Yo‘l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish
uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
Tez buziladigan yuklar — ularni saqlash uchun tashishda maxsus harorat va
sanitariya-gigiyena rejimlariga rioya etish talab qilinadigan yuklar;
Tara — o‘rab-joylashtirishning asosiy elementi, u o‘zida tashishda, saqlashda
va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirish va ularning
saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan buyumni ifodalaydi;
Konteyner — kamida 1 m
3
hajmli, tovarlarni tarasiz, birlamchi o‘ramda yoki
yengillashtirgan tarada tashish uchun mo‘ljallangan ko‘p martalab foydalaniladigan
tara;
O‘rab-joylashtirish —
unga
solingan
mahsulotlar
va
tovarlardan
ajratilmaydigan, ularning zarur anjomi hisoblangan va unda mahsulotlar va tovarlarni
saqlash hamda ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta’minlash uchun
xizmat qiladigan buyum;
Tovar-transport yukxati — transport jarayonining qatnashchilari uchun
yagona bo‘lgan, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularni yo‘lda
hisobga olishga, kirim qilishga, ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun,
shuningdek yuk tashilganligi uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishning hisobini
yuritish uchun mo‘ljallangan hujjat.
Yo‘l varaqalari va yuklarni avtomobil transportida tashishga tegishli boshqa
hujjatlarning
(yuklarni
tashish
masofalarini
o‘lchash
dalolatnomalarini
rasmiylashtirish bo‘yicha nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik qo‘llanmalar) shakllari
namunalari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)