547
shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan bajariladigan yuklarni tashishga tatbiq
etilmaydi.
Avtomobil transportida xavfli, yirik gabaritli va og‘ir yuklarni tashish
xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Yuklarni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa
turlari bilan o‘zaro hamkorlikda avtomobil transportida tashishda yuzaga keladigan
munosabatlar va bunday tashishni tashkil etish tartibi tashuvchilar o‘rtasida
tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi.
Bojxona nazorati ostidagi yuklarni tashish O‘zbekiston Respublikasining
bojxona qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ushbu qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
Tashish shartnomasi
— bu bo‘yicha tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi
tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni
olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan,
yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan to‘lovni to‘lash
majburiyatini olgan bitim;
Dostları ilə paylaş: