Magistral transport
deyilganda, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va
ularni iste’mol qiluvchi korxonalarning iqtisodiy aloqalari manfaatlari yo‘lida yuk
va passajirlarni uzoq massfalarga tashuvchi transport tushuniladi. O‘zbekiston
magistral transport tarkibiga temir yo‘l, avtomobil, daryo, havo, quvur orqali
yuborgich transportlari kiradi.
Yo‘llar
deyilganda, transport vositalari harakati uchun maxsus qurilgan (yoki
moslangan) va jihozlangan temir yo‘llar, avtomobil, daryo va boshqa suv havzalari
yo‘llari tushuniladi.
Transport uzeli
deyilganda, turli transportlarning to‘tashadigan joylari
tushuniladi. Bunday to‘tashadigan joylar, asosan, katta shaharlar, aholi yashaydigan
joylar, sanoat va kurort markazlari hamda daryo portlari, avtomobil va temir yo‘l
bekatlarida bo‘ladi.
Transport vositasi
deyilganda, yuk va passajirlar tashishgamo‘ljalangan temir
yo‘l va avtomobil transportidagi lokomotiv, vagon, avtomobil, tirkama, kema,
samolyot va boshqalar tushuniladi.
Transportdagi texnika jihozlari va inshootlar
deyilganda,transportga qarashli
zavod (asosan, ta’mirlash zavodlari), ustaxonalar, omborlar, ortish-tushirish joylari,
bekatlar, portlar, aeroport binolari, ulardagi asbob-uskunalar, yo‘l jihozlari,
inshootlar (ko‘priklar, tonnellar, kanallar, shlyuzlar) va hakozo tushuniladi.
Yuk oboroti
-yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, u tonnalarda
o‘lchanuvchi tashilgan yuk hajmini o‘rtacha tashish oralig‘iga ko‘paytirish yo‘li
bilan aniqlanadi. O‘lchov birligi—tonna kilometr (tkm).
378
Passajir oboroti
passajirlar tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, u
tashilgan passajirlar sonini o‘rtacha tashish masofasiga ko‘paytirish yo‘li bilan
aniqlanadi. O‘lchov birligi – passajir kilometr (pass.km).
1t yukni o‘rtacha tashish masofasi
- har bir tonna yukni o‘rtacha tashish
masofasi bo‘lib, u tonna kilometrlarda bajarilgan yuk oborotini tonna hisobida
umumtashilgan yuk hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
1 passajirni o‘rtacha tashish masofasi
- har bir passajirning o‘rtacha hisobda
yurgan masofasi bo‘lib, u barcha bajarilgan passajir oborotlarni umumtashilgan
passajirlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
4.Transportning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos
xususiyatlari
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida turli ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga keladi. Bunday tarmoqlarga er
osti foydali qazilma boyliklarni ishlab chiqarish sanoati, qishloq xo‘jaligi,
mahsulotlargaqayta ishlovberish sanoati, transport va shu kabilar kiradi.
Iqtisodiyotda transportning ahamiyatini ko‘rsatib berish bilan birga uning
odamlar faoliyatiga oid ishlab chiqarish sohalaridan biri ekanligiga katta ahamiyat
berish lozim.
Har bir sanoat o‘ziga xos moddiy-texnika bazasiga va ishlab chiqarishning
texnologik xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar ishlab chiqarishda mehnat vositalari,
ishlab chiqarish jarayonining xarakteri, mehnatni tashkil qilish, ishchilar malakasi,
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning mamlakat iqtisodiyotida kasb etadigan
ahamiyatida o‘z ifodasini topadi.
Transportning moddiy-texnika bazasi va iqtisodiy xususiyati boshqa tarmoq
xususiyatlaridan jiddiy farq qiladi.
Mahsulotlarga qayta ishlov berish sanoati va qishloq xo‘jalik tarmoqlarida
yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan tayyor
mahsulotlardan ajralib turadi. Bu tarmoqlarda mehnat vositalari (binolar,
mashinalar, uskunalar va hakozo) va mehnat ashyolari (xom ashyo, yarim
mahsulotlar va shu kabilar) ishlatiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tugagandan so‘ng
ular qiymat va iste’mol qiymati sifatida o‘zgaradi, faqat tashqi belgilarinigina
o‘zgartirib qolmasdan, yangi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Mahsulotlarga qayta ishlov berish sanoati va qishloq xo‘jalik tarmoqlarida
ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilingunga qadar jamg‘arilib borishi va
omborlarda saqlanib turilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini tugallash uchun
tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish va realizatsiya qilish lozim. Bu esa
379
asosan muomala doirasida amalga oshiriladi. Transport ishlab chiqarishning
muomala sohasidagi davomi bo‘lib, u har bir ishlab chiqarish jarayonini nihoyasiga
etkazadi.
Transport muomala doirasida tayyor mahsulotni tashish bilan moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonini
davom ettiradi va ishlab chiqarish doirasi bilan iste’mol doirasini bir-biriga
bog‘lovchi vosita bo‘ladi.
Transport tarmog‘ida ham ishlab chiqarish jarayoni kishi mehnati va ishlab
chiqarish vositalaridan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi, natijada
mahsulotning yangi qiymati vujudga keladi. Demak, transport ham moddiy ishlab
chiqarish sohasiga kiradi. Lekin transportning ishlab chiqarish faoliyati quyidagi
xususiyatlarga ko‘ra boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridan jiddiy farq qiladi:
1.Transport sohasidagi ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar ishlab
chiqaruvchi boshqa tarmoqlar singari xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlardan
foydalanilmaydi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida tayyorlangan va bir erdan
ikkinchi erga tashilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar transportning mehnat ashyosi
hisoblanadi. Bu mahsulotlar tashilganda iste’mol qiymati sifatida ko‘paymaydi,
faqatginaularning qiymatiga qiymat qo‘shiladi.
2.Transport ishtirokisiz birorta ham ishlab chiqarish jarayoni bo‘lishi mumkin
emas, transport har qanday ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismidir. Shuning
uchun ham transportni ishlab chiqarish jarayonidan ajratib bo‘lmaydi.
3.Boshqacha qilib aytganda, agar transport biron mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonidan iste’mol jarayoniga etkazib bermasa, mahsulotni tayyor deb bo‘lmaydi,
chunki bunday taqdirda iste’mol talabi qondirilmagan bo‘ladi. Yana shuni aytish
kerakki, ishlab chiqarishning har qanday mahsulot ishlab chiqaruvchi sohaga
xarakterli bo‘lgan quyidagi uch elementi transportdagi ishlab chiqarishga ham
taalluqlidir. Bularga mehnat yoki transport vositalari, mehnat ashyolari yoki
transportda tashish ob’ektlari (yuk va passajirlar), kishilarning maqsadli faoliyati,
ya’ni mehnati kiradi.
4.Transport ishlab chiqarish sohasidan biri bo‘lishi ustiga o‘ziga xos ishlab
chiqarish jarayoniga va o‘z mahsulotiga ega bo‘lgan tarmoq hamdir. Transportdagi
tashish jarayonining o‘zi transport mahsuli hisoblanadi.
5.Modomiki transportda moddiy shakldagi yangi mahsulot (iste’mol qiymati)
yaratilmasin ekan, transport mahsulotini realizatsiya qilish va saqlash uchun ham
qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi. Transport mahsulotini iste’mol qilish
transport ishlab chiqarish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshadi. Yuklar transport
380
vositalari bilan birga harakatda bo‘ladi va uning ana shu harakati bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chirishda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, transport har
qanday iste’mol mahsuloti yaratuvchi ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha
murakkab sohadir.
6.Transportning yana bir o‘ziga xos xususiyati - ishlab chiqarish
vositalarining doimiy harakatda bo‘lishidir (ya’ni dinamikligidir). Buni quyidagicha
taqqoslash orqali ko‘rsatish mumkin, har qanday sanoat sohasining asosiy ishlab
chiqarish vositalari (energetik jihozlar, ayrim dvigatellar, har xil mashina,
dastgohlar va hakozo) bir erga doimiy o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z mahsulotlarini
korxonaning o‘zida ishlab chiqaradi. Transportda esa ishlab chiqarish jarayonining
asosiy qismi—lokomotivlar, vagonlar, avtomobillar, kemalar, samolyotlar har doim
tashish ob’ektlari (odamlar va tovarlar)ni jo‘natish joylaridan etkazib berish
joylariga tashishi shart, vaholanki tashish jarayoni tugallangandan so‘ng
transportning shu joyga keragi ham bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda transport
vositalari odamlar va tovarlar tashish uchun boshqa joylarga yuboriladi. Transport
vositalari muntazam marshrutlarda yuk ortilgan holda yoki salt (bo‘sh) harakat
qiladilar. Ishlab chiqarish jarayonida transportning bu xususiyati ko‘pincha yangi
muommolar tug‘dirishi mumkin.
Mamlakat hududidagi tarqoq holda joylashgan, turli xil transport vositalari
bo‘lgan transport korxona va xo‘jaliklarini juda katta dinamik tizim deyish mumkin.
Ichki tuzilishi bo‘yicha transport sohalari barcha moddiy buyumlar ishlab
chiqaruvchi sohalardan farq qiluvchi murakkab tizimdir. Shuni ham aytish kerakki,
transport ishlab chiqarish tizimlari uchun yaratiladi. Shuning uchun ham
transportning ishi va rivojlanishi, avvalo moddiy buyumlar ishlab chiqarish
sohalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytilganidek, yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish
transportning asosiy mahsulidir.
Transport mahsulini o‘lchash uchun o‘lchov birligi qilib yuk tashishda tonna
kilometr va tonna, passajirlar tashishda esa passajir kilometr va passajirlar soni
qabul qilingan.
Transportda yukva passajirlar tashishning asosiy ishlari quyidagi uch
elementga bo‘linadi:
– transport vositalariga yuk ortish yoki passajirlarni chiqarish;
– yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish jarayonining o‘zi;
– transport vositalaridan yuk yoki passajirlarni tushirish.
381
Yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishda ularni ortish
(chiqarish) va tushirish elementlari tashish jarayonining ajralmas qismidir.
Yuk va passajirlarni transportda bir joydan ikkinchi joyga tashish ham ishlab
chiqarish, ham muomala doirasiga taalluqlidir. Har bir korxonaning ichki hududida
yuklarni tashishkorxonaning ichki transporti (kran, konveyer, korxona ichidagi
avtomobil va temir yo‘l kabi transport vositalari) yordamida amalga oshiradi.
Korxona ichidagi transport bilan bajariladigan ish shu korxona ishlab chiqarishining
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Muomala doirasidagi transport turli korxona tarmoqlari o‘rtasida ishlab
chiqarish aloqalarini o‘rnatuvchi vosita hisoblanadi. Bunday aloqalar mustaqil
transport korxonalari va xo‘jaliklari yoki shaxsiy transport (mulk) egalari tomonidan
amalga oshiraladi. Korxona va xo‘jalik mulki amalda xissadorlar mulkidan
iboratdir.
Transportning qay holatda ekanligiva uning ish bajarish darajasi muomala
vaqtiga va muomala harajatiga jiddiy ta’sir etadi. Yukning yo‘lda kam yoki ko‘p
vaqt bo‘lishi transport vositasining tezligiga bog‘liq bo‘lib, u muomala
harajatlarining ko‘p yoki kam bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Transport mahsulining qiymati ham moddiy ishlab chiqarishning boshqa
hamma tarmoqlariga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlar bilan belgilanadi. Yuk tashish
uchun transport vositalarida moddiylashtirilgan eski mehnat va transportda sarf
qilingan ijtimoiy mehnat qiymat hosil qiladi. Yuk tashish natijasida hosil bo‘lgan
qiymat tashilgan tovar qiymatiga qo‘shiladi. Demak, mahsulotning ishlab
chiqarilgan joydagi qiymatiga nisbatan iste’mol qilinadigan joydagi qiymati ko‘proq
bo‘ladi. Bu ikki qiymat o‘rtasidagi farqning (boshqa harajatlarni hisobga
olmaganda) bir qismi muomala doirasidagi chiqimga teng, ikkinchi qismi esa
transport korxonalari va xo‘jaliklarining sof daromadini tashkil etadi.
Transportga qilinadigan xarajatning miqdori, ba’zi sabablargako‘ra, uning
texnika bilan qay darajada jihozlanganligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi zamon
transport vositalari kishi mehnatini ortiqcha talab qilmaydi, chunki ular yuksak
texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga egadir. Shuning uchun ham sarflanadigan
vaqt va xarajatlar nisbatan oz bo‘ladi. Transport chiqimi miqdori unda band bo‘lgan
ishchilar mehnatining unumiga ham ancha bog‘liqdir. Mehnat unumi qancha yuqori
bo‘lsa, xarajat shuncha kam bo‘ladi.
Yuk va passajirlar tashiladigan masofaning uzoq-yaqinligi, yuklar hajmi va
vazni qilinadigan xarajatning oshishi yoki kamayishining ob’ektiv (xolisona)
sabablari hisoblanadi. Yuk miqdori va passajirlar soni qancha ko‘p va tashiladigan
382
masofa qancha uzoq bo‘lsa, tashish uchun shuncha ko‘p mehnat va mablag‘ sarf
qilinadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning mamlakat hududida qanday joylashtirilishi
transport xarajatlariga bevosita ta’sir etadi. Sanoat va qishloq xo‘jalik
korxonalarining takomillashib, rivojlanib borishi, xom ashyo, yoqilg‘i, energiya
manbalariga yaqinroq joylashishi, mehnat resurslaribo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi
tumanlararo hamda har qaysi tuman ichida yangi iqtisodiy aloqalar paydo bo‘lishiga
qulay sharoit yaratib beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori ko‘rsatkichli transport
turlarining rivojlanishiga imkoniyat tug‘diradi.
5. Transport iqtisodiyot tarmog‘i sifatida
Transport mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhimtarkibiy qismi
bo‘lib, yuksak darajada takomillashgan transport vositalarisiz buyuk davlat moddiy-
texnika bazasi yaratib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning uzviy qismi bo‘lgan transport
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, mehnatni to‘g‘ri taqsimlash,
savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Transport
yordamisiz yangi erlarni ochish va o‘zlashtirish hamda tabiat boyliklarini qazib
chiqarishni amalga oshirish mumkin emas.
Transport mamlakat iqtisodiyotining hamma tarmoqlarini bir-biriga
bog‘lovchi vositadir. Xom ashyolar, asbob-uskunalar, yarim tayyor mahsulotlar,
yonilg‘i va boshqa turli xil mahsulotlarni sanoat tarmoqlari va korxonalar o‘rtasida
tashish transport yordamidaamalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlar,
qishloq xo‘jalik mashinalari, yonilg‘i va boshqanarsalar etkazib berishda, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini iste’molchilarga etkazib berishda ham transport katta rol
o‘ynaydi. Sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishi, turli korxonalar
o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladigan iqtisodiy aloqalar transport vositalarining muntazam
va unumli ishlashini talab qiladi.
Transportdan korxonalarning ichki ishlab chiqarish jarayonlarida ham keng
foydalaniladi. Uning yordamida korxonaning ichki yuklari tashiladi: turli xom
ashyolar, yarim tayyor mahsulotlar, yonilg‘i va boshqalar omborlardan ish joylariga
(sexlarga) keltiriladi, tayyor mahsulotlar esa ish joylaridan omborlarga tashiladi va
hakozo. Korxona ichida qaysi tur transport vositasidan foydalanish lozimligi shu
korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnattalab ishlarning qanchalik
mexanizatsiyalashtirilganligi
va
texnologik
jarayonlarning
qanday
tashkil
qilinganligiga qarab aniqlanadi.
Aholini bir yerdan ikkinchi erga tashishda transportning ahamiyati yildan-
yilga ortib bormoqda. Bu ish, asosan, passajir transporti yordamida amalga
oshiriladi.
383
Passajir transportining asosiy vazifasi - mehnatkashlarni o‘z vaqtida ish
joylariga va ishdan so‘ng uylariga etkazib qo‘yish, ish jarayonida ishchi va
xizmatchilarni korxona va tashkilotlar o‘rtasidatashishdan iboratdir. Bulardan
tashqari passajir tashuvchi transport aholining bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini o‘tashda, ularni dam olish uylariga va
sanatoriylargaqisqa muddat ichidaeltib qo‘yishda juda katta ahamiyaga egadir.
Transport aholining madaniy saviyasini oshirishda ham katta vositachilik
rolini o‘ynaydi. Transport yordamida kitob va kinofilmlar keltirish, muzeylarga
borish va chet el xalqlari madaniyatining durdona asarlari, jahon teatr madaniyati va
hakozolardan bahramand bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, transport yordamida
olimlar, yozuvchilar, rassom va muzikashunoslar konferensiyalari, simpoziumlari,
ko‘rgazmalari, festivallari, yig‘ilishlari, fikr va tajriba almashishlari o‘tkaziladi.
Bular hammasi kishilar bilim va madaniy saviyasining oshishi uchun katta omildir.
Keyigi yillarda turli transport vositalarida vatanimiz bo‘ylab va chet
mamlakatlarga turistik sayohat kishilar orasida keng rusm bo‘lib bormoqda. Halqaro
savdo, turistik va boshqa aloqalarning yanada rivojlanishi, fan va texnika, madaniyat
hamda sport sohasidagi o‘zaro munosabatlarning yanada ravnaq topishi transport
vositalari va aloqa yo‘llarining rivojlanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Aholi uchun
sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida tashib berish transportning asosiy
vazifalaridan biridir.
Transport davlat mudofaa ishlarida ham juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi
zamon transportisiz mamlakatimiz mudofaasini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi,
chunki transport harbiy qo‘shinlar va ularning moddiy-texnika bazasi hamda qurol-
yarog‘ini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiribgina qolmay, ko‘pchilik harbiy qurol-
yarog‘larning uzviy qismi ham bo‘lib qolgan.
Transport juda ko‘p moddiy resurslar va yonilg‘ini (metall, toshko‘mir, neft,
yog‘och mahsulotlarni) hamda mamlakatda ishlab chiqariladigan energetik
quvvatlarni ko‘p iste’mol qilish ustiga uning ayrim sanoat va transport turlari
negizida O‘zbekiston avtomobilsozlik, samolyotsozlik kabi yangidan-yangi
tarmoqlari vujudga keldi va ular yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Har bir transport turi va butun transport tizimi oldiga quyidagi talablar
qo‘yiladi:
– Barcha iqtisodiyot (xalq xo‘jaligi) tarmoqlari va aholiga xizmat
ko‘rsatishning hamma turlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirish;
– Tashish vaqtlarini qisqartirish, yuk va ayniqsa, passajirlar tashish tezligini
oshirish;
384
– Butun yil davomida, kechayu kunduz, ob-havo injiqliklari va boshqa turli
sabablarga qaramay, tashish muntazamligini saqlash;
– Passajirlarga imkoni boricha qo‘layliklar yaratish;
– Tashish jarayonida yuklarni har tomonlama va to‘liq saqlab borishni
ta’minlash;
– Harakat xavfsizligini ta’minlash;
– Atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalar.
Ushbutalablarni kompleks ravishda bajarish texnik-iqtisodiy jihatdan ancha
murakkabdir. Shuning uchun transport tarmog‘ini takomillashtirishni fundamental
va barcha amaliy fanlarda mavjud texnika, texnologiya, iqtisodiy, tashkiliy va
boshqaruv ishlari yutuqlarini tadbiq qilish asosida olib borish zarur bo‘ladi.
Nazorat savollari
1.Transport tushunchasi
2.Yukvapassajirlarni tashuvchi transportning vazifasi.
3.Transport turlari.
4.Texnika vositalari (transport vositalari)tushinchasi
5.Yuk oboroti.
6.1 tonna yukni o‘rtacha tashish masofasi
|