O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportining hozirgi holati



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 
4.O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportining hozirgi holati 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xududi 447,4 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 
egallagan maydonining ko‘lami jihatdan mdh davlatlarida rossiya federatsiyasi, 
qozoqiston, ukraina va turkmanistan respublikalaridan keyingi o‘rinni egallaydi. 
Aholisi 24650,4 ming kishi bo‘lib, sobiq ittirofiq aholisining (parchalanib ketishi 
davriga nisbatan) 8,6 foizini tashkil etadi. Aholisi bo‘yicha Yevropa davlatlaridan 
polshaga teng yoki qo‘shni afg‘oniston aholisidan 25 foizga ko‘p. 
2000 yilda respublikada iqtisodiyot mahsulotlarini ishlab chiqarish 
xududlaridan iste’mol qilish xududlarigacha o‘rtacha 35,5 km masofaga tashilib, 
uning umumiy hajmi 701,2 mln. T ni tashkil etdi. Yuk oboroti butun xalq xo‘jaligi 
bo‘yicha 8,94 mlrd. Tkm ni, shu jumladan, mintaqaviy avtomobillarda tashish 
uyushmalari korxonalari bajargani 1,2 mlrd tkm ni tashkil etdi. 


410
O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti turli xil mulk egalariniki, 
jumladan, shaxsiy mulk egalariniki bo‘lib, butun respublika xududida joylashgan 
katta va murakkab iqtisodiyot kompleksidir. Bu kompleksga 80 ming km avtomobil 
yo‘li (uning 85 foizidan ortig‘i tosh, beton va asfalt yo‘l), minga yaqin 
ixtisoslashgan yirik xissadaorlik avtomobil transporti saroylari kiradi. Mintaqaviy 
avtomobillarda tashish uyushmalari tizimida 200 tadan ortiq yuk tashuvchi, 96ta 
aralish tashish bilan shug‘ullanuvchi avtosaroylar, shu jumladan, 25 ta avtojamlama 
mavjud. Hozirgi kunda xususiy mulk egalarida yuk avtomobillarining soni 40 ming 
atrofida bo‘lib, uning salmog‘i mintaqaviy avtomobillarda tashish uyushmalari 
korxonalaridagiga nisbatan ikki marta ko‘p bo‘lib, turli xil mulkdorlar o‘rtasida 
haqiqiy raqobat tashkil etish darajasidadir. 
O‘zbekistonning mustaqillik yillarida avtomobil transportida tashish jarayonini 
takomillashtirish bo‘yicha katta ishlar bajarildi. Mintaqaviy avtomobillarda tashish 
uyushmalariga qarashli avtomobil transporti vositalari paxta xom ashyosi, paxta 
tolasi, paxtaning urug‘lik va texnik(moy olishga mo‘ljalangan) urug‘i, don, qant 
lavlagisi va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashish bilan birga respublikaning 
muhim qurilish ob’ektlarida -“o‘zdeuavto” zavodi, uchquduq-sultanuzdag-miskent-
nukus temir yo‘l magistrali, qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, qamchi 
dovoni va tonnelli avtoyo‘li, xonobod er osti gaz ombori, sho‘rtan gaz-kimyo 
kompleksi, uchkuduq aeroporti, xorazm qand zavodi, ko‘qdumaloq, mingbuloq va 
alan neft konlari, toshkent, samarqand, buxoro, xiva, urganch, farg‘ona, shahrisabz, 
quva shaharlaridagi 50 dan ortiq qurilish ob’ektlarida faol ishtirok etdilar. Toshkent 
shahridagi forobiy, sag‘bon, nukus, xalqlar do‘stligi ko‘chalarini kengayti-rishda, 
qo‘yliq, yunusobod, otchopar, xadra maydoni, “bog‘i eram”, “alisher navoiy” 
istirohat bog‘larida, “jar” sport kompleksi, yunusobod yopiq tennis korti, yangi 
hayvonot bog‘i, “saylgoh” kompleksi, temuriylar tarixi davlat muzeyi, do‘rmon, 
qaynarsoy va oqsaroy rezidensiyalari, toshkent shahar hokimligi binosi kabi 
ob’ektlarni bunyod etishda munosib hissa ko‘shdilar. Ularning barchasida toshkent 
shahar, viloyat va qoraqalpo-iston avtomobillarda tashish uyushmalariga tegishli 
xissadorlik saroylarining yuk avtomobillari bevosita ishtirok etdilar. 
Kelgusida yuk va passajirlar avtotransportini rivojlantirish, avtotransportda 
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish, tirkamalarni keng qo‘llash evaziga 
transport vositalaridan foydalanish samaradorli-gini oshirish, tashish jarayonini 
tashkil etishni yaxshilash hisobiga sarf-xarajatlarni kamaytirish, bozor sharoiti-da 
transport xizmati ko‘rsatish raqobatbardoshligini ko‘tarish yuzasidan vazifalar 
belgilangan.
Bugungi kunda toshkent shahar,viloyatlarva qoraqalpog‘istonRespublikasi 
avtomobillarda tashish uyushmalariga tegishli xissadorlik avtotransport saroy-lari 
har bir tumanda, shahar va viloyatda mavjud. Ular avtovokzallar, avtoboshbekat va 
avtoshoxbekatlariga ega. 


411
Respublika bo‘yicha 2280 ta avtobuslar qatnov yo‘nalishlari bo‘lib, shulardan 
431 tasi shaharlararo, 100 dan ortig‘i shahar va tuman markazlarini bog‘lovchi, 500 
ga yaqini shahar ichi va 1768 ta shahar atrofi avtobus qatnov yo‘nalishlaridir. 
O‘rtacha bir kunda shahar avtobus qatnovi yo‘nalishlarida 2,45 mln. Passajir, shahar 
atrofi yo‘na-lishlarida qariyb 3,2 mln. Va shaharlararo yo‘nalishlarda 2,2 ming 
passajirlar avtobuslarda tashilmoqda. Umuman olinganda, bir kunda 5,65 mln. 
Passajirlar respublika avtobus transporti yo‘nalishlarida muntazam qatnayotirlar.
Passajir va haydovchilar uchun qulayliklarga ega, hozirgi qun talablariga javob 
beradigan27 ta avtobosh-bekat, 120 ta avtoshoxbekat va 123 ta chipta sotish 
shoxobchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 
Aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, qulay sharoitlar yaratish 
maqsadida respublikamizning yirik tuman markazlari, aholi zich joylashgan 
xududlari hamda shaharlarda avtoshoxbekat va avtoboshbekatlar qurilishiga keng 
e’tibor qaratilayotir. 
1992-2000 yillar mobaynida respublikamizning yirik shaharlarini poytaxt 
bilan, ular tarixiy obidalari hamda ziyoratgohlari joylashgan xududlari bilan 
bog‘lovchi 62 ta shaharlararo va sayyohlik yangi yo‘nalishlari ochildi. 
18,19,20-jadvallarda 
qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 
“toshshahar-
yo‘lovchitrans” va barcha viloyatlar avtomobil-larda tashish uyushmalariga tegishli 
avtosaroylarning 2005 va 2010 yillarigacha mo‘ljallanilgan rejadagi texnik-
ekspluatatsion ko‘rsatkichlari, tender asosida joylashti-rilgan shahar ichi, shahar 
atrofi va shahar (viloyat)lararo avtobus yo‘nalishlari ma’lumoti berilgan.
5. Avtomobil transportini rivojlantirishning ilmiy-texnik muammolari 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning 
kelajak 10-20 yillargacha davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida avtomobil 
transportini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qancha murakkab ilmiy-texnik va 
tashkiliy muammolarni hal qilinishi lozim. Ularga quyidagilarni kirgazish mumkin: 
amalda mavjud saroylarni har tomonlama tejamli va takomillashtirilgan 
avtomobillar hisobiga ko‘paytirish, avtomobil saroyi tarkibiniyukko‘tarish va 
passajirlarsig‘imi 
bo‘yicha 
oqillashtirish, 
avtoservis, 
texnik 
xizmat 
va 
ta’mirlashtizimini 
takomillashtirish, 
transport 
vositalariningixtisoslashuvini 
chuqurlatish, 
avtomobilyo‘llaritarmoqlariniyanadakengaytirish, 
harakattezligivaxavfsizliginioshirish.Muammoningtash-kiliy 
tomoni 
respublika 
hukumati tomonidanqabulqilinganqarorga binoan, qoraqalpog‘istonda, barcha vilo-
yatlarda va toshkent shahrida tashkil etilgan avtomobil-larda tashish uyushmalari 
hamda qishloq xo‘jaligidagi avtomobil transporti moddiy – texnika bazasini 
mustahkamlashvaular tashish ishlarini takomillashti-rish, kichik va o‘rta biznesni 
rivojlantirish borasida shaxsiy mulk avtomobil egalaridagi transport vositalari 
ishtirokida va ular ixtiyori bilan “shaxsiyavtotrans” saroylari tashkil etib, davlat 
tasarrufidagi xissadorlik avtotransport saroyari va shaxsiy mulkdorlar avtotrans-


412
porti birlashmalari o‘rtasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri talabiga mos keluvchi 
raqobatni yo‘lga qo‘yish. 
Avtomobil saroylarini ko‘paytirish katta va murakkab texnik-iqtisodiy 
muammolardan biri bo‘lib, uni hal qilish mustaqillik yillarida ishga tushirilgan 
avtomobilsozlik 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarini 
oshirish, 
avtomobil 
ishlabchiqarishnison jihatdanginaoshirib 
Qolmay, samaradorligi yuqori bo‘lgan yangi avtomobillar ishlab chiqarishni 
yo‘lga qo‘yish. Bu yo‘lda hoziroq ko‘p ishlarni amalga oshirilishi lozim. Masalan, 
andijonning asaka shahridagi engil avtomobillar uzdeuavto zavodining loyihada 
rejalash-tirilgan yiliga 200ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish 
bilan birga avtomobillarning yangi ”v” sinfli “uzdeu matiz”, “s” sinflineksiya-2 
takomil-lashtirilgan engil avtomobillar chiqarish hisobiga, ular eksportini 50-60 
foizga etkazish borasida zarur ishlar bajarilishi lozim. Samarqand shahrida tashkil 
qilingan “samkochavto” zavodi quvvati respublika iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan 
takomillashtirilgan yuk avtomobillari (shu jumladan, ixtisoslashtirilganlarni ham) va 
mini hamda ko‘p sig‘imli avtobuslar chiqarishni yo‘lga qo‘yishlik lozim.
Bundan buyon chiqariladigan avtomobillar yonilg‘ini tejab sarflaydigan, atrof-
muhitga zaharli chiqindi va qora tutun-larni ekologik me’yordan oshirmay 
chiqaruvchi, harakat xavfsiz-ligi darajasi yuqori bo‘lgan, boshqarishga qulay, kam 
serviz xizmati va ta’mirni talab qiladigan bo‘lishi lozim.
Karbyuratorli dvigatellarda yonilg‘i tejamini oshirish asosida yonuvchi gazlar 
siqilish darajasini oshirish, karbyuratsiya va yonilg‘i purkashni yaxshilash hisobiga 
bajariladi. Bundan tashqari, yondirishning elektron va forkamera tizimlarini joriy 
etish ham yonilg‘i tejamini oshiradi. 
Avtomobil sanoatini rivojlantirishda yuk avtomobillari va avtobuslar bilan 
birga dizel dvigatelli engil avtomobil-larni ham ishlab chiqarishni o‘zlashtirish 
masalasiga katta e’tibor berilishi kerak. Dizel yonilg‘ilarining benzindan arzonligi 
nazarga olinsa, dizel dvigatellarining umumiy tejami karbyuratorli dvigatellarga 
nisbatan 30-40 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Shuning uchun mamlakatimizda avtomobillarni dizel yonilg‘isida ishlovchi 
dvigatellarga o‘tkazishga juda katta aha-miyat berilishi kerak. Bu borada toshkent 
avtomobil-yo‘llar instituti ilmiy xodimlari qilayotgan ilmiy izlanishlari taqsinga 
sazovor.
Yuk avtomobillari saroyi tarkibini yaxshilash muhim texnik-iqtisodiy 
muammolardan biridir. Shuning uchun ham avtomobil saroyi tarkibini 
takomillashtirish, ulardan ko‘p yuk ko‘taradigan ixtisoslashtirilgan va yuk ko‘tarish 
qobiliyati kam bo‘lgan avtomobillar salmog‘ini oshirishga alohida e’tibor berilish 
lozim. Soha mo‘taxassislari va olimlarning fikricha, kam (2t gacha) yuk ko‘taruvchi 
avtomobillar soni umum yuk avto-mobillari soniga nisbatan 25 foizni tashkil etishi 
kerak. Amalda esabu miqdor ancha kam. Natijada mayda partiyali yuklar ko‘tarish 
qobiliyati o‘rtacha avtomobillarda tashilib, yuk tashish tannarxi oshib ketadi. Bu hol 


413
tashish xizmati narxini oshirishga olib kelib, tashish xizmati iste’molchilarini 
boshqa transport turini (masalan, ot ulovini) izlashga olib keladi. Ko‘p yuk ko‘tara 
oladigan avtomobillar soni mo‘taxas-sislar fikriga binoan, 30-40 foizni tashkil etishi 
o‘rniga, ular miqdori nihoyatda kam. Kichik va o‘rta biznesni rivojlan-tirish uchun 
horijiy davlatlar yoki nufuzli banklar tomoni-dan ajratiluvchi investitsiyani ayni 
masalaga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Avtomobillar saroyi tarkibini yaxshilash muammosini hal qilish 2000 yillarda 
davom ettirilishi kerak. 20 t yarim tirkama, 25 t furgon yarim tirkama bilan 
ishlovchi tyagachlar va tirkamalar shular jumlasiga kiradi. Xx asrning oxirlarida 
tog‘-kon sanoatida uzoq horijiy davlatlardan keltirilgan 135 va 170 t yuk ko‘tara 
oluvchi cutterfillar (amerika qo‘shma shtatlari) va yuklid (shvetsiya) gigant 
avtosamosvallarning ishlatilishi sarf-xarajatlarni ancha tejash imkonini berish bilan 
birga ish unumdorligini keskin ravishda oshirdi. Kalajakda avtopoezdlarga 
ulanuvchi tarkamalar va yarim tirkamalarni ko‘paytirilishi, takomillashtirilgan yuk 
ortish-tushirish mexanizmlariga ega bo‘lish, 20 va 30 tonna yuk ko‘tara oladigan 
konteynerlar tashuvchi avtomobillar, refrijeratorlar va avtotsisternalar hamda 200-
300 tonna yuk ko‘taruvchi maxsus gigant avtosamosvallarni tatbiq etish ilmiy-
texnik muammolardan biridir. 
Avtobus saroyi tarkibini yaxshilash ham katta va juda katta sig‘imli 
avtobuslarni yirik shaharlarda ishlatishlikni yo‘lga qo‘yishlik lozim. Bizda hozir 
sig‘imi 110 passajirli mersedes-benz 0345 rusumli avtobus faqat toshkentdagina 
ishlayotir. Jahon banki (jb) O‘zbekistonning 5 ta yirik shaharlarida shahar passajirlar 
transportini rivojlantirishga 29 mln. Aqsh dollari miqdorida kredit berib, unga 350 ta 
avtobuslar sotib olish va ularni lizing asosida davlat va xususiy mulkdorlarga 
berishlikni lozim topdi. 
Avtomobil transporti vositalarining ixtisoslashtirish masalalari hozirgi zamon 
avtomobil transportini rivojlan-tirishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Mavjud 
ko‘pchilik yuk avtomobillarining kuzovlari universal va past bortli bo‘lganligi 
sababli ayrim hollarda ularning kengayib bora-yotgan yuk xillari tashish talablariga 
javob bermayotir, natijada yuk tashish ishlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari past 
darajada. Hozirgi kunda yuk avtomobillari umumiy saroyining anchagina qismi 
ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘prog‘ini samosval avtomobillari 
tashkil qiladi. Ammo sement tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijiratorlar va shu 
kabilar soni talablardan ancha orqada. Olimlarning fikricha va amaldagi yuk tashish 
tajribalariga binoan ixtisoslashti-rilgan avtomobillar sonini umum yuk tashuvchi 
avtomobillar soniga nisbatan 60-70 foizga oshirish lozim. Ayniqsa, ko‘pchi-lik 
qishloq xo‘jalik hamda uzoqlarga etkazib berilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni 
tashishda refrijiratorli avtomobillar sonini ancha oshirish lozim. 
Qishloq xo‘jaligi uchun maxsus avtomobillar va avtopozdlar (shu jumladan, 
paxta 
xom 
ashyosini 
tashuvchi)ni 
ko‘plab 
chiqarish 
“samkochavto” 
avtomobilsozlari oldida muhim vazifa bo‘lib turibdi. 


414
Avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish asosiy va 
murakkab muammolardan biridir. Hozirda mavjud avtomobil yo‘llari tez rivojlanib 
borayotgan raspublika iqtisodiyoti talablarini qondira olmayotir. Ayniqsa, yuqori 
kategoriyali (ya’ni qattiq yoki takomillash-tirilgan qoplamali) avtomobil yo‘llari va 
maxsus qishloq xo‘jalik yo‘llarining kamligi ayrim joylarda avtomobil transporti 
vositalaridan samarali foydalanishni pasaytirib, tashish tannarxini oshirib 
yubormoqda.
Yo‘l tarmoqlarini kengaytirish va rivojlantirish sanoat, qurilish va ayniqsa
qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti sur’atlarini ancha tezlashtiradi. 
Avtomobil yo‘llari tarmoqlarini kengaytirish juda katta davlat ahamiyatiga ega 
ekanligini hisobga olib, respublika hukumati katta ishlar qilayotir. Misol tariqasida, 
zamon talabiga mos keluvchi 1,8 ming kilometrli andijon-qo‘qon-toshkent-
samarqand-uchquduq-nukus avtomobil magistralini rekonstruksiyalab xalqaro yuk 
tashishga moslashtirishni keltirish mumkin. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti barcha transport turlarida, shu jumladan, avtomobil 
transportida ham harakat tezligining oshishiga olib keldi. Agar xx asrning 40-
yillarigacha ishlab chiqilgan yuk avtomobillarida konstruksion (maksimal) harakat 
tezliklari soatiga 40-60 kilometrdan, engil avtomobillarda 60-100 kilometrdan 
oshmagan bo‘lsa, hozir ishlab chiqarilayotgan yuk avtomobillarida maksimal tezlik 
soatiga 80-120 kilometr va ko‘pchilik engil avtomobillarda 140-150 kilometrga 
tengdir. Biroq bunday katta tezlik imkoniyatidan ko‘p hollarda to‘la foydalanish 
qiyin. Chunki bu hozirgi kundagi yo‘llardagi avtomobil oqimlarining kattaligi, 
harakat xavfsizligi, yo‘l va iqlim sharoitlari bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, harakat tezligini oshirish transport iqtisodiga ziddiyatli ta’sir 
etadi. Bir tomondan, harakat tezligini oshirish yo‘llarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 
hamda yuk va passajirlar tashishni tezlashtirib, transport iqtisodiy samaradorligini 
oshirsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
yo‘l 
qurilishidagi 
investitsion 
xarajatlarni, 
ekspluatatsiya qilish sarfini ko‘paytiradi, harakat tezligi soatiga 50-60 kilometrdan 
oshganda yonilg‘i sarfining nomo‘tanosib oshishiga olib keladi va h.k. Bundan 
tashqari, tez yurish natijasida harakat xavfsizligini ta’minlash qiyinlashadi, 
ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lish ehtimoli ko‘payadi. 
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash hozir jahon miqyosidagi 
favqulotda aktual muammo bo‘lib, hisoblar shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi bir yilgi 
avtomobil falokatlari soni 55 mln.gacha etib bormoqda, natijada taxminan 250 ming 
kishi nobud bo‘lmoqda va 10 mln.ga yaqin kishi shi-kastlanmoqda. 
Hozir harakat xavfsizligini ta’minlash muammosini asosiy ikki yo‘nalishda hal 
qilish ustida katta ishlar olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalish avtomobil 
konstruksiyalari faol xavfsizligini ta’minlashdir. Bunga avtomobillarning harakat 
vaqtidagi 
turg‘unligini 
va 
boshqarilishini 
yaxshilash, 
tormoz 
tizimini 
takomillashtirish va boshqalar kiradi. Bu yo‘nalish, asosan, avariyaga yo‘l 
qo‘ymaslikka qaratilgan. Ikkinchi yo‘nalish avtomobil konstruksiyalari passiv 


415
xavfsizligini ta’minlashdir. Bunga, avvalo, avtomobil kabinasi mustahkamligini 
oshirish, to‘qnashish energiyasini kamaytiruv-chi bamperlarishlatish, xavfsizlik 
kamarlarini qo‘llash, rul kolonkasini teleskopikkonstruksiyali qilib ishlash, kabina 
ichidagi va uning tashqarisidagi o‘tkir qirrali va qattiq buyumlarni yo‘qotish yoki 
ularni yumshoqroq va amortizatsiyali qoplamalar bilan qoplash va hakozolar kiradi. 
Bu 
yo‘nalish, 
asosan, 
to‘qnashish 
natijasidagi 
ko‘ngilsizlik 
oqibatini 
engillashtirishga qaratilgan. 
Avtomobil yo‘llarini loyihalashda va qurishda harakat xavfsizligi talablariga 
ahamiyat berish ham aktual muammo-dir. Ko‘p avtomobil qatnaydigan joylarda 
avtostradalar qurish lozim. Bunday avtostradalar ko‘p tasma(polosa)li hara-katga 
mo‘ljallangan bo‘lib, kesishish joylari ikki qavatli (ya’ni puteprovodli) qilib 
quriladi. Bunday yo‘llarda maxsus qoplamalar ishlatilishi lozim. Velosiped harakati 
va yo‘lov-chilar uchun maxsus tratuarlar qurilishi kerak. Bunday avtostradalar 
harakatini boshqarishni engillashtiruvchi belgilar, svetofor va boshqa texnika 
vositalari bilan jihozlanishi lozim. 
Haydovchilar va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya 
qilishlari ham muhimdir. Chunki ko‘ngilsiz hollar va falokatlarning 75-80 foiziga 
haydovchilar yoki yo‘lovchilar yo‘l harakatiga rioya qilmasliklari sabab bo‘lmoqda. 
Avtomobil transportida boshqarishni avtomatlashtirish boshqa transport 
turlaridagi kabi ko‘p qirralidir. 
Harakat tezligining oshishi va avtomobil oqimlarining kundan-kunga ko‘payib 
borishi avtomobillarni boshqarishni avtomatlashtirishni taqozo etadi. Bu masalani 
hal qilishda haydovchilar mehnatini engillashtiruvchi avtomatikalarni qo‘llash va 
ayrim ish jarayonlarini optimallashtirish lozim. Bularga yonilg‘i sarfi va yonib 
bo‘lgan gazlardagi zaharli moddalarni kamaytirish, uzel va agregatlar me’yordagi 
ish rejimlarini ta’minlash va boshqalar kiradi. Yo‘ldagi to‘siqlarni uzoqdan 
aniqlovchi radar uskunalarini o‘rnatish, katta va og‘ir avtopoezdlarni boshqarishda 
telekameralardan (odatda, avtomobil tomiga o‘rnatiladi) va boshqa avtomatika 
vositalaridan foydalanish ham zarur masalalardandir. 
Shu bilan birga avtomobillarni boshqarishni to‘liq avtomatlashtirish, ularni 
haydovchisiz ishlatish masalalari ustida rivojlangan xorijiy mamlakatlarda katta 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotir. 
Hozir avtomatlashtirishning eng muhim masalalaridan biri asosiy ishlab 
chiqarish jarayonlari elementlarini va tashish jarayonini to‘liq avtomatlashtirishdir. 
Aniq va favqulotda hollarda avtobus harakati jadvaliga oqilona o‘zgartirishlar 
kiritish, reja ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish va boshqa ko‘p ildam masalalarni 
halqilishmumkin. Shuningdek, avtomatik boshqarish tizimi moddiy-texnika 
ta’minoti, kapital qurilish, buxgalteriya-moliya faoliyati, kelajak rejalarni 
hisoblashda va uzoq davr bashoratlarini aniqlashda ham katta ishlarni bajaradi. 
 
Savollari. 


416
5.
Avtomobiltransportinitexnikjixozlari. 
6.
Yukavtomobili harakteristikasi (tavsifi)
7.
Yo‘llarkategoriyasi. 
8.
Yukavtomobili bekati va uningvazifasi. 
9.
Avtomobil transportining afzalliklari. 
10.
Avtomobiltransportinirivojlantirish muammolari. 
11.
Harakat xavfsizligini ta’minlash muammolari. 


417

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin