Partiya o„rganlari yoppasiga kollektivlashtirish sharoitida ko„proq dehqonlarni
ishontirish, kolxozlarni ixtiyoriy tashkil qilish o„rniga ma‟muriy-buyruqbozlik bilan
shg„ullana boshladilar. Kolxozlarning mustaqil ish yuritish vazifalarini asta-sekin
partiya xodimlari egallab olib, o‟zlarining doimiy faoliyatiga aylantirdilar. Oqibatda
quyi Sovet organlarining ish faoliyati susaydi va ularning mustaqil harakat yo„llari
to„sib qo„yilishi natijasida kolxoz rahbarlari yuqoridan berilgan buyruq va
ko„rsatmalarni bajaruvchi malaylar darajasiga tushirildi. Ularning o„rniga paxta
mustaqilligiga erishishga xizmat qiladigan partiya va xo„jalik rahbarlarining
ko„pchilik qismini kolxozlarning rahbarlik organlariga tayinlash oddiy bir xolga
aylanib bordi. (bu yerda 25-mingchilar ko„zda tutilayapti. -O.N.).
Kolxozlarning ichki demokratiyasi, ya‟ni o„zini-o„zi boshqarish tayinlab qo„yish
bilan almashtirildi. Demokratik tamoyillarning buzilishi hayotdan mustahkam o„rin
egallay boshladi. Aslini olganda, respublika rahbariyatining bu jarayonni to„xtatishga
qaratilgan intilishlari markaz oldiga to„siq bo„la olmadi. Chunki 1930-yillarda
boshlangan
ma‟muriy-buyruqbozlikning
siyosatining
kuchayishi
kolxoz
rahbarlarining javobgarlik va tashabbuskorliklarini susaytirdi va keng dehqonlar
26
Тошкент ВДА.Ф-86, оп-1,д.6826, 95-варақ.
22
ommasi orasidagi obro„ va ma`suliyatining sezilarli darajada so„nib borishiga olib
keldi.
Vujud sharoit va vaziyat bilan hisoblashmasdan yoppasiga kollektivlashtirish
ketidan quvish susaymadi. Birgina 1930-yilning yanvar-fevral oylarida ommaviy
ravishda kolxozga jalb etishning yanada tezlashuvi, kolxoz qurilishi masalasida
markazdan va joylardan olingan korsatmalarning noaniqligi tufayli yuz berdi.
Tarixchi olima P.Aminovaning ta‟kidlashicha, 1930-yilning bahoridan e‟tiboran
kolxozlarni tashkil etish ko„lami yanada kengaydi. Jumladan, 1930- yil 20-noyabrda
e‟lon qilingan faktlarga ko„ra, 2 oy mobaynida respublikadagi 61 ta tumanda 664
kolxoz tashkil etilgan degan ma‟lumotni keltiradi.
27
Vaholanki, 1930-yil martiga
kelib respublikada kollektivlashtirish darajasi 47,8 % dan 27,5 % ga tushganligi
haqiqatga yaqindir.
28
Bu majburiy kolxozlashtirish jarayoni tumanlarda ko„zbo„yamachiliklar ko„lami
kengayib borishi oqibatidir desak to„g„ri bo„ladi. Masalan, “kolxozmarkaz” ning
ma‟lumotiga ko„ra, Quvada 5, Oltiariqda 4 kolxoz faqat qog„ozda mavjud bo„lganligi
fakti fikrimizning dalili bo„la oladi.
29
Binobarin, kolxozlashtirishda ixtiyoriylik tamoyili buzildi. Uy –joylarning
umumlashtirilishi, chorva mollari, xatto parrandalarning tortib olinishi va
umumlashtirilishi asossiz ravishda yirik kolxozlar tuzish yo„lidagi xatoliklarning
birinchi sababi bo„lsa, ikkinchisi siyosiy qarorlarning bajarilishi zarur va majburiy
qonun qilib qo„yilganligidir. Kezi kelganda aytish kerakki paxta yakkaxokimligini
ta‟minlashga qaratilgan ish uslubi kolxozlar qurilishidagi ayrim kamchiliklar tanqid
ham qilindi.
Masalan, VKP (b) MK O„rta Osiyo markaziy byurosining 1930- yil 24-apreldagi
qarorida: “O„zbekistonning sotsial-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi xilma-xilligini,
ularning markaziy rayonlardan farq qilishini inobatga olmaslik, o„rtahol
dehqonlarning kollektivlashtirishga tayyorgarligiga baho bermaslik va kambag‟al
27
Аминова
Р.Х.Сплошная
коллективизация
сельского
хозяйства
Узбекистана
(1930-1932гг.)-
Т.:Ўзбекистан,1980.-56-ст.
28
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб,-Т.:Шарк,2000.-353 бет.
29
Жамолов О.Б.Социально-экономические предпосилки сплошной коллективизация сельского хозяйство в
Узбекистане.-Т.:Госиздат Уз ССР,1950.-112-ст.
23
dehqonlarning xohish-irodasini hisobga olmaslik, partiya va sovet rahbar xodimlari
qishloqda faol bo„lmaganliklari tufayli ko„pdan-ko„p xatoliklar yuz berdi”,
30
-deb
ta‟kidlanganligi ma‟lum. Ammo amalda dehqon mehnatiga majburiylik tusi berildi va
tub aholining “jamoa” dan bezishi shu tariqa boshlandi.
O„zbekistonda ommaviy kollektivlashtirishni amalga oshirishdagi qing„irliklar
uchun butun ayb mahalliy xodimlarga to„nkaldi. Chunonchi VKP (b) MKning 1930-
yil 25-fevraldagi qarorida “O„zbekistonning ba‟zi bir va Shimoliy Kavkazning tog„li
tumanlarida kollektivlashtirish noma`qul yo`llar va usullar bilan olib borildi deyiladi.
Natijada 1930-yil 26-fevralda O„z KP (b) MK ijroiya byurosining shoshilinch
yig„ilishida O„zbekistonda kollektivlashtirishni o„tkazish davrida yo„l qo„yilgan
xatolarni to„g„irlash to`g`risida” qaror qabul qilinadi.
31
Ushbu qarorda respublikada
kolxoz tuzish davrida yo„l qo„yilgan kamchiliklarning sabablari ochib tashlandi va
ularni tuzatishga yo„l tutildi. Ba‟zi rayonlarda kollektivlashtirishga kambag„al va
o„rtahol dehqonlarning tayyor emasligi, shuningdek kolxozlarni tashkil qilishda har
bir tumanning jo`g„rofiy sharoiti va sotsial-iqtisodiy ahvoli hisobga olinmaganligi
qayd etildi.
Shunga qaramasdan, kolxoz qurilishi Farg„ona okrugida ham, boshqa
okruglarda bo„lgani kabi , siyosiy xatoliklar natijasi ekanligiga bo„lib o„tgan voqealar
shoxidlik beradi. Farg„ona okrugida kolxoz tuzumi afzalliklari hamda mohiyatini
tushuntirish yaxshi yo„lga qo„yilmaganligini ta`kidlovchi hujjatlarni tahlil qilaylik.
Birgina Bag„dod tumandagi Chuvalin qishloq sovetiga kolxoz tuzish masalasida
rayondan borgan vakil Muxammadjonov o„z xizmat vazifasini suiste`mol qilgan
holda, beshta yirik qishloqdan iborat kolxoz tuzishga kirishadi. Muxammadjonov
kolxozlarning ijobiy mohiyatini ochib berish o„rniga dehqonlarga shunday deydi:
“Kim agar kolxozga kirsa, dumba yog„ini yeydi, kim kirishni xoxlamasa, qizil
qalampir yeydi”.
32
Kolxoz va uning tub mohiyati masalasiga yengiltaklik bilan qarash, shubhasiz
keng dehqonlar ommasida tabiiy norozilik, isyonkorlik tuyg„ularining avj olishiga
30
Узбекистанская правда.1930.24 апреля.
31
Ўз РМДА Ф-90,оп-1,д.1218,27-варақ.
32
Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,1-варақ.
24
sabab bo„ldi. Kolxozlashtirishga qattiqqo„llik bilan ish yuritish orqali erishish
mumkin, degan siyosiy xulosa tufayli kolxozlar qurilishidan noroziliklar ko„lami
ko„paydi xolos. Masalan, 1939-yil 4-mart kuni Muhammadjonov rahbarligidagi
vakillar Xitoy qishlog„iga kelib, chorvaning umumiy bahosini hisoblay boshladilar.
Shu payt 15 dan ortiq kishi norozilik bildirib, vakillardan ikkitasini do„pposladi.
Qishloq sovetining raisi qochib ulgurdi. Ikki vakilni esa dehqonlar savaladilar.
Shundan keyin voqea avj olib, Bag„dod qishlog„ida 500-600 kishi to„plandi va tashkil
etilgan kolxozning umumiy ro„yxatini yoqib yubordilar. Qo„lga olingan ikki vakildan
ro`yxatlar tortib olindi va vakillar qishloqqa kolxoz tuzish uchun qaytib kelmaslikka
va‟da berganliklaridan keyingina qo`yib yuborildi.
33
Misollarni davom ettirish mumkin. Masalan, Bag„dod tumandagi ilk Madamin
qishloq sovetidan kelgan vakillar aholi chorvasini baholayotgan vaqtda 25 chog„liq
odam yig„ildi va komissiya raisi hamda kelgan vakillarning qishloqdan chiqib
ketishini talab qildilar. Shuningdek, ularni kollektivlashtirish masalasi bilan boshqa
kelmasliklarini ta‟kidladilar.
Ko„rinadiki, kolxoz ustavining asl mohiyatini bilmaslik hamda ustavdagi
noaniqliklar tufayli xato-kamchiliklar ko„lami kengaygan. Birgina Xo‟ja qishlog„ida
kollektivlashtirish majburiy asosda 100 % amalga oshirildi. Komissiya qishloq
shaxsiy xo„jaliklaridagi chorvaning umumiy bahosini belgilayotgan paytda 600 ga
yaqin dehqonlar yig„ildilar va kolxozni tarqatib yuborishni talab qildilar. Shuningdek,
Qaynar qishlog„i va uning atrofidan kolxoz tuzishga qarshi 1,5 ming dehqon yig„ilib,
kolxozga yozilgan dehqonlarning ro„yxatini yo„q qilishni , tortib olingan yerlarni
qaytarishni talab qilib, bir ovozdan kolxozda qolishdan bosh tortdilar. Qudash
tumandagi Katta yangilik Shunqor Qari devona, Oqtepa, Oqmachit, Imom Hayit
qishloqlaridagi ko„tarilishlar ham keskin bo„ldi.
34
Katta yangilik qishloq sovetida
1930-yil 6-mart kuni 200 ga yaqin dehqon oilasi kolxoz markaziga norozilik yurishi
uyushtirdi.
33
Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,4-варақ.
34
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,6-варақ.
25
Kolxoz qurilishi davridagi xato-kamchiliklarni rahbarlar faqat “tahlil” qilganlar
xolos. Zarur choralar ko„rish to„g„risida fikr ham yuritmaganlar, desak bo„ladi.
Farg„ona tumanda yoppasiga kollektivlashtirishning borishini aniqlash maqsadida
okrugdan Boltayev va RKP (b) ning O„rta Osiyo bo„yicha vakili D.Manjara
yo„llangan. Ularga kolxoz tuzishni tezlashtirish va paxta planini bajarish, shuningdek,
bahorgi ekish ishlarini ko„rib chiqish yuklangan edi. Biroq, ular yo„l qo„yilayotgan
nuqsonlarga, arizalarga befarq munosabatda bo„ldilar. Masalan, Qumqishloq sovetida
dehqonlar hamma qamab qo„yilganlarni ozod etishni va yeridan mahrum
bo„lganlarning yerlarini qaytarishni talab qildilar. Shirkat xo„jaligidan olingan
qishloq xo„jalik asboblarini qaytarib olib kelib topshirdilar.
1
Lekin bu haqli talablar
ijro etilmadi. Chunki kolxoz tuzish haqidagi ko„rsatmalar albatta bajarilishi bundan
keyin ham zo„ravonlik bilan olib borilishi ko„zda tutilgan edi.
Bundan tashqari, amaldagi kolxoz ustavi xayotga abstrakt yondashgan holda
ishlab chiqilgan bo„lib, dehqonlarning ichki imkoniyati, psixologiyasi, geografik
muhit va xususiy mulkka munosabati deyarli hisobga olinmagan edi. Kolxoz ustavlari
joylarga o„z vaqtida yetib kelmadi yoki mohiyati yetarli tushuntirib berilmadi.
Natijada birgina Bag„dod tumanda 1930-yilning 16-fevralidan 5 martigacha 47 ta
kolxozdan faqat 11 tasi qoldi, xolos.
35
Qo„ng„irot qishlog„ida okrugdan kelgan vakil
Po„latov ishtirokida yig„ilish o„tkazilib unda kambag„al dehqonlar: “Ilg„or quloq
xo`jaliklarini tiklash, ularni birlashtirish, ishlab chiqarish shirkatini tashkil qilish
kerak, chunki davlatga asosiy paxtani shu xo„jaliklar beradi” deganlar. Ular vakilga
murojaat qilib: “Sovet hokimyati 13 yildirki, quloqlarga hech narsa bergani yo„q”
deganlar. Dehqonlarning bu fikrini vakil O„rtoq Po„latov eshitishni ham xohlamadi.
Natijada yig„ilish tarqab ketdi. (Bu yerda o„rtahol dehqonlar haqida so„z borayapti –
O.N.).
Kolxoz tuzumi davrida xalqqa nisbatan siyosiy nayranglarni ishga solishdan
ham qaytmadilar. Masalan, 1930-yil 22-fevralda O„zKP (b) Farg‟ona okrug qo„mitasi
yig„ilishining bayoniga ko„ra, Qo`qon tumanga qarashli birgina “Qizil musht”
qishlog„ida o„rtahol dehqonlarning kolxozga a‟zo qilib olinmaganligining asosiy
35
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,7-варақ.
26
sababi – ular o„z yerlarida yaxshi ishlaganligi xamda ro„za tutib, machitga
qatnaganligidir, deb baxona qilinadi.
36
Boltayevning ushbu yig„ilishda eshitilgan
hisobotidan aniq bo`lishicha
37
, kollektivlashtirish rejasi qabul qilingandan keyin
rahbarlar o„z kabinetlarida o„tirib buyruq berishda o„zaro musobaqani avj oldirishni
maqsad qilib qo„yganlar. Keng jamoatchilikning xohish-irodasi xisobga olinmagan.
Natijada, bir joyda xlopkotavarniy kolxozlar, boshqa joyda esa birdaniga
kollektivlashtirishning eng yuqori formasi – artellarni joriy etish ishlari olib
borilganligi, joylarga yuborilgan mas‟ul xodimlarning tajribasizligi tufayli
boshlangan ishlar ham yaxshi natija bermadi. Masalan, Bag„dod tuman rahbarlariga
rayonda
kolxoz
tuzishning
eng
oddiy
formasidan
foydalangan
holda,
kollektivlashtirishni 75 % ga yetkazish yuklangan. Biroq imkoniyatga qarab harakat
qilinmaganligi dehqonlar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan.
38
Oqibatda siyosiy
rahbarlar "soxta tashviqotni" tahlil qilib ham ko„rdilar, masalan O„zKP (b) MK
Farg„ona ijro qo„mitaning mas'ul xodimi Lepnaning: “qishloqlarga yuborilgan
vakillarning ko„p qismini vaqt borida chaqirib olish kerak, chunki ular qishloq uchun
yoki kollektivlashtirish uchun hech qanday foyda berayotgani yo„q”, degan so„zlari
ham hujjatlarda mavjud. Ammo bunday fikr-xulosalar majburiy tus olgan davlat
buyurtmalari oldida “ojiz” fikrlar edi, xolos. Chunonchi , soxta kollektivlashtirishga
erishish maqsadida jismoniy tayziqdan tortib dehqonlarni yashab turgan joylaridan
majburiy kochirishgacha borib yetgan. Masalan, Farg„ona tuman mas'ul xodimi
Bo„ribekov “faoliyati” ni olaylik . U Farg„ona tumandagi kolxozlardan birida
odamlarning kolxozga kirishini tezlashtirish uchun 400 dehqonni yoniga qorovul
qo„yib, katta ko„chaga haydaydi. Ularga: charchasalaring, albatta kolxozga kiramiz,
deb aytasizlar, aytmasalaring quvishni davom ettiramiz", deydi. Norozilik bildirgan
dehqonlarni 20 chaqirimgacha quvib boradilar. Bo„ribekov Mozor qishlog„ida: “Agar
kolxozga kirmasalaring yerlaringni tortib olamiz”, deydi.
39
Qishloqlarga vakil bo„lib
borgan ba'zi xodimlar dehqonlarga hatto ko„k choy berishni ham ta`qiqlab qo„yadilar.
36
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,8-варақ.
37
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,13-варақ.
38
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,13-варақ.
39
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,15-варақ.
27
Okrugdagi ko„p rayonlar, jumladan Pop, Bag„dod rayonlarida vakillar mol-mulkning
hammasini topshirishni talab etdilar. Bu esa dehqonlarning noroziligiga olib keldi.
Ehtimol, bu kamchilillar kolxoz tuzumi va uning mohiyatini tushunib yetmaslik
oqibatida sodir bo„lgandir. Ma'lumki, dehqon kayfiyati, dunyoqarashi hamda har bor
hudud aholisining o„z psixologiyasi bo„ladi. Agar kolxoz tuzish, mulkni zo„ravonlik
bilan umumlashtirish yo„li bilan emas, balki tadbirkorlik va ixtiyoriylik asosida olib
borilganida kolxoz tuzumi va uning istiqboli, iqtisodiy rivojlanishi boshqacha bo„lishi
mumkin edi. Ammo respublikaning aksariyat okruglarida kolxozga majburiy kiritish
keng quloch yoydi. Farg„ona okrugi Bag„dod tumanidagi qishloqlardan birida
bo„lgan F.Xo„jayevga dehqonlar aytgan quyidagi gaplar bunga misol bo„la oladi.
“Biz o„n kishi yig„ildik”- deydi dehqon. – “Bizni ro„yxatga olmoqchi bo„ldilar. Lekin
biz unamadik. Chunki kolxozning afzalliklarini ko„rganimiz yo„q. Shunda oramizdan
bittamizni ushlab qolib, qolganlarning familiyasi va mol-mulkini so„rab oldilar.
Shundan keyin biz majburiy ravishda kolxozga yozilganmiz”.
40
Keyingi voqealar
shuni dalillaydiki, ko‟rsatmalar, takliflar ma'lum guruh uchun aytilgan “eslatma”
rolini o„ynagan. Rishton tumaniga vakil bo„lib kelgan Boltayev rayon rahbarlaridan:
“Yoppasiga kollektivlashtirish uchun iqtisodiy va siyosiy imkoniyat bormi?”- deb
so„raganda, bunday imkoniyat faqat 40% ni tashkil etishini ma`lum qiladilar. Shunga
qaramay, rayon rahbarlari yoppasiga kollektivlashtirishni asossiz ravishda
tezlashtirdilar. Natijada, dehqonlarning noroziliklari va xatto kolxozdan chiqish
hollari yuz beradi.
41
Siyosiy ahvol murakkablashgan bir paytda F.Xo„jayev O„zKP (b) Farg„ona
okrugi ijroiya qo„mitasining 1930-yil 22-fevral kuni bo„lib o„tgan yig„ilishida
shunday deydi: “Respublikamizda kollektivlashtirish plani uncha ko„p hajmda emas,
balki 30% qilib belgilandi. Buni markaziy komitetga qishloq xo„jaligi masalasi bilan
shug„ullangan o„rtoq Boltayev yaxshi biladi. Ushbu planni qabul qilganimizdan so„ng
MK to„satdan respublika bo„yicha kollektivlashtirishni 44% qilib belgiladi. Qayerdan
kelib qoldi 44% li plan? Nahotki, ushbu raqamni Karimov yoki Leppa va boshqalar
40
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,16-варақ.
41
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,10-варақ.
28
o„ylab topgan bo„lsa? Bizga har kuni telegramma kela boshladiki, qishloqlardagi
kambag„al dehqonlar kolxoz tuzumini talab qilgan emish. Oxir-oqibatda biz,
Markaziy komitetdagilar kollektivlashtirishga qarshi turmoqdamiz, degan fikr kelib
chiqdi”. “Menimcha - deydi F.Xo„jayev, - Markaziy Komitet uzoqni ko„radigan
bo„lib, okruglardan kelayotgan ma'lumotlarga asoslanganida edi, O„zbekiston
bo„yicha 100% kollektivlashtirishni qabul qilishi mumkin edi”. Lekin, Markaziy
Komitet shunday qilmadi. Sababi-bunga imkoniyat yo`qligi, buning hammaga
ma‟lumligi edi. Kollektivlashtirishni yuqori ko`rsatkichlar bilan olib borish uchun
yetarli sotsial-iqtisodiy shart-sharoit yetilmaganligi uchun shunday bo„ldi.
Markazning respublikamiz hukumatiga tazyiq o`tkazishining kuchayishi, “quloq
qilish” yo„lining faol tus olishi, yakkahol dehqonlarga nisbatan ma'muriy-iqtisodiy
siquvning qattiqlashuvi ularning kolxozlarga majburiy ravishda jalb qilish sur'atlarini
jiddiy ravishda oshirishga yordam berdi. Oqibatda, O„zbekiston monokulturaga
asoslangan rayonga aylanib qoldi. Undan chiqish imkoniyati uzoq vaqtgacha
bo„lmadi. Sababi-region jo„g„rofiy jihatdan moslashgan hudud deb tahmin qilindi va
shunga yarasha ishlar amalga oshirildi. Dastlab kollektivlashtirishni ma'lum darajada
imkoniyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirishga harakat qilindi. Masalan,
Toshkent okrugida kollektivlashtirish o‟rtacha 18% qilib belgilandi. Arxiv
hujjatlarining guvohligiga ko„ra, Markaziy Komitetning ruxsatisiz Toshkent okrugi
rahbariyati okrugni yoppasiga kollektivlashtirilgan okrug deb e'lon qildi va uni 1930-
yil kuzida tugatishni zimmasiga oldi. Toshkent va boshqa okruglarga nisbatan
iqtisodiy tomondan aytarli imkoniyatga ega bo„lmagan, shuningdek, jo„g„rofiy
jihatdan ham ko„proq chorvachilikka ixtisoslashgan bu okrugda kollektivlashtirishni
tezlashtirishning hech qanday imkoniyati yo„qligi ma'lum edi.
Bu o„rinda xalqimizning atoqli farzandi, taniqli partiya va davlat arbobi Fayzulla
Xo„jayevning Farg„ona ta‟ssurotlarini davom ettirish o„rinlidir. "Bag„dod tumandagi
qishloqlardan biriga borganimizda, deb eslaydi F. Хojayev, - dehqonlar avvalboshida
bizning kimligimizni bilmadilar. Keyin dehqonlar biz bilan suhbatlashdilar. Kolxoz
tuzumi va uning afzalliklari to„g„risida ularga tushuntirishishlari olib borilmagan.
Shuningdek, Sovet xokimiyati ularga nima berganligi deyarli aytilmagan. Biz ularga
29
“Sizlarda kolxoz bormi” deb murojaat qilganimizda, “bor” deb javob qaytarishdi.
“O„n besh kishi yozilgan qolganlarimiz kutib turibmiz, qani kolxoz nima berar ekan?
Agar yaxshi bo„lsa, biz ham kiramiz” - deyishdi. “Sizlarga kolxoz tuzumi xaqida
tushuntirish olib borilmadimi”-deganimizda, dehqonlardan biri shunday javob qildi:
“Bizdan hamma narsamizni olib umumlashtirar ekanlar, biz esa batrak holiga kelar
ekanmiz. Agar qanaqa qilinsa, biz sizlarning uylaringni yo„q qilamiz va vokzaldan
hammalaringga yotoqxona beramiz. Sizlarda nima bo„lsa, hammasi davlat ixtiyoriga
o„tkaziladi”- deydilar. “Demak, hech qanday tushuntirish ishlari olib borilmaganligi
ko„rinib turibdi”. Yuqoridan kelgan, lekin vaziyatga qarab belgilangan ko„rsatmalarni
joylarda sun'iy ravishda buzish hollari yana boshlandi.
Masalan, 1930-yil yanvar oyida Farg„ona tumanda 8% kollektiv xo„jalik mavjud
dedi. Okrug rahbarlari fevral oyida uni 40% qilib ko„rsatdilar. Mart oyiga kelib bu
ko„rsatkich 100% ga olib kelindi.
42
Boshqa rayonlarda bo„lgani kabi bu yerda ham
ixtiyoriylik tamoyili buzilganligini ko‟rishimiz mumkin. Bag„dod, Chust, Pop va
boshqa rayonlarda ko„rsatkichni 100% ga yetkazishga harakat qilingan.
Kollektivlashtirishni fevral oyining 20 sanasida tugatish ko`zda tutilgan. Aslida
bunday ko„rsatkichga erishish to„g„risida yuqoridan yo‟llangan biron-bir direktiv
hujjat mavjud emas.
Yuqori tashkilot rahbarlariga yaxshi ko„rinish uchun kim o„zaro kolxoz uzish
musobaqasi davom etdi va og„ir oqibatlarga olib keldi. Ma'naviy hayotni ma'muriy
buyruqbozlik egallaganiga yana bir misol. “Biz qanday bo„lmasin, dehqonlarning
kolxozga kirishini ixtiyoriylik tamoyili asosida ta'minlashimiz kerak degan edi -
F.Xo„jayev. Sababi bahorgi ekinishlari yaqinlashmoqda, bizga yuklatilgan paxta
planini bajarishimiz, xamda bu yil 18 mln put paxta tolasiga ega bo„lish uchun
kurashish kerak” edi.
43
Ma'lum bo„ladiki, Markaziy Komitetdagilar kollektivlashtirishning borishini har
qancha nazorat qilmasinlar, ularning asosiy diqqat-e'tibori paxta mustaqilligi uchun
kurashga qaratilganligi oshkor bo„lmoqda. Rahbarlar ko„p yillik tajribadan to„g„ri
42
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,20-варақ.
43
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,21-варақ.
30
xulosa chiqarib olmaganliklari, o„z fikrlarini erkin, oshkora ayta olish imkoniyatiga
ega bo„lmaganliklari oshkor bo`ladi. Partiya xodimlari bu davrda yuqoridan kelgan
ko„rsatmalar asosida ish tutayotganliklari har qadamda kuzatiladi. Eng achinarlisi
shundaki, yuqoridan yuborilgan rahbarlarning aksariyati mahalliy millat tilini, urf-
odatlarini bilmasligi hamma damlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Va nihoyat, kolxoz
tuzishda ixtiyoriylik tamoyili buzilishi tufayli xalq noroziligi kuchaya bordi. Masalan,
Bag„dod tuman markazida 1000-1500 kishi “Bizga kolxozning keragi yo„q” degan
shiorlar ostida norozilik bildirdilar. Mirshablar bilan to„qnashuvda dehqonlardan uch
kishi, bitta mirshab, bitta vakil halok bo„lgan.
44
Afsuski, xalqning sabr-toqati to„lib
toshsa ham, kollektivlashtirish o„z yo„lida avvalgiday qo„shib yozishlar va
zo„ravonlikka asoslangan holda davom etdi. 1930-yil boshida Farg„ona okrug
komiteti (o„rtoq Boltayevga) O„zKP (b) MK va BKP (b) MK O„rta Osiyo bo„limi
byurosining qarori yuborilgan. Ushbu qarorda partiya rahbarlarining aybi bilan
kolxozlarda dehqonlarni ko„chirib yuborish va qamab qo„yish, ularni o„z shaxsiy
yeridan ajratish, suv ta'minotini to„xtatish, oziq-ovqat berishni to„xtatish kabi
voqealar jamoalashtirishdagi zo„ravonlik siyosati bilan tanqid qilingan. 1930-yil 17-
martda Farg„ona okrugiga Markazdan maxsus xat ham yuborilgan. Unda aytilishicha,
bahorgi ekin ishlarining boshlanishi munosabati bilan qamalganlarni ozod qilish,
o„rtahol dehqonlarning va kambag„allarning paxta solig„ini to„lamaganligi
munosabati bilan jinoiy javobgarlikka tortish ishini vaqtincha to‟xtatish to„g„risida
ko„rsatma berilgan.
45
1930-yil 20-mart kuni Markazdan okrug partiya komitetiga xat
yo„llashib, unda artel ustaviga xilof ravishda qator xatoliklarga yo„l qo„yilganligi
aytilgan. Jumladan, shaxsiy xo„jaliklardagi parranda, sigir va mayda chorva turlarini
hamda shaxsiy tomorqa uchastkalarini tortib olmaslik, umumlashtirmaslik va eng
asosiysi savdo uchun zarur bo„lgan bozorlarni yopib qo„ymaslik ta'kidlangan.
Ammo berilgan (siyosiy-O. N.) ko„rsatmalarn amalga oshmaganligi sababli
dehqonlarning kolxoz tuzumiga qarshi harakati to„xtamadi. Masalan, Quva,
Shahrixon, Asaka, Bag‟dod, Chust, Pop rayonlarida, Marg„ilonda dehqonlarning
44
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,49-варақ.
45
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,54-варақ.
31
ko„tarilishlari bo„lib o„tdi. Oqibatda, kolxozni tark etish ommaviy tus oldi. Masalan,
Marg„ilon tumanda 1930-yil 20-mart ma'lumotiga ko„ra, kollektivlashtirilgan
xo„jaliklar ( ular rayondagi jami xo„jaliklarning 50% ni tashkil qiladi ) dan 10 foizi
qolganligi ma'lum. Farg„ona okrugi bo„yicha 1930-yil 17-martdan 22-martgacha,
ya'ni bir hafta ichida kollektiv xo„jaliklar soni quyidagicha kamayishi kuzatiladi ( foiz
hisobida ):
46
1930- yil 17-mart
1930-yil 22-mart
Qo„qon
82%
65%
Chust, Pop
48%
37%
Bog„dod
12%
12%
Quva
80%
80%
Rishton
24%
Ma‟lumot yo„q
-
Qudash
9%
9%
Buvayda
15%
15%
Beshariq
11%
Ma‟lumot yo„q
-
Marg„ilon
50%
10%
Oltiariq
48%
25%
Farg„ona
62%
25%
Dostları ilə paylaş: |