737
48-mavzu:Sanoat transporti va sanoat yo‘llarini tashishyutuqlari va
rivojlanish muammolari
Reja
1.
Sanoat transporti tavsifi va texnika vositalari
2.
Sanoat korxonalari yuklariini tashish
3.
Sanoat transportining o‘ziga xos texnik-iqtisodiy
xususiyatlari
Mujassamlangan “sanoat transporti” tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq
xo‘jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy foydalanilmaydigan
transport vositalarini anglatadi.
Sanoat transporti joylashishi va vazifalariga ko‘ra,
tashqi va korxona ichi
transportiga bo‘linadi.
Tashqi sanoat transporti vositalari korxonaga keltiriladigan xomashyo, yarim
fabrikat, yonilg‘i va boshqa turli xil buyumlarni umumfoydalaniladigan magistral
transportidan korxonaichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo‘shagan vagonlarni
magistral transport yo‘llarigacha tashish bilan shug‘ullanadi.
Korxona ichi
sanoat transporti xom ashyo, yarim fabrikatlar, turli xil detallar,
yonilg‘i va boshqa buyumlarni omborlardan sexlarga, sexlararo va sex ichida, tayyor
buyumlarni esa sexlardan omborlarga tashish bilan shug‘ullannadi.
Sanoat transporti texnika jihozlari bo‘yicha har xil bo‘lishi temir yo‘l,
avtomobil, suv, quvur orqali yuborgich (truboprovod) va maxsus transport (monorels,
osma kanat va hakozo)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari, unga sexlar ichi, sexlararo ishlovchi turli konveyer va transportyorlar, elektr
yoki avtomobil quvvati bilan ishlovchi yuk karalari va boshqalar kirishi mumkin.
Tashqi sanoat transporti, asosan, temir yo‘l va avtomobil transportlaridan
iboratdir. Suv yo‘llari yoqasidagi korxo-nalar suv
transporti vositalaridan
foydalanadi, o‘z suv kemalari, bekatlari bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi yuklarni
hamda ayrim turdagi yuklarni tashishda korxona va sexlar ichi-dagi temir yo‘l
shoxobchalari va vositalaridan foydalaniladi.
Hozir sanoat tashqi transporti va sexlararo yuk tashish ishlarining 95 foizidan
ko‘pi temir yo‘l va avtomobil transporti yordamida bajarilmoqda. 2000 yilda
O‘zbekiston
Respublikasida sanoat, qurilish korxonalari ichidagi temir yo‘l
shoxobchalarining umumiy uzunligi 2,1 ming kilometr edi. Bu ko‘rsatkich
umumfoydalanadigan magistral temiryo‘l uzunligiga yaqinlashib boradi. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat ichi temir yo‘l shaxobchalari ko‘rsatgichi 2000 yilga
kelib 1995 yilga nisbatan 1100 km ga kamaygan. Bu degan so‘z 1100 km sanoat ichi
temir yo‘l transporti shaxobchalari vaqtinchalik konservatsiyaga o‘tgan. Bu hol esa
ayni temir yo‘l shaxobchalari egalarining iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etadi. Shuning
uchun ham ayni masalani temir yo‘l
shaxobchasi, mulk egalari bilan birga ularning
yuqori pog‘onadagi hissadorlik uyushmalari hamda joylardagi hokimiyatlar
738
sinchiqlab o‘rganishlari va temir yo‘l shaxobchalari ishini qaytadan tiklab, joylardagi
mulkdorlar iqtisodiyoti yaxshilanishiga ko‘maklashishlari zarur.
Sanoat korxonalari temir yo‘l shahobchalariga qarashli transport vositalarining
yarmidan ko‘pi elektrovoz va teplo-vozlardan iborat.
Ko‘pchilik konlarning ochiq usulda qazib chiqarish erlarida sanoat transporti
sifatida elektrovoz yo‘llardan tashqari ishlovchi ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobil –
samosvallardan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi sanoat transportida ishlatila-yotgan temir yo‘l
lokomotivlarining texnika ko‘rsatkichlari 28-jadvalda berilgan.
Sanoat temir yo‘l transportida
ishlatiladigan vagonlar, asosan, magistral temir
yo‘l transportidagi vagonlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning uchdan bir qismi
kichik bortli ochiq platformalardan, to‘rdan bir qismi dumkarlar (har bir o‘qiga
dvigatel o‘rnatilgan va yukni o‘zi ag‘darib tushiradigan vagonlar)dan, beshdan bir
qismi
yarim vagonlardan, o‘n foizga yaqini sisternalardan va qolganlari boshqa
turdagi vagonlardan iboratdir.
Ochiq usulda ishlanadigan tog‘ konlarining chuqur joylarida ishlash uchun
ko‘tarish qobiliyati 70–170t bo‘lgan yaponiyaning “kamatsu”, germaniyaning “tr-60
tereks”, ”amerika qo‘shma
Dostları ilə paylaş: