O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix14.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#155522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


37 
1.3. Qishloq xo‘jaligining moddiy texnikaviy ahvoli

Ommaviy kollektivlashtirish davrida qishloq xo„jaligining moddiy-texnika 
bazasini yaratish yo„lida ayrim ishlar qilingani ma‟lum. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan 
kam rivojlangan mintaqa hisoblangan respublikamiz qishloq xo„jaligida paxtachilikni 
va respublikamizda tashkil topgan xo„jaliklarni texnika bilan ta‟minlash yo„lidagi 
dastlabki qadam (1929-yil Asaka tumanida MTSlarning tashkil qilish bilan) 
tashlandi. 1929-yilning oxiriga kelib respublikamizda jami 1093ta kollektiv xo„jalik 
texnika bilan ta‟minlangan.
52
Ammo MTSlarning ish faoliyati asosan kolxozlarga 
faqat bahorgi ekin ishlarida (paxtachilikda – O.N.) yordam berish bilan cheklanib 
qoldi. 1930-yilning o„zida 26427 gektari yangi yer qishloq xo„jaligi oborotiga 
qo„shilgan bo„lib, shundan 20113 gektari paxta ekiladigan maydonlarni tashkil etgan.
Demak, asosiy e‟tibor paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan edi. Paxtachilikni 
rivojlantirish markazning asosiy e‟tiborida bo„lganini tasdiqlovchi qarorlarga 
murojaat etaylik. BKP (b) Mkning 1930-yil 10-sentyabrdagi “Mashina–traktor 
stansiyalarning qurilishi va boshqaradigan traktorlar hamkorligida barcha ishlar 
davlat ixtiyoriga o„tkazilgan
53
va MTSlarni siyosiy qarorlarni so„zsiz bajaruvchi 
tashkilotga aylantirish shu tariqa boshlandi. Shu bois, respublikamizda markazning 
xohish-irodasiga mos bo„lgan yangi qishloq xo„jaligini moddiy texnika bazasini 
yaxshilash maqsadida 1930-yilning 30-sentyabrida O„rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi 
(СредАзЭКОСО Среднеазиатский Экономической Совет) prezidiumining 1930-
31-yillarida MTSlar qurilishi va traktor ishi vazifalari to„g„risidagi qaroriga ko„ra
1
respublikamizda 1930-31-yillarda 48 rayonda 39 ta yangi MTSlar tashkil qilish va 
tashkil etilgan MTSlar faqat paxtachilikni rivojlantirishga xizmat qilishi lozimligi 
hujjatda alohida qayd qilingan. 
Bundan tashqari kolxozlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va 
MTSlarning ish unumdorligini oshirish ko„p hollarda irrigatsiya ishlarida 
yaxshilashga ham bog„liqligi hisobga olinib, bu ishlarga 234,9 ming mablag„ 
ajratilgan va paxta ekin maydonlarning hajmi shu yillar oralig„ida 246,ming gektarga 
52
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Тошкент; Шарк,2000.-
357-бет. 
53
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1,53 йиғма жилд,4-варақ. 


38 
oshgan. Umuman, 1933-yilga kelib paxta respublikamizda tayyorlab beriladigan 
qishloq xo„jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5% ini tashkil etgan
5
. Oqibatda 
respublikamizda don mahsulotlarining yetishmasligi, ocharchiligining vujudga 
kelishiga shu tariqa zamin tayyorlanganligi xususida voqealarni tahlil qilish orqali 
ma‟lum xulosalar chiqarishga harakat qilmoqchimiz. 
Yoppasiga kollektivlashtirish davridagi asosiy salbiy oqibatlar kolxoz qurilishi 
dushmanlarining (o„rta hol dehqon xo„jaliklari nazarda tutilmoqda –O.N) aybi bilan 
yuzaga kelgan, degan umumiy xulosa chiqarish bilan kifoyalanish fanda uzoq vaqt 
tantana qilib kelgani ma‟lum. Lekin bu xulosa umumiy ahvolni oydinlashtirishga 
ojizlik qiladi. Buning uchun qishloq xo„jaligining moddiy-texnika bazasini yaxshilash 
manbalari va faktlarini tahlil qilish lozim. Arxiv hujjatlaridagi raqamlarga murojaat 
etsak, bu borada ayrim chalkashliklar mavjudligini aytib o„tish joizdir. Masalan, 
MTSlar uchun to„rt turdagi (fordzon, Interatsional, Forion, Putilovets ) traktorlardan 
6000 tasi keltirildi, degan ma‟lumot mavjud.
54
Yana bir ma‟lumotda esa 1930-yili 
5176 ta traktor keltirilgan, degan ma‟lumot ham haqiqatga yaqin emas
55
. Vaholanki 
1930-yili respublikamizda bor-yog„I 180 ta traktor keltirilgan haqiqatga yaqinroq.
56
Bu hujjatlarni tahlil qilishda aniqlandi. Shuningdek, “Узбекистанская правда” 
(1932-yil 7-noyabr) gazetasida ham notog„ri raqam berilgan bo„lib, respublikamizda 
827 tadan ortiq MTSlar tashkil etilgan, degan ma‟lumotga haqli e‟tiroz bildirib 
aytamizki, respublikamizda 1937-yilda MTSlar soni 163ta bo„lganligi ma‟lum. 
Yuqoridagidek noto„g„ri ma‟lumotlar berilishining bosh sabablaridan biri 
mafkuraviy siyosatga xizmat qiluvchi soxta qarorlardir. Masalan, paxta 
mustaqilligiga erishish yo„lida VKN (b) Mknng 1929-yil 18-iyuldagi qaroriga ko„ra, 
birinchi besh yillikda respublikamizga 15 mingga yaqin traktor keltirishi vazifasi 
qo„yilgan.
Markaz qarorini bajarish borasida 1924-yilning 10-dekabrida Toshkentda O„rta 
Osiyoda yagona “Transmarkazi” ochildi, 1930-yilning kuzida 246ta , keying yili 
54
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 26 йиғма жилд,6-варақ. 
55
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 56 йиғма жилд,189-варақ. 
56
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 26 йиғма жилд,7-варақ. 


39 
3918 ta traktorlar keltirilib, ularning umumiy sonini 5176 taga yetkazishga qaror 
qilindi. 
Ammo tahlil shuni isbotlaydiki, respublikamizda keltirilgan Traktorlarning 
umumiy miqdori masalasida noaniqliklar mavjud. Har holda 1930-yilda keltirilgan 
traktorlarning umumiy soni 298 –180 oralig„ida bo„lgan, deyish mumkin. Berilgan 
boshqa raqamlarning to„liq tasdig„ini topmadik. 
Kezi kelganda aytib o„tish lozimki, tarixchi olimlar Aminova R.H.Ibragimova 
A.Yu., Jamolov O.B.
57
va boshqalar ning yuqorida berilgan faktlar ijobiy hol, degan 
xulosalar bilan cheklanib qolganliklari haqiqatga yaqin emasligi ayondir.
Shuningdek, MTSlar faoliyatining muhim jihatlaridan biri ularning moddiy-
texnika bazasini yaxshilash borasidagi ishlar ham yuqoridagi olimlarning asarlarida 
aytilganidek unumli bo„lmagani ma‟lum. 
Masalan, birgina 1930-yili MTSlar uchun zarur 400 vagon yog„och materiallari 
o„rniga bor-yog„i 90 vagon yoki 23 vagon sement o„rniga 9 vagon keltirilishi fikrimiz 
dalilidir. Yoqilg„i mahsulotlari bilan yomon ta‟minlash ham MTS faoliyatiga o„z 
salbiy ta‟sirini o„tkazgan. Masalan, Farg„ona okrugida har bir xo„jalikdagi 2 
traktordan biri yoqilg„i bo„lmaganligi tufayli ishlamay turganligi to„g„risida 
ma‟lumot mavjudligi aniqlandi. 
Natijada, to„planib qolgan muammolarni hal etishda bir yoqlama tomonlama 
harakat qilish, kamchiliklarga e‟tibor bermaslik, har bir mintaqaning tabiiy sharoiti, 
joylardagi ichki muhit, odamlar psixologiyasi bilan ishlash deyarli ma‟muriy 
buyruqbozlik bilan almashtirilishi tufayli qishloq xo„jaligining moddiy-texnika 
bazasini bunyod etishda ko„plab xato-kamchiliklar yuz berdiki, biz ularni alohida-
alohida qarab chiqib, masalaning yaxlit manzarasini topishga harakat qildik va yo„l 
qo„yilgan xato-kamchiliklarning respublikamiz miqyosidagi ko„lamini tahlil etib 
chiqishni maqsad qildik. Chunki qishloq xo„jaligining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash miqyosidagi ko„lamini tahlil etib chiqishni maqsad qildik. Chunki 
qishloq xo„jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davrida ma‟muriy 
buyruqbozlik va noteng shartnomalar, MTS bilan kolxozlar o„rtasidagi aloqalarning 
57
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 56 йиғма жилд,189-варақ. 


40 
tashkil etish davridagi xato-kamchiliklarning hammasi kolxoz tuzumi davrida salbiy 
iz qoldirdi. Bundan tashqari, kollektivlashtirish, ayniqsa yoppasiga kurash davrida 
o„zaro 
chalkashliklar 
oqibatida 
kolxozlarning 
moddiy-texnika 
bazasi 
mustahkamlanishi uchun zarur shart-sharoitlar bo„lgan emas, bu davrda chiqarilgan 
qarorlar va yo„llanmalar joylarda to„g„ri qabul qilinmagan. Eng asosiysi, 
kolxozlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash vazifasi ko„zlagan maqsadiga 
erisha olmadi. Bugina emas, mazkur siyosat kolxozlarning iqtisodiy taraqqiyotiga 
ayrim hollarda zarar yetkazish darajasiga borganligini ko„rishimiz mumkin. MTSlar 
faoliyati ko„proq ichki imkoniyatlar evaziga emas, balki chaqiruv asosida kelgan 
xodimlar faoliyati bilan bog„liq bo„lganligi, xalqning diniy urf-odatlar hamda MTS 
xodimlari bilan oddiy kolxozchilar o„rtasida o„zaro muloqot qilish sust borganligi, 
mahalliy xalqning fikr-mulohazalari inobatga olinmasligi tufayli MTSlar ko„zlangan 
maqsadga erisha olgan emas.
Respublikaga qishloq xo„jalik texnikasini keltirishdan tashqari bu mashina - 
uskunalarga texnik xizmat ko„rsatish va yetarli shart-sharoitlar yaratib berish ham 
muhim masalalardan biri bo„lib qoldi. Texnik xizmat ko„rsatuvchi korxonalar yetarli 
emasligi, o„z ishini puxta biladigan ishchi-mexaniklarning yetishmasligi noqulay 
qishloq sharoiti vaziyatini og„irlashtirardi. Shuning uchun 1929-yilning 10-dekabrida 
Toshkentda O„rta Osiyo yagona “Traktor markazi” ochildi. Bu markaz 1930-yil 
kuzida 246 traktor olishi mo„ljallangan edi. Keyingi yil esa 3918 traktor olish 
rejalashtirildi. Shuningdek, 31 ta MTSlar ochilishi mo„ljallandi. Traktorlar sonini 
5176 taga yetkazishga qaror qilindi.
58
Umuman, O„zbekistonda mavjud MTSlar ish faoliyatini tahlil qilib chiqadigan 
bo„lsak, quyidagi holatni ko„rishimiz mumkin. Asaka tumaniga borgan 
tekshiruvchilar aniqlagan ma'lumotlarga ko„ra, 1930-yil 2-fevraldan 5-fevralgacha 
bo„lgan vaqt mobaynida rayondagi MTSlar ish- faoliyatini quyidagicha bo„lgan: 
“MTS” da hammasi bo„lib Fordzon tipidagi 132 ta traktor mavjud bo„lib, “ATD” 
markali pluglar soni - 50 ta, “VDU” markali 35 ta, “Oliver” markali 17 ta; ushbu 
traktorlardan 19 tasi Quva tumandagi MTSga , 10 tasi Shahrixon MTSga yuborilgan . 
58
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 56 йиғма жилд,189-варақ. 


41 
Ammo MTS ish-faoliyatida kamchilik va nuqsonlar mavjud bo„lib, ekish ishlari 
arafasida 40 traktor ta'mirga muhtoj holda hamda 22 ta traktor ta'mirlanayotgan 
bo„lib, ishga yaroqli 18 ta traktor borligi aktda qayd etilgan.
59
Shahrixon MTSga 
yuborilgan 10 ta traktorning birontasi ham ishlatilgan emas. Ushbu faktlar 1931-yil 6-
aprelidagi aktda qayd qilingan. Shahrixon tumanning umumiy yer maydoni 28927 
gektar bo„lib, shundan 14135 gektari sug„oriladigan yerlar hisoblanardi. Texnikaning 
nosozligi tufayli yerlarni haydash asosan qo„sh - omoch hisobiga bajarildi. Jumladan, 
jami ishchi hayvon turlari 4957 bosh bo„lib, shulardan 2985 tasi ot, 1972 tasi hokiz 
edi. Asosiy ekin ishlari ana shu chorvalar yordamida bajarildi.
60
Shu rayondagi 
Kalinin nomidagi kolxozda 1930-yil ekish kompaniyasi arafasida kolxozda bironta 
ham ot qolmaganligi to„g„risida qishloq xo„jaligi boshqarmasinimg instruktori 
Kostetskiy tomonidan hujjatda qayd qilingan. Umuman, 1930-yil respublikada MTS 
lar yordamida 192375 gektar paxta maydonining 73425 gektarini haydash ko„zda 
tutilgandi. Qolgan 6750 gektarini esa ishchi hayvonlar yordamida haydash 
mo„ljallangandi. Ammo bu rejani bajarishning iloji bo„lmagan. Sababi- texnikani 
boshqaruvchi kadrlar tayyorlash, xodimlarga shart-sharoit yaratib berish va nihoyat 
ehtiyot qismlar yetishmasligi. Bu faktning to„g„riligini O„zKP (b) MK kotibi 
Lepponing O„zSSR XKS raisi F.Xo„jayevga yo„llagan maktubi ham tasdiqlaydi. 
Unda aytilishicha, Mirzacho„l tumanda sug„oriladigan va lalmikor yerlarni qo„shib 
hisoblaganda 22767 gektar yer mavjudligi, ammo 1931-yil 15-fevralgacha yer 
haydash topshirig„i 5 foizga va lalmikor joylarda 35 foizga bajarilganligi, bu esa 
rayon bo„yicha 10 foizni tashkil etishi qayd qilingan.
61
MTSlar bilan xo„jaliklar o„rtasida tuzilgan shartnomalar og„ir va noteng edi. 
Masalan, “Traktor markazi” qarori bilan yangi ochilgan har bir gektar yer uchun 
kolxoz MTSga avval 15-16 so„m, keyinchalik 32 so„mdan to„lashi lozim edi. MTS 
xizmat ko„rsatayotga kolxozlarning iqtisodiy qudrati bir xilda emas edi. MTS 
ma'muriyatiga har doim ham mahalliy sharoit, kolxoz mexnatkashlari bilan hisob-
kitob qilish hamda ularning fikrlarini eshitishni xohlamasliklari oqibatida qishloq 
59
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 231 йиғма жилд,5-варақ. 
60
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 301 йиғма жилд,45-варақ. 
61
ЎзР МДА Ф-837,рўйхат 9, 443 йиғма жилд,18-варақ. 


42 
xo„jaligini iqtisodiy jihatdan qayta qurish o„z maqsadiga erishish yo„lida ko„plab 
muammolarga duch keldi.
Shuningdek, joylarga yuborilgan mutaxassislar yerli aholi tilini bilmasliklari 
ko„p anglashinmovchiliklar keltirib chiqardi. Agronomlar tub joy xalq tili bilan tanish 
bo„lmaganliklari tufayli dehqonlarga yangi texnikani qanday ishlatish lozimligini 
tushuntirib bera olmasliklari oqibatida MTSlar faoliyati sust bo„ldi. Bu davrda MTS 
bilan kolxozlar o„rtasida mahalliy sharoitga to„g„ri kelmaydigan havoyi shartnomalar 
tuzilgan. Masalan, O„rta Osiyo paxtakorlari bilan Moskva, Pvanovo va Leningrad 
to„qimachilari sotsialistik musobaqasi shartnomasi loyihasining 6- bo„limida: 
“Paxtachilikni ko„paytirish uchun don ekinlariga yaroqli yerlar xajmini qisqartirish”, 
hamda shartnomaning 13-bo„limida “sovxozlarda shudgor qilish, paxta ekish
yumshatish, terimni mexanizatsiyalashni 100 foiz amalga oshirish” ko„zda tutilgan. 
Ammo shartnomada ko„rsatilgan takliflar bilan kolxozlardagi haqiqiy vaziyat mos 
emas edi. Respublikaga kelgan, tarixda “25- mingchilar” nomi bilan yuritiladigan 
xodimlar oldiga bitta vazifa, u ham bolsa-paxta maydonlarini kengaytirish va hamma 
turdagi ishlab chiqarishni umumlashtirish vazifasi qo„yilgan bo„lib, shartnoma va 
takliflar mahalliy axoli hamda ma'muriy-buyruqbozlik izmiga tushib qolayotgan 
xodimlar uchun yo„llanma edi, xolos.
Aytish kerakki, “25-mingchilar” qatorida O„zbekistonda qishloq xo„jaligini jadal 
rivojlantirish uchun kelgan ishchilar o„z vazifasini mas'uliyat bilan bajarmagan. 
Vaziyatni o„z vaqtida anglab yetmaganlar. Masalan, Andijon tumandagi MTS 
direktori Baronin hamda direktor o„rinbosari Simson xalqning g„azabini keltirdilar. 
Ular dala ishlari qiyinchiliklari, deb masjidni yopib qo„ydilar. Ikkinchidan, o„zlari 
ichkilikbozlikga berilib ketdilar va mansablarini suiste'mol qila boshladilar. Natijada, 
xalq kolxozni tugatishni talab qildi. Xatto ahvol qurolli to„qnashuvgacha borib 
yetdi.
62
Ushbu noxush voqea 1931-yili 13-iyunda yana avj oldi va butun Qo„qon 
qishloq aholisi MTSga qarab yurdi. Natijada, MTS binosini to„liq vayron qilish xavfi 
paydo bo„ldi. Rahbar xodimlar aralashuvi bilan masala ijobiy hal etildi. Simson 
qamoqqa olindi. Simsonning mahalliy aholi bilan mushtlashgani va xalqni 
62
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 56 йиғма жилд,293-варақ. 


43 
haqoratlagani to„g„risida ma'lumotlar mavjud. Bunday xolat o„lkada millatchilik 
urug„ini sepishdan boshqa narsa emas edi.
Qishloq xo„jalik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davrida “yangi 
o„qituvchi-o„rgatuvchi”
63
larning respublikaga kelishi xalqning kayfiyatiga mos 
kelmagan. Shuningdek, bu o„qituvchilarning dehqonlarning an'anaviy turmush-tarzini 
o„zgartirmoqchi bo„lishi milliy kamsitish hissining paydo bo„lishiga olib keldi. Sabab 
nimada?
“Kolxozmarkaz”ning arxiv hujjatlarida aytiladiki, O„zbekistonga kelgan 25-
mingchilarning 433 nafari partiya xodimi bo„lib, qishloq xo„jaligi bilan tanish emas 
edilar. Shunga qaramasdan 139 partiya xodimi kolxoz raxbarligiga, 57 kishi rayon 
tashkilotlariga raxbarlikka qo„yildi.
64
Ularning faoliyati ko„proq MTSlar bilan 
bog„langan bo„lib, ularning zimmasiga har qanday yo„l bilan bo„lsa ham paxta 
mustaqilligiga erishishni ta'minlash yuklatilgan edi, xolos.
Qishloq xo„jaligi murakkab soha bo„lib, ko„p bilim va tajriba talab qilishi tufayli 
O„zbekistonga kelgan 279 nafar 25-mingchilardan faqat 170 kishigina kolxozlarda 
ishlab qoldi. Qolganlari o„z ish o„rinlarini o„zgartirishga majbur bo„ldilar. Moddiy 
texnika bazasini yaxshilash yerga mehr qo„yganlar tomonidan amalga oshirilishi 
lozimligi dolzarb muammo bo„lib, siyosiy qarorlar bu masalaga to„g„ri yondashishga 
imkoniyat bermadi.
Yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlovchi hujjatlardan biri shuki, 1930-yil Yangiyo„l 
tumanda bo„lib o„tgan paxtakorlarning syezdida tuman rahbarlaridan Navro„zboyev 
so„zga chiqib, shunday deydi: “Kolxozlarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash 
traktorchilarga, ayniqsa mahalliy kishilarga ko„proq e'tibor berish kerak”. 
Shuningdek syezdda “Kambag„allar uyushmasining raisi Nazarovning ta'kidlashicha, 
siyosiy ko„rsatmalarni bajarish maqsadida traktor bilan haydalgan yerlar kamligi va 
talab darajasida emasligi, qo„shib yozishlar bo„layotganligi qayd qilindi”.
65
Kolxozlarning ko„pgina qismida bolalarning ta'lim olishi uchun maktab yo„qligi, 
borlari ham e'tiborsizlik tufayli talab darajasida emasligi, shuning uchun savodli 
63
« Фан ва турмуш».1992.2-сон.10-бет. 
64
ЎзР МДА Ф-212,рўйхат 1, 56 йиғма жилд,296-варақ. 
65
Тошкент ВДА.Ф-182,рўйхат 1,798 йиғма жилд,6-варақ. 


44 
kishilar kamligi, bu esa kolxoz tuzumi jonlanishiga xalaqit bergani muhim omillardan 
bo„lgan.
Demak, kolxoz tuzumini mustahkamlash, ayniqsa uning moddiy-texnika 
bazasini yaxshilash, birinchi navbatda kadrlar tayyorgarligiga vobasta ekani ayon 
bo„ldi. Shuning uchun qishloq xo„jaligi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, 
ko„proq ishni tashkil qilish va olib borishga bog„liq edi. Xullas, kolxozlarni iqtisodiy 
jihatdan mustahkamlash muhim vazifalardan biri ekanligiga ham e'tibor berildi. Bu 
davrda respublika qishloq xo„jaligi moddiy-texnika jihatidan yetarlicha mustahkam 
bo„lmagan, albatta. Bu xol hatto hukumat qarorlarida qayd qilingan. Masalan, VKP 
(b)MK O„rta Osiyo byurosining 1932-yil 7-iyundagi “MTS larning ishlab chiqarish 
uchastkalaridagi ish-faoliyati” to„g„risidagi qarorini taxlil qilsak, MTSlar o„z 
faoliyatlarini yaxshi yo„lga qo„ymaganliklari, hosildorlikni oshirish tadbirlarini ishlab 
chiqmaganliklari, MTS rahbariyati ko„p xollarda buyruqbozlikdan nariga 
o„tmaganliklari, kolxozchi dehqonlarning taklif va mulohazalari inobatga 
olinmaganligi sababli MTSlar har doim ham o„zlari ko„zlagan maqsadlarga erisha 
olmaganliklari ma'lum bo„ladi. Shuningdek, 1932-yil 31-yanvarida O„rta Osiyo 
byurosining “MTSlar ishi to„g„risida” gi majlisida ko„pgina rayonlarda MTSlarga 
aniq rejali raxbarlikning yo„qligi sababli ko„pgina agroxodimlar o„z uchastkalaridagi 
ishlab chiqarish vazifasi bilan shug„ullanmasdan, xisob-kitob va devonxona ishlari 
bilan shug„ullanib, ko„p vaqtlarini shu ishlarga sarf qilganliklari ma'lum bo„ladi.
66
Bu 
davrda MTSlar mablag„ini asossiz o„marish, bekorga sarf qilishlar yuz berdi. Xatto 
MTS agronomlari o„z yer uchastkalarini aniq bilmasliklari oddiy bir xolga aylanib 
borgan. Buni isbotlash uchun hujjatlar yetarlidir. Masalan, VKP(b) MK 1931 yil 
yanvaridagi qarorida¹ “Traktor markazi” partiya tashkilotlarining rahbarlari ko„p 
hollarda o‟zining ishlariga nomigagina munosabatda bo„lib, MTSlar uchun kadrlar 
tayyorlash, hamda ishning bir me'yorda ketishini ta'minlashda xatoliklarga yo„l 
qo„yganlar. Masalan, partiya xodimlariga kolxoz tuzumi uchun, ayniqsa MTSlar 
uchun yangi ishchi kadrlarni iloji boricha kolxozchilarning ichidan tayyorlash 
66
Аминова Р.Х.тах остида.Сплошная коллетивизация сельского хозяйства в Узбекистане (1930-32гг.)-
Т.,Узбекистан,1980.172-174ст. 


45 
masalasi ham dolzarb ekanligi rahbar xodimlarga ko„p marta uqtirilgan va hukumat 
siyosiy qarorlarida o„z aksini topgan edi.
Oqibatda, MTSlarning ish faoliyati ko„ngildagidek tashkil qilinmagan va 
qishloq xo„jaligida va umuman dehqonchilikka oid bo„lgan ishlar reja asosida olib 
borilmadi hamda belgilangan rejalar haqiqatdan ancha yiroq bo„lib, ish bilan so„z 
o„rtasida uzilishlar borligi, shuningdek, mintaqaning geografik shart-sharoiti yaxshi 
o„rganilmaganligi, o„zlaricha “donolik” qilib mahalliy xalq bilan hisob-kitob 
qilmaslik, uni mensimaslik, xatto haqorat qilish darajasidagi voqealar tufayli MTSlar 
oldiga qo„yilgan siyosiy qaror va ko„rsatmalarni bajarish, umuman qishloq xo„jaligi 
rivojlanishiga salbiy ta'sir o„tkazdi. 1932-yili respublikada 2809 traktor mavjud edi, 
deyish o„rinli emas, deb o„ylaymiz.
Va nihoyat, respublikamiz miqyosida yuqoridagi raqamlarga tayangan xolda, 
qishloq xo„jaligi moddiy-texnika bazasi yetarli bo„lgan hamda dehqonlar va 
dehqonlar mehnatini yengillashtirgan. Mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot 
turlarining ko„payishiga yordam bergan bo„lishi kerak edi. Hamda kolxoz 
qurilishining ( chorva bilan - O.N.) intensiv rivojlanishi soxta kollektivlashtirish 
davrida qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalashdan o„zib ketganligini ko„rib chiqdik. 
Birgina 1933-yilga kelib, qishloq xo„jalik ishlarining 3/4 qismidan ko„prog„i hali ham 
mahalliy primitiv mexnat qurollari hamda ish hayvonlari yordamida bajarilib, 
paxtachilik sohasida ham dehqonlar mehnatining ko„p qismi qo„l kuchiga tayangan 
holda olib borilgan. Masalan, O„zbekiston bo„yicha 1931-yil 21-iyul ma'lumotiga 
ko„ra boshoqli don ekinlari maydoni 331196 gektarni tashkil etgan bo„lib, shundan 
texnik yordamida 87050 gektari, ish hayvonlari yordamida 88619 gektari qo„l kuchi 
bilan 1555527 gektaridagi don mahsulotlari yig„ishtirib olingan.
67
Yuqorida MTSlar 
faoliyatidagi xato-kamchiliklarning oldini olish uchun markazning qishloq xo„jaligiga 
siyosiy rahbarligini mustahkamlash zarur degan qarorga kelindi. Shaxsan Stalinning 
taklifi bilan kolxoz qurilishidagi kamchiliklarining oldini olish va jamoa 
xo„jaliklariga yordam berish, jamoa xo„jaliklarini “quloqlardan”, ichki 
dushmanlardan tozalash, tashkiliy xo„jalik munosabatlarini mustaxkamlash 
67
Аминова Р.Х. Возвращаясь к истории колективизации в Узбекистане.- Т.: Фан, 1995. 8 ст 


46 
maqsadida MTSlar va sovxozlar qoshida siyosiy bo„limlar tashkil etish to„g„risida 
qaror qabul qilindi.
MTSlarning siyosiy bo„limlari kolxozlarni “mustaxkamlash” ning samarali 
vositasi bo„lib, ular 1933-1934-yillarda partiyaning qishloqdagi favqulotda organi 
sifatida faoliyat ko„rsatdilar. Lekin paxta hosildorligi hamda MTSlar ro„lini soxta 
raqamlar bilanoshirib ko„rsatish avj olib, paxta yakkaxokimligi jadal sur'atlar bilan 
ta'minlandi. 1930-33-yillardagi ocharchilik paxta yakkahokimligining bevosita 
oqibati ekanligi uzoq vaqt aytilmadi.
Oldinlari MTSlar qishloq xo„jaligi uchun texnika markazi bo„lgan bo„lsa, endi 
ular xo„jalikning siyosiy tashkilotchilari va dehqonlar o„rtasida, kommuna va 
artellarda siyosiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va eng asosiy vazifa (hosildorlikni 
oshirish- O.N.) uchun kurash yo„lini tanlaganliklari ayon bo„ladi.
Sovet hukumati qishloq xo„jaligini jamoalashtirish maqsadida bir qancha 
tadbirlar ko„rdi. Yangi tashkil etilgan jamoa xo„jaliklarini yakka dehqon 
xo„jaliklaridan ustun qilib ko„rsatish maqsadida ularni kuchli texnika bilan ta'minlash 
uchun MTS MOSlar tuzildi. Asl maqsad esa MTSlarni ommaviy jamoalashtirish 
siyosatini amalga oshirish quroliga aylantirish bo„ldi. Stalinning taklifi bilan VKP(b) 
MK va MNKning 1933 yil yanvarida bo„lib o„tgan qo„shma plenumida kolxoz 
qurilishini mustahkamlash uchun MTSlar qoshida siyosiy bo„limlar tashkil etish 
to„g„risida qaror qabul qilindi.¹ MTSlarning siyosiy bo„limlari Moskva 
raxbariyatining yo„lini amalga oshira borib, keng miqyosda jazolash harakatlarini avj 
oldirdilar. Ular faoliyatining faqat birinchi yilidayoq kolxozlar 7700 "zararli" 
kishidan "tozalandi". Hujjatlardagi ma'lumotlarga qaraganda, 1930-1933-yillarda 
kolxozlarga, o‟sha vaqtda aytilishicha “suqilib kirib olgan” quloqlar va “yot unsurlar” 
dan 30 mingdan ortiq kishi haydab chiqarilgan. Ulardan aksariyati bir qolipda 
“Jamoalashtirishga qarshi faol chiqishlari uchun” degan ayblov bo„yicha qatag„on 
qilindi.
68
Shunday qilib MTSlar va sovxozlar huzuridagi siyosiy bo„limlar dastlab 
tashkiliy-xo„jalik vazifalarini bajaruvchi organ bo„lsa, keyinchalik bu bo„lim siyosiy 
68
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.- 355 бет 


47 
tashkilotga, nihoyat hokimiyatdan ham ustun turuvchi ma'muriy-buyruqbozlik 
organiga aylantirildi. Siyosiy bo„limlarning qishloq xo„jaligini kadrlar bilan 
ta'minlash, intizom o„rnatish va mehnatni tashkil etishdagi ishlari matbuotda keng 
ko„lamda maqtaldi. Lekin kolxoz ichki demokratiyasini buzishda yo„l qo„yilgan 
kamchiliklar ro„y-rost aytilmadi. Aksincha, O„zKP(b) MK kotibi A.Ikromov 
ta'kidlaganidek,
69
tuman ijroiya qo„mitasi raisini ishdan bo„shatish oson, MTS 
direktorini ishdan bo„shatib ko„rchi, bu- qiyin... ushbu fikrdan ma'lumki MTSlar 
faoliyatiga siyosiy tus berish kuchaytirilgan. Oqibatda siyosiy bo„limlar o„z 
faoliyatini suiste`mol va nohaqliklarga yo„l qo„yib, jamoa xo„jaliklari ustavini 
buzishlar, xo„jalik a'zolarini kolxoz yig„ilishi qarorlarisiz ishdan bo„shatish oddiy 
voqeaga aylanib qolgan.
Qishloq xo„jaligini jamoalashtirish agrar sohadagi yirik soxta tadbirlardan 
bo„lib, katta ijtimoiy-iqtisodiy fojialarga olib keldi. Soxta jamoalashtirish bilan 
bog„liq boshqa bir qancha masalalar - SSSRning paxta mustaqilligi uchun kurash, 
xalq xo„jaligini rivojlantirish besh yilliklari, MTSlar va ular qoshidagi siyosiy 
bo„limlar 25-mingchilarning safarbar etilishi, jamoa xo„jaliklarini yiriklashtirish kabi 
tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy va iqtisodiy sohaga salbiy ta'sir ko„rsatdi, 
xolos.
Xullas, O„zbekistonda kollektivlashtirishni amalga oshirish davrida qishloq 
xo„jaligini texnikaviy jihatdan qayta qurish talab darajasida emas edi. O„zbekistonda 
traktorlar va boshqa turdagi texnika vositalaridan unumli foydalanish imkoniyati 
bo„lmagan. Mavjudlari esa ishlatilmagan yoki qisman ishlatilgan. Kolxozlardagi 
asosiy ishlar qo„l kuchi va ish hayvonlari yordamida bajarilgan. Bu esa kolxozlarning 
iqtisodiy yuksalishiga yomon ta`sir etib, kolxozchilar ish haqining kamligiga, MTS 
xodimlari va dehqonlar o‟rtasidagi munosabatlarning o„zaro muvofiqligiga olib keldi.
Afsuski, yaqin paytlargacha kollektivlashtirish mavzuyidagi tadqiqotlarda 
MTSlarning ro„liga yuksak baho berilib kelindi. MTSlar ish faoliyatidagi mehnat 
unumdorligi, kadrlar tayyorlash, kolxoz tuzumini tezlatishga yordam berib, har doim 
ijobiy bolib kelganligi qayta-qayta ta'kidlandi. Aslida, MTSlar faoliyati imkoniyatlar 
69
Икромов А. Об итогах хлопкозаготовок.// На аграрном фронте. 1933. № 6 111-112 ст. 


48 
darajasida bo„lmagan. MTSlar tashkil etilishi bilan, shartli qilib aytganda, ikkita 
xo„jayin qaror topdi-biri texnikaga javob bersa, ikkinchisi qolgan barcha ishlarga 
javobgar edi. Lekin aslini olganda kolxozlar ham, MTSlar ham haqiqiy xo„jayinlar 
emas edi. Haqiqiy xo„jayin davlatning o„zi edi. Qishloq xo„jaligining bir yoqlama ( 
asosan paxtachilik) rivojlanishi tufayli xalqning qishloq xo„jalik mahsulotlari bilan 
yetarlicha ta'minlanishi mustaqillikgacha hal qilinmay qolib ketdi. Jamiyatda har bir 
soha, xo„jalik va ijtimoiy faoliyatining hamma tomonlari ipidan ignasigacha total 
nazorat ostiga olingan edi. Totalitar sotsializmda nazoratchilarning son-sanoqsiz 
armiyasi vujudga kelib, har bir odamning har bir qadami poylab yurilar edi. Qishloq 
joylarda bunday nazorat xavfsizlik organlari vakillari, partiya-sovet xodimlari 
yordamida olib borilardi. Quyi jamoat tashkilotlari ham nazorat funksiyalarini bajarar 
edi.
Qishloq ahlini ma'muriy-nazorat iskanjasiga olish maqsadida rahbariyat 
mashina-traktor stansiyalari kabi noxush “o„sma” ni vujudga keltirdi. MTSlarning 
o„ziga xos xususiyati shu bo„ldiki, ular ham iqtisodiy bo„lim ham ma'muriy 
nazoratchi va mafkuraviy tashviqotchi tarzida faoliyat ko„rsatdilar.
MTSlardagi siyosiy bo„limlar davlatning “hamma narsani ko„ra oladigan ko„zi” 
dek mas'ul ro„lni bajarib kelganlar. Jabr-zulm boshqaruvning diktatorlik tuzumiga 
ishongan Sho„ro tizimi MTSlar qiyofasida qishloq xo„jalik artellariga jalb etishning 
muhim vositasi, mexnat tashkillashtirishni nazorat qilishning universal qurolini ko„rar 
edi.
Albatta, agrar siyosat tizimida MTSlar iqtisodiyotga muayyan o„zgartirishlar 
kiritishga ko„maklashdiyu, biroq umuman olganda, ular qishloqning boy mexnat 
imkoniyatlarini yuzaga chiqishiga halaqit berib kelganligi ma'lum. Mashina - traktor 
stansiyalarining vujudga kelishi bilan kolxoz yerlarida ikkita xo„jayin mustaxkam 
o„rnashib oldi: ulardan biri- mexanizatsiya uchun javobgar bo„lsa, ikkinchisi qo„l 
yordamida bajariladigan ishlar va maxsulotlarni transportiroka qilish uchun javobgar 
edi. Total davlashtirish, keskin markazlashtirish sharoitida bunday xo„jalik yuritish 
ko„pincha yuzaki bo„lgan. Oqibat natijada na kolxozlar va na MTSlar asl xo„jayinlar 
bo„lgan. Ular faqat mulkdorlar deb atalgan. Asl xo„jayin esa davlat bo„lgan. Shu bois, 


49 
vujudga kelgan “ikkihokimyatchilik” MTS ishchilarining va dehqonlarning yerdan 
bezishini kuchaytirdi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va texnikadan foydalanishda 
mas'uliyatsizlikka olib keldi. Kolxozchilar va stansiyalardagi ishchilarning qishloq 
xo„jalik ekinlarining hosildorligini oshirish va chorva sonini ko„paytirishdan 
manfaatdorligini yo„qqa chiqarib, katta mablag„larning sovurilib ketishiga olib keldi.
MTSlar qishloq xo„jalik artellarining iqtisodiy mustaqilligini chegaralab 
qo„ydilar. MTSlar dala ishlarining katta qismini bajarib, qishloq xo„jaligidagi asosiy 
kuch sanalmish - kolxozchi dehqonlarning asosiy mehnat qurollari - traktor va boshqa 
texnika vositalaridan uzoqlashtirgan edi. Bundan tashqari, MTSlar kolxozlardan 
foydaning katta qismini va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni natural to„lovlari sifatida 
talab qilardilar. Ikkinchidan MTS ishchilari sifatli, mahsuldor mehnatdan manfaatdor 
emasdilar. Ularning mehnati rejadagidek bajarilgani bilan baholanardi.
Bizning fikrimizcha, qishloq xo„jaligining texnika bazasi zaif bo„lgan sharoitda 
MTSlarni ijaraga o„tkazish yoki ularga prokat punktlari maqomini berish MTS va 
kooperativ korxonalari o„rtasida iqtisodiy munosabatlarning yaxshilanishiga olib 
kelgan bo„lardi. Biroq bunday qilinmadi.
Qishloq ahlini kolxozchi dehqonlar va qishloq xo„jalik ishchilariga (sovxoz, 
MTS va boshqa davlat agrar korxonalarining ishchilari shular jumlasiga kiradi. - 
O.N.) bo„linishi sun'iy-yuzaki xarakterda bo„lgan. Aslida esa kolxozlarda band 
bo„lgan dehqonlarni favqulotda tadbirlar tizimi bilan bog„lab qo„yib, dehqonlar 
davlatlashtirildi. Kollektivlashtirish qishloqda yangi, sun'iy - ijtimoiy axvolni 
shakllantirdi. Dehqonlarni haqiqiy dehqonchilikdan ajratib, qishloqda ijtimoiy 
sinflarni keltirib, chiqardi (dehqon va ishchi - O.N.). Dehqonlar “ishchi kuch” 
darajasiga tushirilib, davlatning yollanma ishchisiga aylantirildi. Davlatga iqtisodiy 
jihatdan to„la qaram bo„lib qoldi. “Buyuk burulish” shunga olib keldiki, qishloqda 
ommaviy qashshoqlashish kuchaydi. Qishloq xo„jalik ishchilari va dehqonlar ishlab 
chiqarish vositalaridan begonalashtirildi. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin