17
jarayonida gipotezalarning to’g’riligi, ziddiyatsizligi bir necha karra sinovdan
o’tkaziladi. Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to’g’riligini tasdiqlaydi
yoki gipoteza haqqoniy ilmiy nazariyaga aylanganini ko’rsatadi. Bu ilmiy ijodning
tantanasi, chinakam ilmiy kashfiyotdir. Ilmiy ijodda teran, mazmunli gipoteza
ilmiy bilimning o’sishi, fanda prognoz va bashorat qilish, ilmiy qonunni kashf
etish
va nazariya yaratish uchun pishiq poydevor bo’lib xizmat qiladi”
8
. Bu fikrdan
ma’lum bo’ladiki, gipoteza asosida inson bilimsizlikdan bilimga, nomukammal va
nohaqqoniy bilimdan mukammal va haqqoniy bilimga, dalillarni o’rganishdan
ob’ektiv mavjudlikning ichki mantig’ini bilishga, ilmiy nazariyani shakllantirishga,
bir nazariyadan bilimning yuqori darajasidagi boshqa nazariyaga o’tish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Leybnits: “Agar gipoteza quyidagi uch shartni
qanoatlantirsa, u asosli bo’ladi: birinchidan – u sodda bo’lsa; ikkinchidan – ko’p
sonli hodisalarni tushuntirsa; uchinchidan – yangi hodisalarni bashorat qilishga
yordam bersa”
9
, - deb ta’kidlaydi. Mazkur uchta shartning
oxirgisi aynan ilmiy-
ijodiy faoliyatda namoyon bo’luvchi gipotezaning mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Nazariya - bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas,
balki unga faol ta’sir etib aqliy asosda o’zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy
g’oyalar to’plamidir. Ilmiy bilishda nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu
turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq
qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o’tgan
tizimi sifatida ham talqin etiladi. U o’rganilayotgan hodisalarning mazmunini
yorituvchi tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining
kashf etilishi natijasida
shakllanadi. Nazariya tarkibiga uning asoslari sifatida mavjud bo’lgan va yuzaga
kelishini belgilagan barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya’ni
jamuljam holda tadqiqot ob’ekti haqida umumiy tasavvurni, ob’ektning ideal
modelini tashkil etuvchi ko’p sonli tamoyillar, aksiomalar, qonunlar nazariyaning
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model ayni vaqtda asosiy nazariy
tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.
Hozirgi kunda sub’ektning faolligiga hech kim shubha qilmaydi.
Chunki
turli-tuman nazariyalarning hammasi insonning mehnat mahsulidir. Ilmiy-ijodiy
izlanishlarda nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish
kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Jumladan, nazariya
ilmiy dalillar tizimini
tartibga soladi, ularni o’z tarkibiga kiritadi va o’zini tashkil etuvchi qonunlar va
tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. Puxta ishlab chiqilgan
nazariya fanga ma’lum bo’lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo’lib
xizmat qiladi, ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo’l ko’rsatadi.
8
Qarang:Saifnazarov I., Nikitchenko G. V., Qosimov B. O’quv qo’llanmasi – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004.
9
Qarang: Lebnits G.V.Sochinaniya v 4-x t.T. 1. М, 1982. S. 16.
18
Nazariyada ilmiy g’oyalar, ya’ni unda aks ettirilgan ob’ektlar turkumi doirasida
amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o’rinni
egallaydi. Ilmiy g’oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar,
tamoyillar va
tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi. Odatda sabablarni
aniqlash o’rganilayotgan ob’ektning mohiyatini ochish bilan bog’liqdir.
Nazariyaning vazifasi sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdan
iborat.
Ilmiy nazariyani shakllantirishda unda foydalaniladigan atamalarni aniqlash
muhim. Aniqlash protseduralari ikki asosiy vazifani bajaradi: 1) mavjud
nazariyaga yangi atamalarni kiritish; 2) biror atamani uni boshqa atamalar
vositasida tavsiflash orqali ma’nosini namoyon qilish. Shunga mos ravishda ikki
kompleks masala yuzaga keladi: atamalar kiritishga oid masalalar va atamalarning
boshqa atamalar orqali aniqlanishiga oid masalalar. Shunday ham bo’lishi
mumkinki, nazariyaning biror atamasi «ortiqcha»lik qiladi.
Bunda bu atamaga
tegishli tushunchani qolgan tushunchalar orqali ifodalash mumkin. Boshqacha so’z
bilan aytganda, nazariyani boshqa atamalar orqali aniqlanmaydigan atamalar sonini
kamaytirish yo’li bilan soddalashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: