chiqishi tabiiy. M aqsadga erishish uchun faqatgina axborot zarur bo‘lmasdan vaqt
va energiya ham zarurdir. Zaruriy axborot, energiya va vaqt insonning mavjud
axborot, energiya va vaqtlariga solishtirilib uning maqsadga erishish imkoniyati
aniqlanadi. A gar m aqsad y o ‘q (S-O) bo‘lsa, zo'riqish holati kelib chiqmaydi.
I n E n V n - I s E s V s = 0 b o ‘lganda ham xuddi shunday holat kuzatiladi. In-En-Vn-
Is Es V s> 0 b o ‘lganda zo‘riqish holati kelib chiqadi.
Zo‘riqish holati quyidagi ketma-ket keluvchi 4 davr mavjud:
1. V M A (diqqat,safarbarIik, faollik)
2 SOE (stenik salbiy emotsiya)
3. A S O E (astenik salbiy emotsiya)
4. Nevroz
Har bir davr uchun m a’lum bir subyektiv va obyektiv holatlar xosdir. Birinchi
davrda m odda alm ashinuvining ortishi, vegetativ (nafas, qon tomir) va somatik
(muskullar tonusini, jism oniy va aqliy ish qobiliyatining ortishi) faoliyatlaming
kuchayishi kabi moslashuv reaksiyalari kuzatiladi. Diqqat e’tibor ortadi, ilhom
bag'ishlovchi ruhiy ko‘tarinkilik kuzatiladi. Bu holatlaming ko‘rinishi qo'yilgan
maqsadning qiyinligiga bog‘liq, lekin o ‘ta qiyin bo‘lmasligi zarur. Mazkur holatning
muntazamligi chiniqtiruvchi omil bo‘lish qobiliyatini va har xil zararli omillarga
chidamliligini orttiradi.
Ikkinchi davrda, q o ‘yilgan maqsadga erishish uchun vegetativ va somatik
faoliyatlar kuchli safarbar qilinadi: o ‘ta kuchli q o ‘zg‘alishlar, organizmda «bo‘ron»
bo lish i, g ‘azab, nafrat, idrokning susayishi holatlari kelib chiqishi mumkin.
Uchinchi davrda jism oniy va aqliy ish qobiliyati keskin susayadi, bosh miya
po‘st!og‘ida tormozlanish holati kelib chiqadi, sezgi a ’zolarining faoliyati susayadi,
yurak-qon tom ir tizim i faoliyati o ‘zgaradi. Insonda g ‘amginlik, qo‘rqish, ojizlik,
voqelikni to ‘g ‘ri baholay olmaslik holatlari kuzatiladi.
T o ‘rtinchi davrda-nevroz-xulq-atvom ing buzilishi, bosh miya p o ‘stlog‘ida
q o ‘zg‘alish va torm azlanish o ‘rtasida muvozanatsizlik, ish qobiliyati keskin
susayishi kuzatiladi. Insonda ruhiy ezilish, o ‘zining keraksizligini, kelajagi yo‘qligini
his qilish paydo b o ‘ladi.
G.I. Kositskiy bo‘yicha zo ‘riqish holatidan chiqqanda insonda ijobiy his-tuyg‘u
vujudga keladi. Qanchalik og‘ir zo‘riqish holatidan chiqsa, shunchalik kuchli ijobiy
his-tuyg‘u vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: