Tayanch so’zlar Pedagogik tadqiqot, improvizatsiya,pedagogik ijod, ilmiy
tadqiqot, paradigma, gipoteza, nazariya, intuitsiya, xulosa, metodologiya.
Pedagogik tadqiqot – bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va
topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi – o’zi uchun yangilikni kashf etish,
pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat.
Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog tomonidan qo’llanilmagan
bo’ladi. Bu yerda gap innovatsiya kabi ob’ektiv yangilik haqida emas, balki
sub’ektiv yangilik to’g’risida bormoqda. Shunday bo’lsa-da, eski usul va
vositalardan yangicha sharoitlarda foydalanish ham mumkin. Ikkinchi bosqich –
nafaqat o’zi uchun, balki boshqalar uchun ham yangilikni kashf etish, ya’ni
novatorlikda namoyon bo’ladi. Masalan, pedagogik jarayon uchun samarali
bo’lgan o’qitishning yangi metodini ishlab chiqish bunga misol bo’la oladi.
Pedagogik ijodning xususiy ko’rinishi improvizatsiya hisoblanadi. Pedagogik
improvizatsiya (lotincha imprivisus – kutilmagan, tasodifiy) eng umumiy ma’noda
nimanidir yaratish – kutilmagan pedagogik yechimga kelish va uni o’sha zahotiyoq
amalga oshirishni anglatadi. Improvizatsiya jarayoni to’rt bosqichdan iboratdir:
1) pedagogik jarayonda biron bir kutilmagan fikrga kelish;
2) intuitiv ravishda vujudga kelgan pedagogik g’oyani bir lahzada anglab
olish va uni amalga oshirish yo’llarini tanlash;
3) g’oyani ommaviy tarzda bayon qilish;
4) pedagogik g’oyani amalga oshirish jarayonini zudlik bilan tahlil etish.
Hozirgacha fanda ilmiy-tadqiqot faoliyatni anglashga nisbatan yangi
yondashuvlar shakllanayotganligini alohida ta’kidlash kerak. Chunki ilmiy
hamjamiyatning hozirgi kundagi ilmiy dunyoqarashi yangi sifatiy bosqichga o’tdi.
Ba’zi olimlar bu jarayonni yangi postnoklassik paradigmalar bilan izohlashga
13
harakat qilmoqdalar
1
. Mohiyatan esa, hozirda ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangi
tipologik xususiyatlari shakllanmoqda. Shunga muvofiq ilmiy faoliyatning tadqiqot
ob’ekti ham o’zgarib bormoqda. Ular orasidagi gnoseologik bog’liqlik tobora
epistemologik aloqadorlikka o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Shu sababdan ham
fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilmiy bilimlarni epistemologik jihatdan
sintez qilish g’oyasi ustuvorlik qilmoqda. Ushbu yondashuvning ahamiyatli jihati
shundan iboratki, unda inson o’rganilayotgan ob’ektdan tashqarida emas, balki
uning ichida, bilish jarayonining bir qismi sifatida faoliyat olib boradi. Bunday
yondashuv natijasi o’laroq, biz ilmiy hamjamiyatning haqiqat mohiyatiga yanada
yaqinlashayotganligini anglaymiz. “Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog’liq.
Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko’nikmalari, ilmiy haqiqatning
tagiga yetishga bo’lgan intilishlari ilmiy ijodda o’z aksini topadi”
2
. Shu nuqtai
nazardan, ilmiy ijod faqat ilmiy muammolarning yechimini izlab topishni emas,
balki u dunyoni yangi tamoyillar asosida tushunish, taraqqiyot paradokslarini
noan’anaviy yondashuv asosida tahlil qilish, yangi ilmiy g’oya va gipotezalar
orqali ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqishga shart-sharoit yaratadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning bevosita shaxsiy va jamoaviy bilim hamda
ko’nikmalariga bog’liq. Shu nuqtai nazardan, ilmiy faoliyat insonning bir qancha
tadqiqotlari asosida yig’iladigan shaxsiy yoki jamoaviy intilishining bir
ko’rinishidir. Demak, ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangicha turini shakllantirish
taraqqiyot uchun muhimdir. Zero, ilmiy ijod natijalarini amaliyotga tatbiq etish
orqali jamiyat miqyosida ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda farovonlikni
ta’minlash mumkin. Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning individual
ko’nikmalari, ilmiy izlanishlari, nazariy va amaliy bilimlarining rivojlanishi
natijasida tobora mustahkamlanib boradi. Aynan shuning uchun ham insonning
ijodkorlik qobiliyatida bilim va ruhiy kechinmalarining uyg’unlashganini kuzatish
mumkin. Zero, ilmiy-ijodiy jarayonni hech qachon sun’iy tarzda shakllantirib
bo’lmaydi.
Bugungi kunda yangi ilmiy g’oyalarning insonparvarlik bilan uyg’unlashuvi
fanning muhim talablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham A.A.Koblyakov,
“Odamlar murakkab ilmiy-ijodiy faoliyati natijasida, o’zligini yo’qotish xavfiga,
barqaror hayotdagi bevosita yoki bilvosita bosim ostida kardinal ravishda
o’zgarishiga olib kelmoqda. Bu esa ularning o’z insoniy sifatlarini yo’qotishi bilan
tobora xatarli tus olmoqda. Ayni shu ma’noda, biz ilmiy yutuqlardan samarali
foydalangan holda bir qutbda bir dunyo boylik to’planayotganligini, ikkinchi
qutbda esa qoloqlik, qashshoqlik, kambag’allik, kasalliklar, ocharchilik
1
Qarang: Yatsenko.L.V. Filosofskiye osnovaniya teorii I metodologii tvorchestva / Teoriya i metodologiya
2
Saifnazarov. I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi.O’quv qo’llanmasi-Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2004.
14
hukmronlik qilayotganligini kuzatish mumkin bo’ladi”
3
, - deb yozadi. Darhaqiqat,
bunday ijtimoiy-iqtisodiy tanglik keskin siyosiy kelishmovchiliklar, konfliktlar,
diskriminatsiya, mintaqaviy ziddiyatlar, terrorchilik va boshqa xavf–hatarlarning
oshib borishiga ta’sir ko’rsatishini unutmasligimiz lozim.
Zamonaviy ilmiy tadqiqot konsepsiyalarida inson qanday kuchlar ta’sirida
Dostları ilə paylaş: |