O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


səhifə25/238
tarix22.12.2023
ölçüsü
#190479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Q isqarishjarayonida issiqlik hosil bo ‘iishi va qisqarish energiyasi.
Gelmgols 
v a Danilevskiylar XIX asm ing ikkinchi yarmidayoq muskul ishlayotgan paytida 
issiqlik ajratib chiqishini k o ‘rsatib berdilar.
Xill va uning safdoshiari yuksak darajada sezuvchan asboblaryordamida muskul 
bilan nervning tinchlik holatida hamda q o ‘zg‘algan paytida hosil bo‘lgan issiqlikni 
qayd qildilar v a o ‘lchadilar. Xill issiqlik hosil bo‘lishining kelib chiqishi va issiqlik 
ajralish vaqtiningavj olishiga qarabikkita davrga bo‘ldi. Birinchi davr ikkinchisidan 
1000 marotaba qisqa bo‘lib, bu davm ing boshlang‘ich issiqlik hosil bo‘lish davri 
d e b a ta d ila r . Bu d a v r m u s k u l q o ‘z g ‘alg a n d an to r tib to m u sk u ln in g
b o ‘shashishigacha davom etadi. Bosh!ang‘ich issiqlik hosil b o ‘lish davri o ‘z 
navbatida bir nechaqism ga boMinadi: a) faollashish issiqligi; b) qisqarish issiqligi; 
d) bo'shashish issiqligi.
Faollashish issiqligi -
ta ’sir berilganidan keyin muskul tolalari qisqarguncha 
ajralib chiqadi. Shu sababli issiqlikning bu qismi muskulni qo‘zg‘almagan hoiatdan 
faol holatga o ‘tkazuvchi kim yoviy jarayonlaming issiqlik effekti deb qaraladi.
Q isqarish issiqligi
- m uskulning qisqarish jarayoni paytida ajralib chiqadi. 
M uskulning qattiq cho‘zib, qisqarishiga to‘sqinlik qilinsa, bu issiqlik ajralib 
chiqmaydi.
B o'shashish issiqligi -
m uskul b o ‘shashgandan so ‘ng ajralib chiqadigan 
issiqlik qismidir. Agar muskul qisqarish davomida yuk ko‘targan bo‘lsa, qisqarib 
b o ‘lgach, issiqlikko‘proq ajralib chiqadi.
Issiqlik hosil bo‘lishining ikkinchi davri, muskul b o kshashgandan sokng, bir 
necha daqiqa davom etadi va kech qoluvchi yoki tiklanuvchi nomi bilan ataladi. Bu 
d av r issiqlik hosil boMishi A TF r&sintezini ta’minlovchi kimyoviy jarayonlarga 
b o g ‘liq. X illningta’kidlashicha, bu davrda oldingi davrdan farqli o ‘laroq, 90 % i 
tiklanuvchi issiqlik oksidlanish jarayonida hosil bo‘ladi va issiqlikning atigi 10% i 
moddalar almashinuvining anaerob jarayonlarida yuzaga keladi. Tiklanuvchi issiqlik
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zm ing kattaligi bo'yicha, muskul qisqarganda ajralib chiqadigan issiqlikning 
kattaligi bilan tengdir. ATF resintezida va pirouzum kislotaning oksidlanish 
jarayonlarining aham iyati kattadir. M uskul m o n o y o d atsetat kislotasi b ilan 
zaharlansa, sut va pirouzum kislotalarining glikoliz y o ‘li bilan hosil bo‘lishini 
to‘xtaydi. Bu holatda kechikuvchi issiqlik hosil b o ‘lishi va ATF resintezi, hatto 
kislorod yetarli bo‘lganda ham deyarli barham topadi.
Muskullar ishi va kuchi.
Skelet muskulining asosiy vazifasi ish bajarishdadir. 
Eksperimenta! va klinik fiziologiyada muskul ishini va kuchini bilish katta ahamiyatga 
ega.
Muskul ishi u ko‘targan yukning muskul qisqarish kattaligiga ko‘paytmasi 
bilan 
0
‘lchanadi, y a’ni 
kg/m
yoki 
gramm/sm
larda ifodalanadi:
A=F. S
Agar muskul yuksiz qisqarsa (izotonik rejim da) u holda mexanik ish nolga teng 
bo‘ladi. Muskul ko‘tara olmaydigan darajada yuk o silsa va u qisqara olmasa, bu 
holda ham mexanik ishning qiymati nolga teng bo‘ladi. Yukning kattaligi muskulning 
qisqarish darajasi va bajaradigan ¡shining o ‘rtasida b o g ‘lanish bor. Bir qadar 
o ‘rtachayuk berilganda muskul ko‘proq ish bajarganligi o'tkazilgan tajribalardan 
ma’Ium bo‘ldi.
Muskul kuchini o ‘lchash uchun u ko‘tara oladigan maksimal yuk aniqlanadi. 
Bu kuchjuda katta bo'lishi mumkin. Masalan, itn in g jag 4 muskullari gavda vazniga 
nisbatan 8 -9 baravar ortiq yukni ko‘tara olishi aniqlangan. Bir xil sharoitda muskul 
kuchi uning uzunligiga bog'liq b o ‘lmay, balki k o 'n d a la n g kesimiga bogMiq: 
muskulning flziologik ko‘ndalang kesimi, ya’ni muskuldagi hamma tolalar ko‘ndalang 
kesimlarining yig‘indisiga to‘g‘ri proporsional. Agar tolalar kesimlarining yig‘indisi 
qancha katta bo‘lsa, u ko‘tara oladigan yuk shuncha katta b o lad i.
Tolalari uzunasiga ketgan m uskullardagina fizio lo g ik ko‘ndalang kesim
geometrik ko‘ndalang kesimga mos keladi, tolalari qiyshiq yotgan muskullarda 
tolalar ko‘ndalang kesimlarning yig*indisi m uskulning geometrik ko‘ndalang 
kesimidan ancha ortiq bo'ladi.
Shu sababli tolalari qiyshiq yotgan muskulning kuchi tolalari uzunasiga yotgan 
xuddi shunday qalinlikdagi muskulning kuchidan ancha ortiq b o lad i. Muskul 
kuchini topish uchun u k o ‘tara oladigan m aksim al yuk fiziologik ko‘ndalang 
kesimning kvadrat santimetrlari soniga bo‘linadi, kg/sm* hisobidan ifodalangan 
absolyut kuch odam ning boldir muskulida 5,9, y elk a muskulida 8,1, chaynov 
muskulida 10 ga teng bo'ladi. Odamlardagi m uskullam ing aksariyati patsimon 
tuzilgan. Patsimon muskulning fiziologik k o ‘ndalang kesim i katta, shuning uchun 
ham kuchi ortiq bo‘ladi.
Silliq m uskullar. Silliq muskullar ichki a ’zolar, qon-tom ir va limfa tom irlar 
devorida va terida uchraydi. Morfologik jihatdan skelet va yurak muskullaridan 
farqqiladi, ulardatarg‘illilik bolmaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin