8
qilish asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo’lgan
intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi. Bu jarayonda
olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida
ahamiyatga ega.
Bugungi kunda ko’plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy
masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy
g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar
qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki
ilmiy- tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga
ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ilmiy
-tadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga
amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining
ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul
qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi
lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida
namoyon bo’ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va
unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. SHu nuqtai nazardan
ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish,
uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi.
Ushbu qo’llanmada fanning rivojlanish bosqichlariga ta’rif berish bilan bir
qatorda ilmiy tadqiqotni tizimli amalga oshirishning usul va vositalari haqida fikrlar
bayon etilgan. Ulardan yosh tadqiqotchilar o’z ilmiy faoliyatlarida foydalanishiga
umid qilamiz.
Magistr uchun ilmiy tadqiqot malakalari dissertatsiya tadqiqotini yuritish va
muayyan lavozimlarda yuqori malakali ishlarni bajarish uchun zarur, deb faraz
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: