O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


-mavzu: Avtomobil transportisohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

3-mavzu: Avtomobil transportisohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi 
hukumat qarorlari, qonunlar, nizom va qoidalar 
Reja: 
1.Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonu qoidalar
2.Transportda boshqarishning huquqiy asoslari 
3.Transport huquqining manbalari. 
4.O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida amalga oshirilayotgan 
isloxotlar 
Transportda boshqarishning huquqiy asoslari. 
«Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga asosan 1998-yil 29-avgustda amalga 
kiritilgan «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
transport huquqining asosiy bosh manbalaridan biri deb hisoblanadi. Mazkur 
qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining 
huqu qiy asoslarinishakllantirishdan iborat deb belgilab qo‘yilgan
 
Avtotransport huquqining eng muhim manbalaridan biri – O‘zbekiston 
RespublikasiFuqarolik kodeksi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining «Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish» deb nomlangan 39-bobi 17 ta 
moddadan (709-725 moddalar) iborat bo‘lib, unda yo‘lovchi, bagaj va yuk 
tashishning umumiy qoidalari; yo‘lovchi va yuk tashish shartnomasi; bir yo‘nalishda 
har xil transportda tashish; umumiy foydalanishdagi transportda tashish; kira haqi; 
transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish); yo‘lovchi, bagaj va yukni eltib 
qo‘yish muddati; tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
tashish shartnomasi talablarini bajarmaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun 
javobgarlik; yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast 
yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi; tashishni tashkil etish 
shartnomalari; yuk tashishga nisbatan talab va da’volar hamda boshqa shu kabi 
huquqiy me’yorlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 40-bobi ham transport ishini tashkil etishga bag‘ishlangan bo‘lib, 
«Transport ekspeditsiyasi» deb nomlanadi. Bu bob 6 ta moddadan (726-731 
moddalar) tashkil topgan bo‘lib, unda transport ekspeditsiyasi shartnomasi; 
shartnomaning shakli; transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha ekspeditorning 
javobgarligi; espeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot; uchinchi shaxsning 
ekspeditor majburiyatini bajarishi va ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish kabi 
huquqiy masalalar yoritib berilgan. 
Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga O‘tish sharoitida O‘zbekiston 
transportini boshqarish vazifalari va metodlari O‘zgarmoqda. Hozirgi paytda temir 
yo‘l transportini boshqarish «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aktsiyadorlik temir 
yo‘l kompaniyasi (DATK) tomonidan, aviatsiyada tashishda «O‘zbekistonhavo 


386
yo‘llari» kompaniyasi, avtomobil transportida esa – 
O‘zbekiston Avtomobil 
transporti
Agentligi tomonidan amalga oshirilmokda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 
DATK temir yo‘l transportida davlat siyosatini O‘tkazish, Shuningdek temir 
yo‘llarning, Davlat aktsiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi (DATK) O‘zbekiston 
qonunlariga muvofiq tartibga solish zimmasiga yuklatilgan kompaniyadir. Temir yo‘l 
transportida tashish jarayonini boshqarish markazlashtirilgan holda bajariladi va 
datkning mutlaq vakolatiga kiradi. DATK transportning boshqa turlari, masalan, 
avtotransport va h.k. Manfaatlarigataalluqli bo‘lgan masalalarda O‘z faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. DATK, jumladan, quyidagi juda muhim funktsiyalarni bajaradi: 
Tashish ishlari normativini va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilaydi, 
tashish jarayonini tezkor boshqarishni tashkil qiladi; Temir yo‘ldan foydalanish, 
tashish jarayoni bilan bog‘liq texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash 
bilan bog‘liq normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi
O‘zbekiston temir yo‘llari bo‘ylab yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish qoidalarini 
ishlab chiqadi; Tashish jarayoni bilan bog‘liq transport va boshqa texnik 
vositalarning harakatlanishi va ularning ishlatilishi xavfsizligining ahvolini nazorat 
qiladi, harakatlanish xavfsizligining buzilishi sabablarini aniqlaydi, temir yo‘l 
transportida avariyalarning va ekologik halokatning oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi, tabiiy ofatlar, temir yo‘l transportida favqulodda 
vaziyatlar, halokatlar va avariyalar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishni tashkil 
qilishda 
belgilangan 
tartibda 
qatnashadi; 
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan 
harakatdagi 
tarkibda harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi ortish va yukni mahkamlashning 
texnik sharoitlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Sinovlarni O‘tkazish, Shuningdek 
temir yo‘l transporti xodimlarining temir yo‘lni texnik ekspluatatsiya qilish 
qoidalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishini tekshirish tartibini, 
umumiy foydalaniladigan yo‘llarda lokomotivni, O‘zi yurar temir yo‘l mashinasini 
va olib qo‘yilmaydigan turdagi temir yo‘l transportini boshqarishni sinovdan 
O‘tkazish va boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma berish tartibini, lokomotiv 
mashinistlariga klass (malaka) berish tartibini va boshqalarni belgilaydi; 
Temir yo‘l transportida yo‘lovchi, yuk, yuk-bagaj va bagaj tashish sohasida tarif 
siyosatini yuritadi, temir yo‘l boshliqlari, temir yo‘l transportining boshqa korxona va 
tashkilotlari rahbarlari bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi, temir yo‘llar 
tarkibiga kiruvchi korxona va muassasalar rahbarlari bilan mehnat shartnomalari 
(kontraktlar) tuzish tartibini belgilaydi; Ish vaqti va dam olish vaqti rejimini, ishi 
bevosita poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti xodimlarining 
alohida toifalari mehnat sharoitini belgilaydi,temir yo‘l ustavini, Shuningdek temir 
yo‘l transporti boshqa korxonalari hamda muassasalarining ustavlari va qoidalarini 
tasdiqlaydi, temir yo‘l tarkibiga kiradigan korxonalar va muassasalar nizomini 
tasdiqlash tartibini belgilaydi; Idoraga qarashli korxona va tashkilotlarga biriktirilgan 


387
mulkning tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy fondlarni temir yo‘l 
transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga beg‘araz o‘tkazish 
masalalarini hal etadi, mulkni xo‘jalik tasarrufiga berishni hamda temir yo‘l 
transporti korxona va tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy 
fondlarni temir yo‘l transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga 
beg‘araz o‘tkazish masalalarini hal etadi, mulkni xo‘jalik tasarrufiga berishni hamda 
temir yo‘l transporti korxona va tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi, 
transportning boshqa turlari bilan o‘zaro munosabatlar borasida takliflar tayyorlaydi; 
Temir yo‘l transportida tabiatni muhofaza qilish ishlarini olib borishni tashkil qiladi 
boshqa funktsiyalarni bajaradi.

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin