1. Avtomobil transporti asosiy texnika jihozlari
Avtomobil transporti texnika jihozlari asosiy elementlariga transportvositalari,
avtomobil yo‘llari hamda avtomobil transporti korxonalari kiradi.
Transport vositalari avtomobillar, tyagachlar, tirkama va yarim tirkamalardan
iborat bo‘lib, uning hissasiga barcha investitsiyaning 60—70 foizi to‘g‘ri keladi.
Avtomobil va tyagachlar murakkab, o‘z yurguzuvchi dvigatellariga ega bo‘lib,
transport vositalarining faol birligi bo‘lish bilan birga uning texnika rivoji darajasini
hamda ekspluatatsion-iqtisodiy tomonlarini tavsiflaydi. Yarim tirkama va tirkamalar
o‘z yurguzuvchi dvigatellariga ega bo‘lmay, yuk va passajirlarni tashishga
mo‘ljallangan aravalardan iborat bo‘lib, ularni harakat-lantirishda avtomobil va
tyagachlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda ishlovchi barcha avtomobillar asosiy
vazifa-larini quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm) va bu tasnif davlat standarti
(dst) talabiga mutlaqo bo‘ysundi-rilgandir.
Barcha avtomobillar o‘z massalari yoki ular o‘qlaridan yo‘l qoplamalariga
tushuvchi kuch og‘irliklari bo‘yicha uch guruhga bo‘linadilar.
Dst talabiga binoan, barcha avtomobillar umumfoydalanish yo‘llarida ishlovchi
“a” va “b” guruhlariga va umumfoydalanish yo‘llaridan tashqarida ishlovchi
uchinchi guruhga bo‘linadi.
“a” guruhli avtomobillarning o‘qlar orasidagi masofasi 2,5 metr va undan ortiq
bo‘lganda, har bir o‘qidan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch xalqaro talablarga ko‘ra
115 (100) kn dan oshmasligi kerak. Demak, bunday avtomobillar i va ii kategoriyali,
ya’ni sement-beton va asfalt-beton yo‘llarda ishlashga mo‘ljallangan.
400
“b” guruhli avtomobillarning o‘qlari orasidagi masofa 2,5 metr va undan ortiq
bo‘lganda, uning har bir o‘qidan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch 60 kn dan
oshmasligi kerak. Demak, bunday avtomobillar yuqori kategoriyali avtomobil
yo‘llari bilan bir qatorda quyi kategoriyali (engillashtirilgan qoplamali) barcha
yo‘llarda ham ishlashlari mumkin.
Agar yo‘l qoplamasiga yuqoridagi chegaralangan miqdordan ortiq kuch bilan
og‘irlik tushsa, u tez ishdan chiqishi mumkin.
Uchinchi guruhli yoki umumfoydalanish avtomobil yo‘llaridan tashqarida
ishlovchi avtomobillar, asosan ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillari bo‘lib, ular
asosan karerlarda vaqatnovi uchun maxsus qurilgan karer yo‘llaridagina ishlashlari
mumkin.
Barcha avtomobillar bajaradigan vazifalariga ko‘ra, yuk va passajirlar
tashishga mo‘ljallangan transport avtomobillariga va maxsus avtomobillarga
bo‘linadilar. Maxsus avtomobillar ish vazifalari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin:
kommunal va shahar xo‘jalik ishlariga moslangan (suv sepuvchi, qor supuruvchi,
axlat tashuvchi va hakozo); o‘t o‘chiruvchi; tez tibbiy yordami va boshqa sanitariya
avtomobillari; avtokranlar; ustaxona o‘rnatilgan avtomobillar; har xil qurilish
uskunasi yoki jihozlari o‘rnatilgan (beton tayyorlovchi va hakozo) avtomobillar
bo‘lishi mumkin.
Maxsus avtomobillarga sport avtomobillari ham kiradi va ularning asosiy
vazifasi tezlikni oshirish mahoratiga qaratilgan bo‘ladi.
Yuk tashuvchi avtomobillar o‘z navbatida tirkamalar ulab ishlatilishi mumkin.
Tyagachlar va yuk avtomobillari tirkama hamda yarim tirkamalarga ulansa,
avtopoezdlarni tashkil qiladi.
Tyagach va yuk avtomobillarini avtopoezd qilib ishlatish transport vositalari
ish unumini oshirishning real yo‘llaridan biridir.
Yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobil va tirkama (yarim tirkamalar), asosan
yuk tashiy olish qobiliyati hamda kuzovlari turlariga qarab tasnif qilinadi.
Avtomobil va tirkama (yarim tirkama)ning nominal yuk tashiy olish qobiliyati
ularni ishlab chiqaruvchizavodkonstruktorlari tomonidan belgilanadi. Bunda asosiy
mezon transport vositalarini har xil og‘ir yo‘l sharoitlarida ham maksimal yuklash
imkoni bo‘lishi kerak.
Avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarning nominal yuk ko‘tara olish
qobiliyati unga o‘rnatilgan aniq kuzov turiga va ishlatilayotgan avtorezinaga
bog‘liqdir. Agar kuzov turi o‘zgarsa, uning nominal yuk ko‘tara olish qobili-yati
ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, yog‘och kuzovli avtomo-bil temir kuzovli
avtosamosval kuzoviga almashtirilsa, avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati ancha
kamayishi mumkin. Chunki temirdan ishlangan kuzov ¸g‘ochdan ishlangan kuzovga
nisbatan ancha og‘ir. Bundan tashqari, samosval tamoyilida ishlashi uchun
avtomobil shassisiga qo‘shimcha ag‘daruvchi mexanizm o‘rnatilishi lozim.
401
Dst talabiga binoan, yuk ko‘tara olish qobiliyati bo‘yicha avtomobillar
quyidagi sinflarga bo‘linadi:
– eng kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar (0,5 tonna-gacha);
– kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar (0,5–2,0 tonna-gacha);
– o‘rtacha yuk ko‘taruvchi avtomobillar (2,0–5,0 tonna-gacha);
– ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar (5,0–15,0 tonna-gacha);
– eng ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar (15,0 tonnadan ortiq).
Eng kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar, asosan engil avtomobillar shassisiga
o‘rnatilgan furgon va pikaplardir. Ular pochta yig‘ish yoki tarqatishda, har xil
mayda savdo nuqtalari, bufet va oshxonalar yuklarini tashish va shu kabilarda
ishlatiladi.
Kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar yuk oboroti kichik bo‘lgan mayda partiyali
mahsulotlarni tashishga mo‘ljallangan avtomobillardir. Masalan, xo‘jalik va savdo
korxonalari mahsulotlari, qishloq xo‘jalik yo‘llarida tashiluvchi kichik partiyali
yuklar va shu kabilar.
O‘rtacha va ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar yirik partiyali ko‘p yuklarni
tashishga mo‘ljallanadi. Masalan, sanoat korxonalari xom ashyo va tayyor
mahsulotlari, ko‘p partiyali qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mahsulotlari, yonilg‘i,
boshqa xom ashyolar va hakozolar.
Eng ko‘p yuk ko‘taruvchi yoki karer avtomobillari, asosan, tog‘ konlarini ochiq
usul bilan ishlashda, masalan, toshko‘mir, metall ma’danlari va boshqa sanoat xom
ashyolarini ishlab chiqarishda, yirik gidrotexnik inshoot qurilishlarida ishlatiladi.
Kuzov turlari bo‘yicha yuk avtomobillari quyidagicha tasniflanadi: universal
platformali va bortli (yoki qisqacha nomi bortli) avtomobillar; samosval avtomobil-
lar; maxsus va ixtisoslashtirilgan kuzovli (non, un, beton, benzin va hakozo
tashuvchi) avtomobillar.
Avtomobillar va avtopoezdlarning maksimal gabarit hajmlari dst talabiga
binoan, uzunligi 22 (xalqaro tashishlarda 20) metrgacha, eni 2,5 (2,6) metrgacha va
balandligi (yuk ortilganda ham) 4,0 metrgacha qilib chegaralangan.
Avtomobil yo‘llari inshootlari ayni DSTgabarit talablari bo‘yicha quriladi.
Avtobuslar passajirlarni ko‘plab tashishga mo‘ljal-langan avtomobillar bo‘lib,
ular yuqorida keltirilgan DST talabiga binoan, kuzovining sig‘imi bo‘yicha
quyidagicha tasniflanadi:
– eng kichik avtobuslar (passajirlar sig‘imi 8 ta o‘ringacha yoki gabarit
uzunligi 5 metrgacha);
– kichik avtobuslar (passajirlar sig‘imi 9–35 o‘rinli yoki gabarit uzunligi 6,0–
7,5 metr);
– o‘rta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 35–60 o‘rinli yoki gabarit
uzunligi 8,0–9,5 metr);
– katta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 60–100 o‘rinli yoki gabarit
uzunligi 10,5–12 metr);
402
– eng katta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 100 o‘rindan ortiq yoki
gabarit uzunligi 12–16,5 metr);
– eng katta sig‘imli va yarim tirkamali (birlashti-rilgan) avtobuslar (passajirlar
sig‘imi 160–190 o‘rinli yoki gabarit uzunligi 16,5 metr, undan ortiq).
Passajirlar tashishda harakat xavfsizligi juda muhim bo‘lganligi uchun hozirga
qadar tirkamali avtobus poezdlari qo‘llanilgan emas va uning uzil-kesil
konstruksiyasi ham ishlab chiqilmagan.
Maxsus avtobuslarga turistik sayohatlarga va shunga o‘xshash qatnovlarga
moslab ishlangan avtobuslar kiradi.
Vazifalari va ishlatilish joylariga qarab avtobuslar shahar ichi avtobuslari va
shaharlararo avtobuslarga bo‘linadi.
Shahar ichi avtobuslari, asosan, vagon tipidagi ko‘p sig‘imli salonga egadirlar.
Shahar ichida qatnovchi avtobuslarga qo‘yiladigan asosiy talab ularning turgan
joyidan tez qo‘zg‘alishi va zarur darajadagi tezlanishidir. Chunki shahar ichi yo‘na-
lishlarida qatnovchi avtobuslar tez-tez to‘xtab ishlaydi.
Demak, ularning joylaridan tez qo‘zg‘ala olish va tezlana olish qobiliyatiga ega
bo‘lishi juda muhimdir. Shahar ichi avtobuslarining eshiklari, passajirlar o‘tish va
turar joylari keng qilib ishlanishi, eshiklar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak,
chunki uning biri chiqish uchun bo‘lsa, ikkinchisi tushish uchun xizmat qiladi.
Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar tez yurishga va passajirlarga
maksimal qulaylik hamda shinamlik yaratishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
Bunday avtobuslarning maksimal harakat tezliklari 120 km/soat va undan ham ortiq
bo‘lishi mumkin.
Shaharlararo marshrutlarda qatnovchi avtobuslarning passajirlar saloni bagaj
joylaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda bagajlar avtobus saloni tagiga
joy-lashtirilib, uning eshiklari tashqarida bo‘ladi. Salondagi o‘rindiqlar yumshoq
qilib yasaladiki, ular uxlab ketishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi.
Engil avtomobillar quyidagi ko‘rsatkichlari yoki parametrlari bo‘yicha ham
tasnif qilinadi: silindrlar ish hajmi yoki litraj bo‘yicha; kuzov turi bo‘yicha.
Litraj bo‘yicha engil avtomobillar 4 guruhga bo‘linadi: eng kichik litrajli (0,75
l); kichik litrajli (1,5 l gacha); o‘rta litrajli (3,0 l gacha); katta litrajli (3,0 l dan
ortiq).
Kuzovlar turi bo‘yicha engil avtomobillar yopiq kuzovli (sedan); ochiq quzovli
(faeton), usti ochiladigan kuzovli (kabriolet) avtomobillarga bo‘linadi. Shaxsiy mulk
egalari foydalanishiga hisoblangan avtomobillar keyingi yillarda yopiq kuzovli qilib
yasalmoqda.
Avtomobil transporti moddiy – texnika bazasi tarkibiga avtomobil yo‘llari ham
kiradi. Transport vositasidan foydalanish samaradorligi mavjud yo‘llarga va
ularning holatiga bevosita bog‘liqdir. Yo‘llarning qoniqarsiz holatda bo‘lishi
transport vositasi tezligini va uning ish unumini keskin pasaytiradi hamda yuk va
passajirlar tashish tannarxi oshishiga sabab bo‘ladi.
403
Avtomobil yo‘llari yo‘llardan tashqari kompleks injenerlik qurilmalaridan ham
iborat bo‘lib, ularning hammasi avtomobillarning yil mobaynida, kechayu–kunduz,
iqlim injiqliklariga qaramay, xavf–xatarsiz, zarur tezlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
bilan muntazam harakatlanishga mo‘ljallangan inshootlardir.
Avtomobil transporti korxonalari – avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalar, yuk
avtomobili terminali, vokzal, passajir avtomobil bekati, servis (texnik) xizmat
ko‘rsatish bekatlari, garaj, mehmonxonalar, avtomobil va shina ta’miri zavodlari va
boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Shaxsiy transport vositalari egalari, ya’ni mulkdorlar o‘z avtomobillari bilan
tadbirkorlik (tashish) ishi bilan shug‘ullansalar, ular xissadorlik tashish saroylariga
birlashib ishlashlari tavsiya etiladi.
Avtoekspluatatsion saroylar yuk va passajir tashish uchun belgilangan asosiy
korxonalardir.
Ko‘pchilik avtoekspluatatsion saroylar transport vositasini saqlash, undan
foydalanish, servis (texnik) xizmat ko‘rsatish va mayda ta’mirlash ishlari bilan
shug‘ullanadi.
Transport vositasi maxsus uskunalangan ochiq maydon-larda, shuningdek, usti
yopiq maydonlarda saqlanadi. Avtomobillar ochiq maydonda saqlanganda sovuq
qish kunlarida dvigatellarni ishlatishni osonlashtiradigan maxsus moslamalar (bug‘,
suv, gaz yoki elektr isitgichlar)ni, uskunalar va avtomobil detallari eyilishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun tegishli moylash materiallarini tanlashga alohida ahamiyat berish
zarur.
Odatda, barcha avtomobil saroylarida avtomobillarga kundalik va texnik
xizmat ko‘rsatiladi. Buning uchun ularda maxsus ustaxonalar va uskunalar bo‘lishi
kerak.
Avtomobil saroylarining ko‘pchiligi yuk yoki passajir tashish bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan. Ba’zi bir, asosan qishloq va uzoq tumanlarda joylashgan
avtomobil saroy-lari aralash turda tashkil etilgan bo‘lib, ular tarkibida yuk
avtomobillari, avtobuslar va taksilar mavjud, ular yuk va passajirlar tashiydi.
Mintaqaviy (viloyat) avtomobillarda tashish uyushma-lariga qarashli avtomobil
saroyalarining ko‘pchiligi yirik korxonalardir, ularda 100-120 ta avtomobil bor.
Yuk avtomobili terminallari (yuat) avtomobil transporti tizimida shaharlararo
va xalqaro yuklarni tashish uchun tashkil qilinadi.
Yuat yirik shaharlarda va sanoat markazlarida, shaharlararo muntazam
yo‘nalish uzellari, dengiz va daryo pristan va portlari oldida joylashadi. Odatda,
yuat binolar va qurilmalar kompleksiga ega bo‘ladi.
Yuatning asosiy vazifalari quyidagilardir: yuklar-ni shaharlararo vaxalqaro
muntazam ravishda tashishni tashkil qilish, konteynerlarda mayda yuklarni etkazib
berish va jo‘natish; transport-ekspeditsion va ombor operatsiyalarini bajarish; o‘z
omborlarida yuklash-tushirish ishlarini bajarish; qisqa masofaga tashiladigan
yuklarni temir yo‘ldan avtomobil transportiga o‘tkazish; yuk egalaridan yuklarni
404
qabul qilib olish va ularni yirik partiyalarga qayta to‘plash; tovarlarni
iste’molchilarga etkazib berish; qisqa vaqt davomida transport vositasini o‘z hovli
maydonchalarida yuk bilan birga saqlash; quzov-larni yuvish va tozalash; konteyner
va yarim tirkamalarni mayda ta’mir qilish; shaharlararo va mamlakatlararoqatnay-
digan haydovchilarning hordiq chiqarishini ta’min-lash; transport vositasining
harakat grafigini nazorat qilish; tashilgan yuk uchun yuk jo‘natuvchilar bilan hisob-
kitob qilish va hakozo.
Yuat tashish uchun yuklarni shartnomalar va buyurtmalar asosida qabul qiladi.
Mayda yuklar yig‘ilib, yuat omboriga etkaziladi va yo‘nalish tomoniga ko‘ra
guruhlanadi. Yuatning o‘z transport vositasi bo‘lmaydi. Mayda yuklarni yig‘ib
keltirish va egalariga topshirish, shuningdek, shaharlararo yuk tashish ishlarini
bajarish uchun yuat buyurtmasiga muvofiq avtomobillarda tashish xissadorlik
uyushmalari korxonalari transport vositalari beradilar.
Yuat ixtiyorida transport vositasi ishini nazorat qilib turish va uning muntazam
ishlashini ta’minlash uchun telefon, teletayp yoki radioaloqa vositalari bo‘lishi
kerak.
Yuat-xo‘jalik hisobidagi xissadorlik tashkiloti bo‘lib, yuk jo‘natuvchilar va
yukni tayinlangan joyga etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar uchun
to‘la hisob-kitob qiladi.
Yuat tashkil etish ko‘p yuk ko‘taradigan transport vositalarni qo‘llanish,
ishning ilg‘or shakllarini amalga oshirgan holda ulardan unumli foydalanish
imkonini beradi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi passajir-larga xizmat qilish uchun
avtobus vokzallari quriladi. Odatda, avtobus vokzallari kompleks inshootlar bo‘lib,
katta shaharlarda quriladi. Uning tarkibiga passajirlar zali va xizmat binolari bilan
birga vokzal binosi; passajirlarni avtobusga chiqarish va tushirish perronlari, reysga
chiqadigan avtobuslarni tozalash, yuvish va texnik xizmat ko‘rsatish postlari kiradi.
Avtobus vokzalining bosh rejasi shahar transporti keladigan va taksilar turishi uchun
mo‘ljallangan vokzal oldi maydonini o‘z ichiga oladi. Avtobus vokzalining ichki
xududi bilan vokzal oldi maydoni bir-biri bilan shunday bog‘langan bo‘lishi
kerakki, passajirlar perronga vokzal binosi orqali ham, binoga kirmasdan ham chiqa
olsinlar.
Odatda, avtobus vokzali binosida chipta kassalari va boshqa tur transport
agentliklari bo‘lgan passajirlar zali, bolalik passajirlar uchun xona, yuk (bagaj)
saqlash va jo‘natish kamerasi, qahvaxona, tibbiyot xonasi, pochta va shaharlararo va
xalqaro telefon uzeli, xizmat xonalari (dispetcherlik, idora, aloqa uzeli,
haydovchilarning hordiq chiqarish xonasi, ventilyasion kamera) joylashadi. Avtobus
vokzallari avtomatik signalizatsiya vositalari, avtobuslar harakatini boshqarish
uchun radioaloqa hamda televizion qurilmalar bilan jihozlanadi. Avtobuslar-ning
kelishi va jo‘nab ketishi haqida passajirlarga radiouzellar yoki signalizatsiya
yordamida habar qilinadi.
405
Avtovokzallarga avtobuslarni viloyat avtomobillarda tashish uyushmalari
saroylari shartnomaga binoan, hamda belgilangan jadvalga ko‘ra ajratadilar. Shaxsiy
avtobus egalari ham shaharlararo va xalqaro passajirlar tashish tadbirkorligi bilan
shug‘ullanishni istasalar avtovokzal-lar bilan shartnoma tuzib, belgilangan jadval
bilan ishlashlari shart.
Passajir avtobus bekatlari (pab) avtomobil yo‘llarida, kichik shahar va aholi
yashaydigan joylarda quriladi va avtomobil yo‘llardagi inshootlar kompleksiga
kiradi. Passajir avtobus bekatlarining asosiy vazifasi - shaharlararo va xalqaro
avtobus aloqasi o‘rnatish, barcha passajirlarga xizmat qilish. Pab passajirlar binosi
va passajirlarni avtobusga chiqarish va tushirish uchun usti yopiq perrondan iborat
bo‘ladi.
Bino passajirlar zali, kassa, bufet, sanitariya xizmati va bug‘ qozoni o‘rnatilgan
xonani o‘z ichiga oladi. Turistlar ko‘p qatnaydigan yo‘llarda pab binosiga
qo‘shimcha ravishda mehmonxona bilan restoran ham quriladi.
Ba’zan avtovokzallar va passajir avtobus bekatlari temir yo‘l vokzali bilan bir
joyda quriladi. Bu hol passajirlar uchun bir transport turidan ikkinchisiga o‘tishda
qulaylik tug‘diradi, maydon va qurilish harajatlarini tejaydi. Bunday holda kutish
zali, kassalar zali, bufet, oshxona, bolalik passajirlar xonasi, bagaj saqlash kamerasi
umumiy bo‘lishi mumkin.
2. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish va boshqarish
Avtomobil transporti ishini tashkil qilish tizimi tashish va boshqa yordamchi
ishlarni bajarishda barcha bo‘lim va bo‘linma ishlarini muvofiqlashtirib olib
borishdan iboratdir.
Tashish ishlari, avvalo, mavjud reja hamda boshqarishni tashkil etish hujjatlari
talablari asosida bajarilishi lozim. Boshqarishni tashkil etish hujjatlari avtomobil
transporti korxonalari va mijozlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilovchi
hujjatlardir.
Bunday hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi “avtomobil transporti”
qonuni va uning ilovalari,“yo‘l harakati xavfsizligi”, “avtomobil transporti nizomi”,
avtobus va shaharlararo hamda xalqaro yuk va passajirlar harakat jadvali,
shaharlararo va xalqaro yuk va passajirlarni tashishni tashkil qilish tartib va
qoidalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil transportidagi boshqarish tizimi boshqa transport turlaridagidan
ancha farq qiladi. Yirik avtomobil transporti saroylarini boshqarish uchun
O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy (qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va toshkent shahri) avtomobillarda tashish hissadorlik uyushmalari tashkil etilgan.
Toshkent shahar, viloyatlar hamda qoraqalpog‘iston respub-likasi avtomobillarda
tashishni tashkil etuvchi hissador-lik uyushmalari transport saroylari, ilmiy-
tekshirish tashkilotlarini ham boshqarib turadi. U shu turdagi transportni
birlashtirish, yuk va passajirlarni tashishni tashkil etish, transport saroylarining
406
vakolatiga binoan yagona texnik siyosat, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa
ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro avtomobillarda tashish ishlari bilan shug‘ullanuvchi mustaqil ikki
korxona bo‘lib, uning birinchisi “bk intrans” mustaqil xo‘jalik yurituchi shaxsiy
mulkchilik sub’ekti bo‘lib, o‘z ishini O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti
agentligi bilan hamkor-likda ishlaydi, ikkinchisi “o‘rtaosiyo trans” hissadorlik
kompaniyasi, ularning ikkovi ham mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lib,
O‘zbekiston tashqi savdo aloqalari hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentliklari bilan hamkorlikda ishlaydi. Respublika miqyosidagi
avtota’mir, avtoshinata’mir sanoati korxona-lari “o‘zavtosanoat” ham mustaqil
boshqaruv sub’ekti bo‘lib O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan
hamkorlikda boshqaruv ishlarini olib boradi. Shaharlararo yuk tashish ishlari bilan
“shaharlararoavtotrans (mejavtotrans)” xissadorlik mustaqil boshqaruv sub’ekti
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan hamkorlikda boshqaruv va
tashish ishlarini olib boradi.
3. Avtomobil transportining o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari
Avtomobil transporti bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan transportning
boshqa turlaridan ajralib turadi. Avtomobil transporti yuqori darajada
manyovrchanligi tufayli kerakli miqdordagi transport vositalarini zarur joylarga tez
yig‘a oladi, yuklarni jo‘natuvchilar omboridan yuk qabul qiluvchilar omborigacha
bevosita etkazib beradi. Bunda yuklarni bir transport turidan boshqasiga qayta
yuklashga ehtiyoj qolmaydi. Avtomobil transportining qisqa masofalarda yuk va
passajirlar tashish tezligi temir yo‘l va daryo transportlardagiga nisbatan ancha
yuqoridir. Yuk va passajirlar oqimi kam bo‘lgan erlarda avtomobil transporti temir
yo‘l transportiga nisbatan investitsiya sarfini kam talab etadi. Chunki avtomobillar
har qanday yo‘llarda ham ishlashi mumkin bo‘lib, maxsus izlar yoki yo‘l qurilishini
talab qilmaydi. Avtomobil transporti yo‘llarning doimiy bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lmay, ayrim yo‘llar ishdan chiqqan paytda ularga parallel bo‘lgan yo‘llarda ham
qatnashi mumkin. Ba’zan avtomobil yo‘llari orqali yuk yoki passajirlar tashish
masofalari temir yo‘l va daryo yo‘llariga nisbatan qisqa bo‘lgan hollari ham
uchraydi, chunki ular yo‘llardagi to‘siqlarni aylanib o‘tmay, to‘g‘ri yo‘l
yo‘nalishlari bilan harakatlanishlari mumkin. Masalan, toshkentdan namangangacha
bo‘lgan temir yo‘llarda yuk va passajirlar tashish masofasi angren-xo‘jand tog‘larini
aylanib o‘tish hisobiga 450 kilometrni tashkil etsa, avtomobil transporti to‘g‘ri
angren tog‘ining qamchi dovonidan o‘tib borish hisobiga tashish masofasi 300 km
tashkil etadi yoki qarshi va termiz shaharlari orasidagi avtomobil yo‘llar masofasi
temir yo‘llardagiga nisbatan 320 km kam hamda horijiy davlat xududi
(turmaniston)ga kirmay o‘tadi va bu hol O‘zbekistonga valyo‘ta harajatini tejash
imkonini beradi.
Qisqa masofalarda avtomobil transporti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk tashish,
aralash tashish tizimiga xos bo‘lgan yuklarni yo‘llardagi transport uzellarida qayta
407
ortish-tushirish ishlari bo‘lmasligi va tashish tezligining kattaligi yuk tashish
umumiy harjatlarini ancha tejash imkoniyatini beradi. Uzoq masofalarga yuk
tashishda tashish tannarxining qimmatligi uning iqtisodiy samaradorligini boshqa
transport turlardagiga nisbatan kamaytirib yuboradi. Hozir avtomobil transporti
hissasiga O‘zbekiston Respublikasi transportning barcha turlarida tashiladigan
yuklar hajmining (tonna hisobida)90% dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda
avtomobil transportisiz iqtisodiyotning bironta tarmog‘i ham o‘z faoliyatini davom
ettira olmaydi.
Sanoatda avtomobil transporti har yili deyarli 600 mln. Tonna yuk tashiydi.
Sanoat korxonalariga xom ashyo avtomobillarda tashiladi va u erdan tayyor
mahsulot yana avtomobillarda olib chiqiladi. Karerlarda 135, 170 tyuk ko‘taradigan
samosval-avtomobillarning qo‘llanilishi tog‘ - konishlama sanoatining shaxtali
usuliga nisbatan ruda qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarishni keng
rivojlantirishga yo‘l ochib beradi. Har yili bunday ishlarda samosval-avtomobillar
yordami bilan 500 mln. Tonnadan ortiq ruda, slanets, ko‘mir va karerlar ust qobig‘i
jinslari tashiladi.
Hozirgi zamon industrial qurilishida avtomobil transportining ahamiyati
yanada o‘sdi. Sanoat va uy-joy qurilishlarida ishlatiluvchi yirik temir-beton
buyumlar, bloklar, panellar, ferma boshqa qurilish inshootlari elementlari faqat
avtomobilda tashiladi. Avtomobil transportisiz mamlakatimizda qurilish-montaj
ishlarini avj oldirib bo‘lmaydi.
Ulkan gidrotexnika inshootlarini qurishda avtomobil transporti juda katta
ishlarni bajaradi.
Avtomobil transportisiz ko‘plab mahsulot etishtiruvchi hozirgi zamon qishloq
xo‘jaligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligida avtomobil ichki hamda
tashqi yuk tashish ishlarida keng qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
(g‘alla, paxta, qand lavlagi va hakozolarni) yig‘im-terim paytida tashishda
avtomobil transporti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hosilni buzilishdan saqlash uchun
uni qisqa muddat (10-20 kun)da yig‘ib-terib va tashib olish kerak. Qishloq
xo‘jaligida avtomobil transporti yordamida yuk tashishning umumiy xajmi yiliga
100 mln. Tonnani tashkil etadi va bu raqam yanada o‘sib bormoqda.
Barcha savdo, shu jumladan, xususiy mulk egalariga tegishli tarmoqlarida yuk
tashishning katta partiyali mollarni omborlardan va har bir savdo joyiga etkazib
berishgacha bo‘lgan hamma turlarini, asosan, avtomobil transporti vositasida
amalga oshirish mumkin.
Murakkab kommunal xo‘jalik inshootlariga ega bo‘lgan zamonaviy
shaharlarda transport xizmatini avtomobil transporti to‘la egallamoqda.
Avtomobil transportining boshqa transport turlariga nisbatan afzalliklaridan
yana biri shundaki, u yuklarni har qanday joyga, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul
qiluvchi eng kichik joylargacha etkazib beradi. Mana shunday afzallik-larga ko‘ra,
avtomobil transporti mahalliy aloqalardagi katta ahamiyatidan tashqari, magistral
408
temir yo‘l, suv va havo transporti uchun ham zarur qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Keyingi yillarda ko‘plab yuklar 200-300 km gacha masofalarda temir
yo‘l transportidan avtomobil transportiga o‘tkavzilmoqda. Bu narsa temir yo‘l
transporti ishini ancha engillashtiradi, yuklarni bir transportdan ikkinchisiga qayta
tushirib-ortishni kamay-tiradi va ularni iste’molchilarga etkazish tezligini oshiradi.
Avtomobil transporti temir yo‘lga qaraganda qisqa va uzoq masofalarda ham yuk
tashish tezligini ancha oshiradi. Avtomobil transportida uzoq masofalarga yuk olib
borishni tezlatish shahar va xalqaro avtomobillarda shaharlararo yuk tashish ishini
rivojlantiradi. O‘zbekiston xududida buyuk ipak yo‘lining tiklanishi avtomobil
transportida shahar va xalqaro yuk tashishni keng qo‘llanish uchun yaxshi shart-
sharoitlar yaratiladi. Bularga ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobil va avtopoezdlarning
ko‘plab ishlatilishi, yo‘l qurilishining takomillashishi va amalga oshirilgan boshqa
bir qator tadbirlar yordam bermoqda. Bunga birinchi navbatda mintaqaviy
avtomobil-larda tashish uyushmalariga tegishli avtomobil transpor-tini ko‘paytirish,
shahar va xalqaro yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan avtomobil saroylarini va yuk
tashish ishini uyushtiruvchi avtomobil terminallarini tashkil qilish va boshqalar
kiradi.
Avtomobillarda shaharlararo yuk tashishni tashkil etishdagi muhim
tadbirlardan biri transport vositasidan foydalanishda “yuk tashish elkasi”usulini
joriy etish-dir. Bunday usulda yuk tashishda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi
shaharlar orasidagi harakat yo‘nalishi bir necha “yuk tashish elkalariga”
(uchaskalarga) bo‘linadi. Har bir uchastkaning oraliq masofasi haydovchining ish
kuni (smenasi) davomida borib qaytishini hisobga olingan holda belgilanadi.
Yuklar bu usulda tashilayotganda yarim tirkamali avtopoezdlardan
foydalaniladi. Yuk jo‘natilgan shahardan yuk oluvchi shahargacha etkazib berishda
turli uchastkalarda boshqa tyagachlar va haydovchilar ishlaydi. Avtomobil
poezdining yarim tirkamalari har uchastkaning oxirida (odatda, yuk terminalida)
almashtiriladi. Bunday yuk tashishda qatnashayotgan haydovchilar soni uchastkalar
soniga teng bo‘lishi kerak.
Yuk tashishni “yuk tashish elkasi” usulida tashkil qilish tashish tezligini
yagona avtomobilda tashish tizimi-ga nisbatan ancha oshiradi va haydovchilar
mehnatini me’-yorida tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yuk tashish tizimi,
ayniqsa,qimmatbaho, zudlik bilan tashiladigan, tez buziladigan va tushirib-ortishga
noqulay yuklar uchun foydalidir.
Avtomobil transportining yana bir afzalligi shundaki, uni qisqa vaqt ichida
ishga tushirish va avtomo-billarda temir yo‘l bo‘lmagan erlarda yuk va passajirlar
tashish mumkin. Avtomobil transportining bu afzalligi qo‘riq va bo‘z erlarni
o‘zlashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish katta
miqdorlarda yuk tashishni talab qiladi.
Masalan, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mirzacho‘l va qarshi cho‘llarida,
surxon-sherobod vodiysi, qoraqalpog‘is-tonda va boshqa mintaqalarda 1 mln.
409
Gektarga yaqin yangi erlar o‘zlashtirildi. Mana shu o‘zlashtirilgan erlarda tashilgan
yuklarning umumiy hajmi va yuk oborotining 90 foizdan ortig‘i avtomobil
transporti zimmasiga tushdi.
Avtomobil transportida juda katta miqdorlarda passajirlar ham tashiladi.
Masalan, shahar ichi passajir-lar tashishda avtomobil transportining ulushi 60
foizdan ko‘p. Shaharlararo uzoq masofalarda hamda shahar atrofi erlarida passajirlar
tashishda ham avtomobil transporti-ning ahamiyati ortib bormoqda.
Lekin avtomobil transporti yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklarga qaramay, temir
yo‘l va daryo transportiga qaraganda ancha past texnik-ekspluatatsion
ko‘rsatkichlarga ega. Muhim kamchiliklardan biri - avtomobil transporti ishchilari
mehnat unumdorligining pastligidir. Bu hol avtomobil transportidagi transport
vositasi birligining temir yo‘l va daryo transportidagiga nisbatan kam yuk ko‘tara
olishi yoki passajirlar sig‘imi kichikligi bilan izohlanadi. Shuning uchun yuk tashish
tannarxining kattagina qismini haydovchilar va ta’mirlovchi ishchilar ish haqi
tashkil qiladi. Transport vositasi birligiga to‘g‘ri keladigan dvigatellar quvvatining
nisbiy kattaligi yonilg‘i sarfini oshiradi.
Transport vositasidan foydalanish ko‘rsatkichlari-ning pastligi va yo‘l
sharoitlarining og‘irligi ham avtomobil transportida mehnat unumdorligining past
bo‘lishiga olib keladi.
Avtomobil transportining yana bir muhim kamchiligi tashish tannarxining
kattaligidir. Avtomobil transporti tashish tannarxining kattaligi, uning qimmatbaho
yonilg‘i-da ishlashi, bajarilgan ish birligiga nisbatan yonilg‘i sarfi ko‘pligi, transport
vositasi birligi yuk ko‘tara olish yoki passajirlar sig‘dira olish qobiliyatining kichik-
ligi sababli bajarilgan ishga nisbatan to‘lanadigan ish haqi kattaligidir. Bundan
tashqari avtomobil transporti-da transport vositalarining yuk eltib berilgach,
qaytishda yuksiz yurishlari ham tashish tannarxini oshirishga olib keladi.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, avtomobil transportini qisqa masofalarda,
ayniqsa, ichki tashishlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |