O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə28/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

4. Bozor iqtisodi sharoitida qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini shakllantirish, ularning bozori, texnika taraqqiyotini joriy etish, ulardan samarali foydalanish
Turli hildagi mahsulotlarni talab darajasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni agrotehnik muddatlarda, sifatli qilib bajarish uchun kerak bo‘lgan turlardagi moddiy-tehnika vositalari talab darajasida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korhonaning o‘zi katta e’tibor berishi kerak. CHunki korhonalar mustaqil faoliyat yuritadilar.
Qishloq xo‘jalik korhonalari moddiy-texnika resurslari bazasini mustahkamlashda samarali yo‘llardan, usullardan foydalanishlari, kamroq xarajat qilib, ko‘proq foyda olishga intilishlari kerak. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda ayrim salbiy holatlar sodir bo‘lmoqda. Ma’lumki, markazdan ma’muriy usulda rejali boshqarilgan iqtisodiyot sharoitida barcha moddiy-texnika resurslari sovxozlarga, kolxozlarga asosan markazlashtirilgan holda byutjetdan ajratilgan mablag‘ hisobidan berilgan.
1-chizma
Qishloq xo‘jaligidagi ayrim moddiy-texnika resurslari bozori

Traktor zavodi






Ularning qiymatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari: soliqlar, subsidiya, dotatsiya va boshqa mexanizmlar yordamida undirib olingan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu masala asosan xo‘jaliklarning hamda chetdan jalb etilgan mablag‘lari evaziga amalga oshirilmoqda. Lekin xo‘jaliklarning mablag‘lari esa etmaydi. Sababi – bir tomondan, sanoat mahsulotlarining bahosi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholaridan juda katta farq qilmoqda, ya’ni ular o‘rtasidagi ekvivalentlikka rioya etilayotgani yo‘q, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jalik korhonalari sotayotgan mahsulotlarining haqini o‘z vaqtida ololmayotirlar, uchinchidan esa tarmoqqa etarli miqdorda investitsiya sarflanayotgani yo‘q. Bunday holatga chek qo‘yish uchun respublika hukumati tomonidan sezilarli yordam berilmoqda. Bu yordam, investitsiya, kredit shakllarida amalga oshirilib, ular hisobidan qishloq xo‘jalik korhonalarining modiy-texnika resurslari shakllantirilmoqda.


Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari bo‘yicha, tarmoqda traktorlarning, kombaynlarning, yuk mashinalarining umumiy soni so‘ngi yillarda kamayib bormoqda.
Mavjud bo‘lgan traktorlarning umumiy soni kamayishi bilan birgalikda ularning ishlatshga tayyorligi ham shu yillar davomida pasayib brogan. Agarda barcha traktorlarning ishga tayyorlik darajasi 1996-yilda 72% bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilda 1.5foizga pasayib 70.9foizni , 2008-yilda esa 2.1foizga pasayib 70.5 foizni tashkil etgan. Demak mavjud bo‘lgan barcha traktorlarning salkam 30%ishga yaroqsiz holda. Bunday hol so‘zsiz yetishtirilayotgan mahsulotlar tannarhini oshishiga, mehnat unumdorligini pasayishiga ta’sir etadi. Traktorlarning ishga tayyor emasligiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda:
1-dan ularga zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining yetarli emasligi;
2-dan texnikalarni tamirlovchi ustahonalarning kamligi hamda ularni to‘liq jihozlanmaganligi;
3-dan traktorlarni tamirlovchi malakali tajribali mutahasislarning kamligi;
4-dan tamirlash uchun mablag‘ni yetarli emasligi va boshqalar.
Lekin yuqoridagilarga asoslangan holda qishloq xo‘jaligidagi mashina, traktorlar, mexanizmlarning soni faqatgina kamayishga yuz tutgan, deb xulosa chiqarish unchalik to‘g‘ri bulmaydi. Chunki xo‘jaliklar bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni tanlash imkoniyatlariga ega. Shuning uchun so‘ngi yillarda fan-texnika taraqqiyoti natijasida baquvvat, serunum, samarali texnikalarni ma’lum miqdorda sotib olmoqdalar. Chunonchi, «T-28x4», «Magnum» traktorlarini, «Keys» kombaynlarini va boshqa moddiy-tehnika resurslarini fermer va boshqa xo‘jaliklar sotib olmoqdalar. Lekin yangi texnikalarni sotib olish imkoniyatlari fermer va oila tamorqa xo‘jaliklarida cheklangan. Bunga eng asosiy sabab deb, ularning sotish narhlarini yuqoriligidir. Masalan, fermer 1996-yilda bitta MTZ-80 rusumli traktorni 5.7tonna pahta xom-ashyosini sotishdan tushgan pulga sotib olgan bo‘lsa, 2008-yilda esa shu rusumli traktorni sotib olish uchun 79tonna pahta xom ashyosini sotishi kerak. Ya’ni 13.6 marta xom-ashyoni ko‘p sotishi kerak. Huddi shu rusumli traktorni sotib olish uchun 1996-yil 38.3 tonna bug‘doy sotishi kerak edi, 2008-yilda esa 188.1tonna sotishi zarur. YA’ni 4.9marta ko‘proq bug‘doy sotishi kerak. SHunday hajmda pahta, bug‘doy yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari soni ancha kam. Fermer xo‘jaliklarida texnikalarni sotib olishda davlat katta yordam ko‘rsatmoqda. Masalan qishloq xo‘jalik texnikalarini banklarning lizing krediti hisobidan amalga oshirish keng joriy etilgan. Fermer xo‘jaliklari chet el yangi texnikalarini hamda tehnalogiyalarini ko‘rgazmalarda tuzilgan shartnomalar asosida sotib olsalar, ular bojhona to‘lovlaridan ozod etiladi.
2-chizma

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin