Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi,
ya’ni ish (t
ish
) vaqti
soatlarda o‘lchanuvchi ularni avtotransport saroyinazorat joyidan ishga chiqib ketib,
ish nihoyasida yana saroyga qaytib kelib yuqoridagi nazorat joyidan o‘tishgacha vaqt
tushuniladi. Bunda aytilgan vaqtdan tushlik uchun berilgan vaqt chegirib tashlanadi.
Avtomobillarni ishda bo‘lish vaqtlari, ularni ayni marshrutda bo‘lish vaqtlari
(t
m
) va nolinchi qatnov harakatiga zarur vaqt yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
T
ish
= t
m
+ t
o
, soat [36]
O‘z navbatida yuk avtomobillarni marshrutda bo‘lish vaqti quyidagi vaqtlar
yig‘indisidir:
T
m
= t
x
+ t
o-t
+ t
bt
, soat[37]
Harakat tezliklari.
Transport vositasi unumdorligi avtomobil harakat tezligi
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Harakat tezligi avvalo avtomobilning tortish-
dinamik sifati va uning texnik holatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari harakat tezligi
yo‘l-iqlimiy sharoitlar, yo‘llarda harakatning intensivligi (zichligi), haydovchilar
к
Q
к
Р
ўрт
l
юк
l
a
q
юк
l
a
q
к
Q
к
Р
ўрт
l
470
malakasiga bog‘liqdir. Har qanday sharoitda ham belgilangan harakat tezligi harakat
xavfsizligi va ish ta’minlashi lozim.
Yo‘l sharoitlari ichida harakat tezligiga ko‘proq ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarga
yo‘l harakat qismining kengligi, harakat intensivligi, yo‘l qoplamasi holati, ko‘rinish
sharoiti, yo‘l egrisi radiusi, nishablik uzunligiva ahamiyati, transport harakatini
tartibga solishni takomillashtirishlar kiradi.
Kunduzgi vaqtga ko‘ra tundagi harakat tezligi odatda 5-10 % ga kamroq
bo‘ladi.
Harakat sharoiti zich (intensiv) bo‘lgan yirik shaharlar va ular atrofidagi
avtomobillar harakat tezligi, ulardan transport oqimlari umumiy tezligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Avtomobillarda yuk tashishda transport vositasi harakat tezligi va
ekspluatatsion tezliklar farqlanadilar. Avtomobillar eng katta tezligi tushunchasi ham
farqlanadi.
Texnik harakat tezligi (v
t
) ni avtomobillar bosib o‘tgan yo‘llarining (l
um
), bular
bosib o‘tgan yo‘lga ketgan harakat vaqti (t
x
) nisbati qilib aniqlanadi:
Yakka avtomobil uchun v
t
= l/t
x
, km/soat;
Avtomobillar saroyi uchun v
t
= l
um
/at
x
, km/soat.
Harakat texnik tezligini hisoblashda, yo‘l harakatini tartibga solish bilan
bog‘liq juda qisqa vaqt yo‘lda to‘xtashlar (svetoforli yoki oddiy chorraha, temir yo‘l
shahobchalaridan o‘tish) va shu kabilar harakat vaqtiga qo‘shiladi.
Hozirgi davr avtomobillari yuqori darajali tortish-dinamik sifatlarga ega bo‘lib,
ular miqdori eski modelli avtomobil ko‘rsatkichlaridan ancha yuqorida.
Hozirgi davr har xil yuk ko‘tarish qobiliyatli avtomobillar bir xil yo‘l
sharoitlarida taxminan o‘zaro teng tezlik bilan harakatlanadilar. Shuni hisobga olib
shahardan tashqaridagi yo‘llardagi harakat tezliklari і,іі va іііguruhli yo‘llarda ular
yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan qat’iy nazar bir xil me’yorda belgilanadi.
Shahar
ichi yo‘llarining to‘shamasi (qoplamasi)dan qat’iy nazar yuk avtomobillari uchun
hisobiy harakat tezligi: yuk ko‘tarish qobiliyatlari 7 t (sisternalarda 6t) gacha qadar -
25 km/soat; yuk ko‘tarish qobiliyati 7 t va undan ortiq bo‘lsa - 24 km/soat
me’yorlanadi. Katta shaharlar chegarasidan 10 km tashqaridagi yo‘llarda ham
yuqoridagi hisobiy me’yor qo‘llaniladi. Kichik shahar va aholi ko‘p yashovchi
joylarda esa faqat ular chegarasi ichidagina aytilgan hisobiy me’yor qo‘llaniladi.
Ekspluatatsion tezlik (v
e
) miqdori transport vositasining butun ish davomida
umumiy bosib o‘tgan masofasini (l) o‘sha davr (ishdagi) vaqti (tm soatda) ga nisbati
qilib aniqlanadi:
Bir avtomobil uchun v
e
= l/t
ish
, km/soat
Avtomobillar saroyi uchun v
e
= l
um
/at
ish
, km/soat
Yuqoridagiga ko‘ra avtomobilning ishda bo‘lgan vaqti quyidagi tenglama bilan
aniqlanadi:
T
ish
= l/v
e
, soat[38]
471
Formulalardan ko‘rinib turibdiki, ekspluatatsiya tezligi aniq yo‘l sharoitidagi
harakat texnik tezligi, ayni ish bo‘g‘inida o‘rtacha yukli qatnov masofasi, yo‘ldan
samarali foydalanish koeffitsienti va transport vositasining marshrutda to‘xtab turish
vaqtlariga bog‘liq ekan.
Ekspluatatsion tezlik harakat tezligidan (taxminan 10-30% ga) kam bo‘ladi.
Ekspluatatsion tezlikmiqdoriga tashish masofasi katta ta’sir etadi. Bu masofa
qanchalik kichik bo‘lsa, avtomobilning marshrutdagi vaqti (t
m
) ga to‘g‘ri keluvchi
yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish va tushirish hamda marshrut nihoyasida to‘xtab
turishi yoki yuk ortish-tushirish operatsiyalarida to‘xtab turishiga to‘g‘ri keluvchi
vaqt ulushi ko‘p bo‘lishi hisobiga, ekspluatatsion tezlik shunchalik kichik bo‘ladi.
Demak, tashish masofasi katta, ayniqsa viloyatlararo (shaharlararo) tashishlarda
ekspluatatsion tezlik shahar ichi tashishlarga nisbatan ancha katta bo‘ladi, uning
miqdori harakat tezligiga yaqinlashib keladi.
Yuk tashishda ekspluatatsion tezlik darajasi oshishi yoki kamayishi bosib
o‘tilgan yo‘ldan samarali foydalanish koeffitsienti miqdoriga qarab o‘zgaradi. Ayni
koeffitsientni yuqori bo‘lishi, yukli qatnovlarni ko‘pligiga bog‘liq bo‘lib, transport
vositasining ortish-tushirish operatsiyalari ko‘p bo‘lishi bilan bog‘liq ekspluatatsion
tezligi kamayadi. Bundagi kamayish salbiy hol emas, chunki ekspluatatsiya tezligi
kamaygani bilan, tashilgan yuk hajmi ko‘payadi. Shuning uchun ekspluatatsiya
tezligini baholashda, transport vositasini ishlash aniq sharoitlari hisobga olinib, ular
unumdorligi hisoblanishi zarur.
Ekspluatatsiya tezligini oshirish uchun yuk ortish-tushirish ishlariga
belgilangan vaqt me’yorlarini qisqartirish, unumsiz turib qolish sabablarini
o‘rganilib, ularni yo‘qotish yoki kamaytirish, harakat texnik tezligini oshirish zarur.
Bunday ishlar ko‘pincha tashishdagi tashkilotchilikka bog‘liq.
Avtomobillarning eng katta cheklangan tezligi deb yo‘l harakati qoidalariga
ruxsat berilgan tezlik tushuniladi. Bunday tezlikni cheklanishi harakat xavfsizligi va
muntazamligi bilan bog‘liq. Uning miqdoriga harakat jadalligigi, yo‘l va iqlim (ob-
havo) sharoitlari ta’sir etadi.
Nazorat savollari:
1. Avtotransport saroyi deganda nimani tushunasiz?
2. Avtosaroy quvvati qanday aniqlanadi?
3. Avtosaroy tarkibi deganda nimani tushunasiz?
4. Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsientlari nechta turga bo‘linadi?
5. Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffientini oshirish uchun qanday
tadbirlar qo‘llash mumkin?
|