidan ozod etadi. Shunday qilib, uzoq muddatli shartnoma
tashuvchi va mijoz munosabatlarida barqarorlikka erishishga kumaklashadi, tashish
bo‘yicha konkret shartnomalarni tuzish va bajarishda ular o‘rtasida keraksiz
ixtiloflarni bartaraf etadi. Ayni mahalda, tomonlar yuk tashishni tashkil etish
bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzishga majbur emasliklarini nazarda tutish
zarur. Tomonlar – yuk tashuvchi va jo‘natuvchi – ikki tomonlama rozi
bo‘lganlaridagina bunday shartnomani tuzishlari mumkin. Shu bois tomonlardan biri
bunday shartnoma tuzishdan bosh tortgan xollarda ikkinchi tomon uni tuzishni sud
orqali talab qilishga xakli emas.
Shartnoma tuzishga majbur etish to‘g‘risida da’vo arizasi yoki shu masaladagi
ixtiloflarni kurib chiqish to‘g‘risida ariza berilgan xollarda, agar tomonlar nizoni
xakamlik sudida hal qilishga berish to‘g‘risida yozma bitim tuzishmagan bo‘lsa, sud
da’vogarning arizasini rad etishi darkor. Yuk tashishni tashkil qilish to‘g‘risidagi
uzoq muddatli shartnoma yozma ravishda tuziladi, bunda shunday shartnoma qancha
muddatga tuzilishini tomonlarning o‘zlari (tashiladigan yuk hajmidan kelib chikib)
belgilashadi. Yuk tashishni tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma tuzilishi yuk
jo‘natuvchini yuk tashish to‘g‘risidagi arizani transport kodekslari va ustavlarida
kuzda tutilgan tartibda hamda muddatda ariza berishdan ozod etmaydi. Bu
shartnoma konkret yukni tashish to‘g‘risidagi shartnomaning O‘rnini bosmaydi,
konsessual, o‘zaro xususiyatga ega. Transport qonunchiligi to‘g‘ri aralash aloqa
yo‘llarida yuk tashishda majburiyatlarni bajarish chog‘ida arizani qanday
muddatlarda berish zarurligi ko‘rsatilmagan. To‘g‘ri aralash temir yo‘l-avtomobil
aloqa yo‘llarida yuk tashishning muvakkat qoidalarida «topshirilayotgan tomon
oldindan (vaqt asosiy bitimda belgilanadi), hisobot sutkasi qonuniga qadar qabul
kiluvchi tomonni kelayotgan sutkada topshirishga tayyorlangan yuk miqdori
390
to‘g‘risida xabardor qilishi darkor»ligi nazarda tutilgan.
Shunday qilib, yuk jo‘natuvchilar to‘g‘ri tashishni amalga oshirishda
tashuvchilarga beradigan arizalardan farqli ravishda, to‘g‘ri aralash aloqa yo‘llarida
yukni tushirib, boshqa transport vositasiga ortishda muayyan miqdordagi yukning
kelgusi sutka ichida berilishini nazarda tutuvchi ariza-xabarnoma qo‘llaniladi.
Yukni to‘g‘ri aralash aloqa yo‘lida topshirishda qo‘llanadigan arizalar nima, ularning
yuridik ahamiyati qanday?
Yuk jo‘natuvchi tashuvchiga beradigan arizaga taalluqli masala yuridik
adabiyotlarda juda batafsil kurib chiqilgan, tashuvchilar beradigan va to‘g‘ri aralash
aloqa yo‘llarida yuk tashishda foydalaniladigan ariza masalasida esa bunday deb
bulmaydi.
To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llarida yuk tashishda tashuvchi yo‘llaydigan ariza,
ariza– xabarnomaga o‘xshagani holda (u xam, ariza kabi, tashish jarayoni amalga
oshirilishiga ko‘maklashadi), undan farqlanuvchi ko‘plab tomonlarga xam ega.
Bu ariza xam, to‘g‘ri aloqa yo‘lidan yuk tashishdagi kabi, yuk tashish jarayonini
bildirishga kumaklashadi. Yuk jo‘natuvchi tomonidan berilgan arizaga muvofiq yuk
tashuvchi transport vositalarini beradi, shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida yuk tashish
shartnomasi tuziladi, ya’ni ariza berilishi, oxiroqibatda yuk tashish shartnomasini
tuzishga kumaklashadi. Yukni tushirib, qayta ortishda foydalaniladigan har sutkalik
arizaxabarnoma yuk tashish shartnomasi bajarilishiga kumaklashadi, uning asosiy
vazifasi
– bu jarayonni jadallashtirish. Lekin agar arizani faqat yuk jo‘natuvchi berishi
mumkin bo‘lsa, to‘g‘ri aralash tashishda arizaxabarnoma har ikki tashuvchi kat’iy
belgilangan vaqtda berishlari mumkin. Ariza muayyan vaqt oraligida amal kilsa (bu
dekada, oy va xokazo bo‘lishi mumkin), har sutkalik arizaxabarnoma bir sutka ichida
kuchga ega bo‘ladi. Yuk tashuvchi ariza bermagan xollarda tashuvchi transport
vositalarini boshqa yuk jo‘natuvchilar o‘rtasida taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘lsa,
sutkalik ariza berilmagan xollarda yukni bir transportdan boshqasiga olib yuklashda
transport vositalari bekor turib koladi, bu transport jarayoni qatnashchilariga ko‘p
ziyon keltiradi. Shuning uchun yukni bir transportdan boshqasiga olib yuklashda
ariza-xabarnomaning ahamiyati katta. Sutkalik arizaning huquqiy ahamiyati
shundaki, u yuk tashish jarayoni davom etishiga kumaklashadi, zero bunday
arizaning asosiy vazifasi – transport vositalari bekor turib kolishiga yo‘l kuymaslik
uchun bu jarayonni jadallashtirish.
Dostları ilə paylaş: |