Yuk tashish shartnomasi tushunchasi.
Ijro uchun qabul qilingan yuk tashish
to‘g‘risidagi arizalarni (buyurtmalarni) amalga oshirish transport korxonasi va yuk
jo‘natuvchilar o‘rtasida shartnoma tuzish hamda uni bajarish yo‘li bilan ruyobga
chiqariladi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatda iqtisodiy vaziyat o‘zgarganiga va
bozor munosabatlariga o‘tilayotganiga qaramay, transport qonunchiligidagi asosiy
qoidalar (masalan, yuk tashish shartnomasini belgilash) ko‘p vaqtdan buyon
o‘zgarishsiz qolmoqda, Shuning uchun yurist olimlarning transport qonunchiligining
391
baxsli muammolari bo‘yicha ancha ilgari (SSSR mavjudligi davrida) bildirgan fikrlari
dolzarbligicha qolmoqda hamda amaldagi transport qonunchiligini yaxshirok
tushunish va baxolash transport munosabatlaridamavjud ayrim baxsli muammolar
bo‘yicha to‘g‘ri xulosa chiqarishda ko‘maklashadi. Transport tashkiloti (tashuvchi)
tashish shartnomasi bo‘yicha unga jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni
belgilangan punktga yetkazish va yukni olishga vakil qilingan shaxsga (oluvchiga)
topshirish majburiyatini oladi, jo‘natuvchi esa yukni tashish uchun belgilangan xakni
to‘lash majburiyatini oladi. Yuk tashish shartnomasining huquqiy tavsifi borasida
hozirga qadar yagona fikr yuk. Bu masalaga yuridik adabiyotda katta ahamiyat
berilishiga qaramay, u fuqarolik huquqi fanida hali ham baxsli bo‘lib qolmoqda. Yuk
tashish shartnomasining huquqiy tavsifini aniqlashda unda yukni qabul qilib
oluvchining huquqiy holatini, uning yuk jo‘natuvchi va tashuvchi bilan munosabatini
aniqlash yetarliga o‘xshaydi.
Yukni qabul qilib oluvchining yuk jo‘natuvchi va tashuvchi bilan tashish
shartnomasidagi o‘zaro munosabatlari borasida bir qancha nuqtai nazarlar mavjud.
Ba’zilar yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma
sifatida kvalifikatsiya qilishadi. Ayni mahalda boshqalar yuk tashish shartnomasining
ijrosini uchinchi shaxsga topshirish to‘g‘risidagi shartnoma toifasiga kiritiladi yoki
yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchini yuk tashish shartnomasida bir tomon
deb hisoblashadi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra, yuk tashish shartnomasi yukni qabul qilib
oluvchi uchinchi shaxs yoki yuk jo‘natuvchi bilan bir tomon emas, balki mustaqil
sub’ekt hisoblanadigan o‘ziga xos shartnomadir. Ayrim mualliflar tashish
shartnomasini katnashchilar huquqka xam, tegishli majburiyatlarga xam ega bo‘lgan
uch tomonlama shartnoma, deb hisoblashadi. Yuk tashish shartnomasi uchinchi shaxs
foydasiga ishlaydigan shartnoma sifatida qaraladigan fikr yuridik adabiyotda ancha
keng tarqalgan. Shartnoma uchinchi shaxs foydasiga ishlaydi, degan kontseptsiyani
kullabkuvvatlovchi mualliflar yuk tashish shartnomasi yetkazib berish, kapital
qurilish to‘g‘risidagi shartnomalar va boshqa shartnomalar hamda ularga asas bo‘lgan
me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadigan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi,
deb hisoblashadi. Shunday qilib, tashish shartnomasi – yuk jo‘natuvchi uchun mazkur
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vositalaridan biri.
Mahsulot haridori (qabul qilib oluvchi) ushbu shartnomani tuzar ekan, shartnomada
esa uni yetkazib berish usuli belgilanadi.
Buyurtirilgan mahsulotni qabul qilib oluvchi tegishli shartnomani (etkazib
berish, oldisotdi) tuzish jarayonidayoq, birinchidan, tashish shartnomasini tuzishga
rozilik beradi, bunda u qabul qilib oluvchi, deb ko‘rsatiladi, ikkinchidan transport
tashkilotidan yukni qabul qilish olishgina emas, balki tashish shartnomasidan kelib
chiqadigan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatini xam oladi. Yuk
jo‘natuvchi (etkazib beruvchi, sotuvchi) esa, uz navbatida, tashish shartnomasini
tuzar ekan, uzining mahsulot (yuk)ni qabul qilib oluvchi(haridor)ga topshirish
392
majburiyatini ijro etishni transport tashkilotiga topshiradi, uning bunga roziligi
tegishli shartnomani tuzishda olingan bo‘ladi. Ya’ni qabul qilib oluvchi transport
tashkilotlaridan yukni berishni talab kilar ekan, yuk tashish shartnomasi tuzilishiga
sabab bo‘lgan narsani ijro etish uchun tuzilgan tegishli shartnoma tufayli yuzaga
kelgan huquqini amalga oshiradi. Yukni qabul qilib oluvchi –tashish bo‘yicha
majburiyatning alohida sub’ekti – tashish shartnomasi uning foydasiga tuziladigan
uchinchi shaxs bo‘lib chiqadi. Yukni qabul kiluvchining yuk tashish bo‘yicha
huquqiy munosabatlarda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishi uning foydasiga
shartnoma tuzayotgan yuk jo‘natuvchining xattiharakatiga xam, yukni qabul qilib
oluvchining yuk jo‘natuvchi bilan yetkazib berish shartnomasini yoki boshqa
fuqaroning huquqiy shartnomani tuzayotganda ifodalagan xoxishirodasiga xam
asoslangan bo‘ladi. Yuk tashish shartnomasi uchinchi shaxs foydasiga qilingan bitim,
deb hisoblanadi, biroq bunda yetkazib berish bo‘yicha avval tuzilgan yoki boshqa
shartnoma kuchga ega bo‘ladi.
Ammo bu kontseptsiyaning zaif jihatlari ko‘p. Birinchidan, na yetkazib berish
shartnomasi, na boshqa har qanday shartnoma tashish shartnomasi tuzish uchun
majburiy shart bulmaydi. Chindan xam, fuqarolik-huquqiy shartnomalari ko‘p
xollarda tashish shartnomasini tuzish zaruriyati doim xam yuzaga kelavermaydi.
Agar bir shaharda yashovchi mahsulotni yetkazib beruvchining omboridan o‘ziga
tegishli avtotransportda olib ketsa, tashish shartnomasi bulmaydi. Mahsulot miqdori
tashish umum talab kilinmaydigan darajada kam bo‘lganda xam tashish shartnomasi
kerak bulmaydi. Shuning uchun, buyurtmachi yetkazib berish shartnomasini tuzar
ekan, o‘zi to‘g‘ridanto‘g‘ri bildirgan roziligi bilan tashish majburiyati tomonlaridan
biriga aylanadi, deb karash kerak emas. Buyurtmachi yetkazib berish shartnomasi
tomonlaridan biri hisoblanadi, lekin bu faqat uni xam tashish majburiyati sub’ektiga
aylantirmaydi. Fuqarolik kodeksida mutlako uchinchi shaxsning foydalanishi yoki
voz kechishi mumkin bo‘lgan huquqlari haqida gap boradi. Uchinchi shaxsga
nisbatan majburiyatlar emas, huquqlar belgilanishi mumkin, chunki shartnoma
bo‘yicha majburiyatlarga uni shaxsan yoki vakili orqali imzolagan shaxsgina ega
bo‘ladi. Yukxatda yukni qabul qilib oluvchi sifatida uni jo‘natuvchi emas, balki
boshqa
shaxs
ko‘rsatilgan yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma
deb emas, balki uchinchi shaxsga bajarib berish shartnomasi, deb e’tirof etish kerak.
Transport jarayoni uch qismga bo‘linadi: Birinchi qism – tashish shartnomasi bilan
yuzaga kelgan munosabatlar; Ikkinchisi – tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi –
uchinchi shaxs o‘rtasida yuzaga keladigan majburiyat munosabatlaridir. Yukning
qabul qilib oluvchi manziliga junatilishi, belgilangan punktga yetib borishi yoki
yetkazib berish muddati utib ketishi tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi –
uchinchi shaxs o‘rtasida majburiyat munosabatlarini yuzaga keltiradigan yuridik
faktlardir. Bunda yukni qabul qilib oluvchining huquq va majburiyatlari tashish
shartnomasiga emas, balki ularni bevosita tartibga soluvchi ustavga butkul asolangan.
393
Ayrim yuridik nashrlarda tashish shartnomasida yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib
oluvchi bir tomon, tashuvchi esa boshqa tomon bo‘lishi ko‘rsatilib, bu fikr-muloxaza
yukni qabul qilib oluvchining tashuvchiga talablar bo‘yicha uz huquqlarini yuk
jo‘natuvchiga utkazish huquqi bilan, Shuningdek yuk tashish yo‘qolganda va tashuv
tulovlari ortiqcha olinganda talab qilish huquqi yuk jo‘natuvchiga xam, uni qabul
qilib oluvchiga xam, ulardan kaysi biri talab qilish uchun zarur hujjatlarga ega
ekanligiga karab, taalluqli ekanligi bilanasoslaydilar. Yuk jo‘natuvchi bilan yukni
qabul qilib oluvchining tashish shartnomasida bir tomon bo‘lib ishtirok etishi
yukning belgilangan stantsiyaga kelishi bilan tasdiqlanadi va ushbu tashish bo‘yicha
tashuvchi oldidagi barcha majburiyat yukni qabul qilib oluvchining zimmasiga
tushadi. Ya’ni yukni qabul qilib oluvchi yukni jo‘natuvchi bilan tashuvchi O‘rtasida
tashish shartnomasi tuzilgan ondan boshlab jo‘natish stantsiyasida tashish
shartnomasi sub’ektiga aylanadi. Agar yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi
bir xil huquq hamda majburiyatlarga ega bo‘lgan xollardagina qonuniy bo‘ladi.
Biroq transport ustavlarida belgilangan normalar tomonlar – yuk jo‘natuvchi va
yukni qabul qilib oluvchi – shartnomadan kelib chiqadigan hamda mustaqil
xususiyatga ega bo‘lgan turli huquq va majburiyatlarga ega ekanliklaridan dalolat
beradi (masalan, yuk jo‘natuvchi yukni tashishga tayyorlashi – taralangan holatda
ko‘rsatishi, yo‘l haqini to‘lashi shart; yukni qabul qilib oluvchi uz nomiga kelgan
yukni qabul qilib olishi, olib ketishi, uni qabul qilish tartibini bajarishi shart).
Undan tashqari, yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashuvchi oldida
har xil javobgarlikka egadirlar (masalan, yuk jo‘natuvchi – transport vositlaridan
foydalanmaganligi uchun va x.k.; yukni qabul qilib oluvchi – yukni vaqtida tushirib
olmagani, transport vositalari bekor turib qolgani uchun javobgardir), bu yuk
jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashish shartnomasida bir tomon
emasliklarini tasdiqlashda muhimdir. Boshqa mualliflar tashish shartnomasi alohida
tur shartnoma, unda yukni qabul qilib oluvchi uchinchi shaxs yoki yuk jo‘natuvchi
bilan bir tomon bulmay, balki muayyan huquq va majburiyatlarga ega mustaqil
sub’ekt, deb hisoblashadi. Qabul qilib oluvchi tashish shartnomasi katnashchilari
qatoriga kiradigan vaqt sifatida uning shartnomaga rozilik berishi vaqtini – uning
tomonidan transport kvitantsiyasi (konosament)ning qabul qilinishi vaqtini olish
kerak. Kvitantsiya (konosament) qabul qilib oluvchi ixtiyoriga O‘tgan vaqtdan
boshlab unda transport korxonasiga talab qo‘yish huquqi yuzaga keladi, natijada yuk
tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi O‘rtasida majburiyat munosabatlari
urnatiladi. Yuk yuk xatda ko‘rsatilgan qabul qilib oluvchiga, yuk kvitantsiyasini
bermay topshiriladi. Boshqa mualliflar yukni qabul qilib oluvchi shartnomaning
mustaqil katnashchisi bo‘lib, u amaldagi transport qonunchiligiga muvofiq muayyan
huquq va majburiyatlarga ega, deb hisoblanadi va yuk tashish shartnomasiga uch
tomonlama shartnoma sifatida karash kerak, deyishadi.
Yuk tashish shartnomasini tuzishni ikki qismga bo‘lishadi. Bu – yuk
jo‘natuvchi bilan tashuvchi O‘rtasida yuk tashish shartnomasining tuzilishi, unga
394
muvofiq yuk jo‘natuvchi yukni lozim darajada topshiradi, tashuvchi esa unga
belgilangan joyga yetkazib berish majburiyatini oladi, bu yukni qabul qilib
oluvchining shartnomaga kushilishidir. Yukni qabul qilib oluvchi nomiga keladigan
yuk kvitantsiyasi (konosament)ni olish vaqtini uning shartnomaga kushilish vaqti,
deb hisoblash kerak. Shu vaqtdan boshlab yukni qabul kiluvchida nafaqat huquqlar,
balki majburiyatlar (yukni belgilangan tartibda qabul qilib olish, tashib keltirganlik
haqini to‘lash va x.k.) Xam yuzaga keladi. Kurib chikilayotgan vaziyatlarda yuk
kvitantsiyasining olinishi vaqtini yukni qabul qilib oluvchining tashish shartnomasiga
kushilishi vaqti, deb hisoblash lozimligi muhim holatdir. Biroq yukni qabul qilib
oluvchi bironbir sababga ko‘ra yuk kvitantsiyasini (yoki konosamenti) olmagan
bo‘lishi mumkin. Transport qonunchiligining taxlili yukni qabul qilib oluvchi, uning
nomiga yuk kvitantsiyasi (konosament) kelgan yoki kelmaganligidan kat’inazar,
shartnomaga kushiladi, deb xulosa qilish imkonini beradi. Chindan xam, yuk
kvitantsiyasi (konosament)ning mavjudligi yukni qabul qilib oluvchini shartnoma
tomonlaridan biri, deb hisoblash huquqini beradi. U yukni boshqalar nomiga
jo‘natishi mumkin (mazkur maokolalarda (moddalarda) shu vaqtda yuk kvitantsiyasi
bo‘lishi zarurligi to‘g‘risida xech gap deyilmaydi).
Yukni qabul qilib oluvchi yuk kvitantsiyasi mavjud bo‘lmasa xam tashish
shartnomasi tomonlaridan biridir, deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, yuk tashish
shartnomasi uch tomonlama shartnoma bo‘lib, uning barcha katnashchilari huquq va
majburiyatlarga egadirlar. To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashish shartnomasi
yuk tashish shartnomasi turlaridan biri ekanligini hisobga olib, uni ko‘p tomonlama
shartnoma deb hisoblash lozimki, uning barcha katnashchilari huquq va
majburiyatlarga egadirlar, bunda tashish shartnomasini bajarishga qaratilgan bo‘ladi.
To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishda tashuvchi vazifasini turli transportlar
(masalan, temir yo‘l, avtomobil, havo transportlari) bajaradi. Bunda yuk tashish
bo‘yicha huquqiy munosabatlar yuzaga kelib, unda bir necha xamkatnashchilar
ishtirok etishadi, ularning har biri yukni avvalgi transport tashishlardan olib, yuk
harakatining tegishli bulagida yuk tashish bo‘yicha dastavval tashuvchi tomonidan
tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan uz majburiyatini bajaradi. Boshqa nuqtai
nazar tarafdorlaridan «keyingi har bir tashuvchi, shartnomaga kushilar ekan, avvalgi
tashuvchining yuk xatdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini amalga
oshirish lozim», deb hisoblanadi va yuk jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) bilan
transport tashkilotidagi (xam tashuvchilar) o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy
munosabatlar mavjudligini asoslash uchun to‘g‘ri aralash temir yo‘l – suv aloqa
yo‘llarida yuk tashish qoidalarining 21moddasiga murojaat etishadi. Bu moddaga
ko‘ra, portlar temir yo‘ldan tushiribyuklash punktlariga kelgan yuklarni, navigatsiya
to‘xtaganiga karamay, belgilangan muddatlarga rioya etgan holda qabul qilib olishlari
hamda yuk jo‘natuvchidan yukni nima qilish haqida ko‘rsatma talab qilishlari shart.
Jo‘natuvchi esa o‘n kunlik muddat ichida yukni nima qilish to‘g‘risida portga
(pristanga) ko‘rsatma berishi kerak. Biroq bu nuqtai nazar tarafdorlari
395
xamtashuvchilar yukni to‘g‘ri aralash aloqa yo‘lidan tashishda o‘zaro shartnomaviy
munosabatlarda bo‘lishini rad etmagan holda, xam tashuvchilar bilan dastlabki
tashuvchi o‘rtasida to‘g‘ri aralash aloqa yo‘lidan yuk tashish shartnomasini tuzish
izchilligini ochib berishmaydi. Boshqalar, agar dastlabki tashuvchi har bir transport
korxonasi nomidan chikkanida, usha xamtashuvchilarning har birida muayyan huquq
va majburiyatlar yuzaga kelishi lozim edi, deb hisoblashadi. Lekin oralik
tashuvchilarda, umumiy qoida bo‘yicha, mijozlar bilan huquqiy aloqa mavjud emas,
ya’ni yukni qabul qilib oluvchi bilan transport tashkilotlari xamtashuvchilar) o‘rtasida
shartnoma munosabatlari mavjud emas, deb ta’kidlanadi. Xam tashuvchilarning bir-
biri bilan, yuk jo‘natuvchilar (yukni qabul qilib oluvchilar) bilan va dastlabki
transport tashkiloti bilan huquqiy holatini belgilash uchun xamtashuvchilar dastlabki
tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi asosida yuzaga keladigan tashish
majburiyatlari sub’ekti hisoblanishhisoblanmasligini, agar shunday deb hisoblansa,
bu kaysi tartibda ruy berishini aniqlash zarur. Xam tashuvchilarning huquqiy holati
va ularning dastlabki tashuvchi hamda yuk jo‘natuvchi bilan o‘zaro munosabatlari
to‘g‘risidagi masalani kurib chiqishda masala transport tashkilotlari o‘rtasidagi
munosabatlar shartnomaviy munosabatlarmi yoki yukmi, degan masala bilan uzluksiz
bog‘liq. Transport tashkiloti yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan
yukni belgilangan punktga yetkazish va uni yukni qabul qilib olishga vakil qilingan
qabul qilib oluvchiga topshirish lozim tashuvchida bunday majburiyat to‘g‘ri aralash
aloqa yo‘llaridan yuk tashishda xam yuzaga keladi. Lekin bunda bir o‘ziga xoslik
bo‘lib, yuk bir turdagi transport bilan tashiladi va dastlabki tashuvchi uni qabul qilib
oluvchiga olib borib beri majburiyatini oladi. Qonun kurib chikilayotgan
munosabatlarning yuridik konstruktsiyasini belgilamaydi, faqat tashishdagi
kamchiliklar uchun javobgarlik so‘nggi transport tashkilotida bo‘lishini belgilaydi,
xolos.
To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashish shartnomasini taxlil qilinganda,
bizningcha, tashishning ikki boskichini kurib chiqish lozim. Birinchi boskichda
dastlabki tashuvchi to‘g‘ri aralash aloqa bo‘yicha shartnoma tuzar ekan, yukni
belgilangan punktga olib borib berish majburiyatidan tashqari, yuk jo‘natuvchining
vakili sifatida xamtashuvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirishish huquqini qo‘lga
kiritadi. Bu huquq, dastlabki tashuvchi qonun (transport ustavlari, kodekslari va x.k.)
Unga yukni topshirish borasida berilgan vakolatlar tufayli yuk jo‘natuvchi tashish
shartnomasinituzib o‘ziga bergan huquq va majburiyatlarni unga utkazgan holda, yuk
jo‘natuvchi nomidan (uning vakili sifatida) xamtashuvchi bilan shartnoma tuzadi,
ya’ni keyingi har bir xamtashuvchi avvalgi tashuvchi bilan majburiyatli
munosabtlarga kirishib, yuk jo‘natuvchining vakiliga aylanadi. Qonunda xam
tashuvchilarning ushbu majburiyatini ko‘rsatilgan holda, xamtashuvchi dastlabki
tashuvchi hamda yuk jo‘natuvchi bilan qanday shaklda shartnoma tuzishi
mumkinligini
konkretlashtirilmaydi.
Xam
tashuvchilar
jo‘natuvchi
bilan
shartnomaviy munosabatda emaslar, deb hisoblash xam to‘g‘ri bulmaydi. O‘tkazish
396
vedomosti va yukxatda boshqa tashuvchining kalendar tamgani bosishi va tilxat
yozishi vaqtini ular orasidagi shartnoma tuzilgan vaqt deb hisoblash kerak. To‘g‘ri
aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishni tartibga soluvchi transport qonunchiligi taxlili
yuk jo‘natuvchi bilan xam tashuvchilar o‘rtasida aynan shartnomaviy munosabatlar
borligidan dalolat beradi.
Tashuvchilar to‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishda mijozlar
huquqlarida yagona transport tashkiloti sifatida voqif bo‘lishadi va barcha yuk
tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (qabul qilib oluvchi) bilan shartnomaviy munosabtlarda
bo‘lishadi. Xam tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) bilan
shartnomaviy munosabatlarda bo‘lishgani holda, ayni mahalda o‘zaro shartnomaviy
munosabatlarda bo‘lishadi. Yuqorida aytilganidek, yuk bir tashuvchidan boshqasiga
berilgan, topshirish vedomostiga va yuk xatga kalendar tamg‘a bosilgan va tilxat
yozilgan vaqt shartnoma tuzilgan vaqt hisoblanadi. To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan
yuk tashish shartnomasi yuk jo‘natuvchi nazarida, O‘zi bilan shartnomaviy
munosabatlar bo‘lgani holda, yagona transport tashkiloti sifatida voqea bo‘ladigan
xam tashuvchilar O‘rtasida tuzilgan ayrim shartnomalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF 5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi
negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik
avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l
xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4143 sonli
qarori bilan belgilab berilgan.
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning
tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali
amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-
fevraldagi PF-5647-son
Farmoniga
muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Transport
vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida
Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini
amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot
darajasini pasaytirish maqsadida:
Moliya vazirligi va Transport vazirligining 2021-yil 15-maydan 2022-yil
oxiriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish
397
faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga
ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi
tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport
vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga (keyingi o‘rinlarda — litsenziya
varaqasi) asosan amalga oshiriladi;
Litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida
10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil
transporti mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi
orqali beriladi;
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka
tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda — yakka tartibdagi tashuvchilar)
“Akkreditatsiya markazi” dukda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish
stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan
o‘tkazishi shart
Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) Bilan Yoʻl harakati
qoidalari
tasdiqlandi
.
Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga
Dostları ilə paylaş: |