O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   236
Normal-fiziologiya

flebografiya
deb ataladi.
Flebogrammada uchta tishchalar ajratiladi: a, s, va v. a-tish o ‘ng bolm acha 
sistolasiga to ‘g ‘ri keladi. BoMmachalar sistolasi v aqtida kovak venalam ing 
quyilayotgan joyidagi halqasimon muskultari qisqarib, qonni boMmachaga oqishi 
vaqtincha to ‘xtaydi. BoMmachalar bo‘shasha boshlagach qon boMmachalarga tusha 
boshlaydi, vena bosimi yana pasayadi. Uyqu arteriyasining tebranishlari uni yonida 
joylashgan bo'yinturuq venasini tebratadi va s tishni hosil qiladi. Bosim qisqa 
m uddatda ko‘tarilib, yana tusha boshlaydi. BoMmachalar qon bilan to ‘lib, undagi 
bosim yana ortadi natijada qon dimlanib, vena tom irlari c h o ‘ziladi. Bu vaqtda 
uzunchoq tish (d) paydo b o ‘ladi.
T om irlarda qon h arak atin in g boshqarilishi. Tanadagi har b ira ’zo normal qon 
bilan ta ’m inlangandagina sam arali ishlay oladi. A ’z o lam i ish qobiliyatining 
o ‘zgarishi unda qon aylanishini ham o ‘zgartiradi. Qon aylanishining boshqarilishi 
qonning minutlik hajmini o‘zgarishi va regional qon-tom irlarini ko‘rsatadigan 
qarshiligi hisobiga amalga oshiriladi. Qon aylanishining boshqarilishi shartli 
ravishda ikkiga - mahalliy va m arkaziy neyrogumoral m exanizmlarga bolinadi.
Tomirlar innervateiyasi.
Tom irlar ulamingdiametrini nisbatan doimo bir holda
237


ushlab turuvchi kengaytiruvchi va pasaytiruvchi nervlar bilan ta ’minlangan. 
A rte riy a v a a r te r io la la r n in g to ra y is h i to m irla rn i to ra y tiru v c h i n e rv la r 
venaqonstruktorlar simpatik nervlar bilan innervatsiya qilinsa kelib chiqadi va 
ulaming m avjudligini birinchi bo‘lib, 1842 yilda A. P. Valter baqaning suzgich 
pardalarida k o ‘rsatib bergan. Keyinchalik K.. B em ar (1851) quyon qulog'ida 
o ‘tkazgan tajribalarida isbot etdi. Quyon bo ‘ynidagi simpatik nerv qirqib qo‘yilsa, 
1-2 minutdan so ‘ng quloq suprasi tomirlari kengayishi natijasida quloq terisi 
qizarganligi va harorati ortganligi kuzatildi. Kesilgan nervni periferik qismi ta’sirlansa 
quloq terisi oqarib, ushlab ko‘rganda sovub qolganligi kuzatilgan. Bu qon-tomirlami 
torayishi hisobiga kuzatilgan. Huddi shunday effekt qorin bo‘shlig‘i organlari, 
buyrak, teri, m iya pardalari tomirlarida ham kuzatish mumkin.
Tomirlarni toraytiruvchi nervlarlardan tashqari yana tomirlarni kengaytiruvchi 
(vazodilyatatsiya) tolalar ham mavjudligi aniqlangan. Ulami ta’sirlaganda tomirlar 
kengayadi. B unday nervlar m avjudligini M. Shif, sal keyinroq K. B em arlar 
aniqlashgan. Ja g ‘ osti so‘lak beziga boruvchi til nervining tarm og‘i-Chorda 
thympani ta ’sirlanganda bez tomirlari kengayganligi aniqlangan. Huddi shunday 
holatni n. pelvicus ta ’sirlanganda til tomirlari vajinsiy a ’zolar tomirlari kengayishi 
kuzatiladi. Tanadagi barcha tomirlar parasimpatik nervlardan innervatsiya olmaydi. 
A dashgan n erv ta ’sirlansa yurak tom irlari torayadi. Sim patik nerv tolalari 
ta’sirlanganda b a ’zi a ’zolardagi, masalan, skelet muskullari tomirlari kengayadi. 
Chunki simpatik nerv tarkibida vazoqonstruktorlardan tashqari vazodilyatatorlar 
ham b o r. Bu n e rv in n erv atsiy a q ilu v c h i to m irla rd a ikki tu rd ag i a va ß 
adrenoretseptorlar mavjud. a-retseptorlam i q o ‘zg ‘alishi tom ir muskullarining 
qisqarishiga va tom im i torayishiga olib keladi. ß -retseptorlam ing qo‘zg‘galishi 
tomir muskullarini kengayishi natijasida tomimi kengaytiradi. Noradrenalin ko‘proq 
ä-adrenoretseptorlarga ta ’sir etadi. Ko‘pgina qon-tomirlarda retseptorlaming ¡kkala 
turi ham bor. U lam ing nisbati bir xil emas. Agar qon-tomirda a-adrenoretseptor 
ko‘p b o ‘lsa, adrenalin uni toraytiradi, ß-adrenoretseptor ko‘p boMsa-kengaytiradi.
A gar a -v a ß -ad re n o re tsep to rla r b ir vaqtda q o ‘zg ‘alsa, ß-retseptorning 
qo‘zg‘alish sam arasi ustun chiqadi-tomir kengayadi.
Orqa miya orqa shoxlarining periferik qismi ta ’sirlansa, (asosan teri) tomirlarni 
kengaytiruvchi effekt kelib chiqadi. Teri tomirlarini kengayishiga yana boshqa 
sabab, retseptor nerv oxirlarida atsetilxolin va gistamin ishlab chiqarilib, to‘qimaga 
o‘tib yaqin joylashgan tom irga ta’sir etadi.
Tomirlar tonusi MNS tomonidan keladigan impulslar hisobiga kengayib torayib 
turadi. Tom irlar tonusini boshqaruvchi m arkaz-tom irlar harakatini boshqaruvchi 
m arkaz-mavjudligini V. F. Ovsyannikov (1871) miyatuzilm alarini qirqib qo yish 
yo‘li bilan aniqlagan.
Agar miya o ‘zagi to‘rt tepalikning yuqorisidan qirqib qo‘yilsa arterial bosim 
o ‘zgarmaydi. Uzunchoq miya bilan orqa miya oralig‘idan kesib qo'yilsa arterial 
bosim 6 0 -7 0 mm sim ust gacha tushib ketadi. Uzunchoq miyaning turli qismlarini 
mexanik ta ’sirlash y o ‘li bilan bu m arkazningjoylashgan joyi aniq topilgan. U IV 
qorincha tubida joylashgan bo‘lib, pressor va depressor qismlaridan iborat. Pres­
238


sor m arkaz ta ’sirlansa tomirlar torayishi, d ep re sso r markaz ta ’sirlansa tomirlar
kengayishi kuzatiladi.
Tom irlar tonusiga yuqoridagi markazlardan tashqari oraliq m iya va miya yarim
sharlari po ‘stlog‘i ham ta’sirko‘rsatadi.
Gipotalamusning ayrim markazlari ta ’sirlansa, arterial bosim o ‘zgarganligi 
kuzatiladi. Bitta tuzilmani ta’sirlash ham pressor, ham depressor effekt keltirib 
chiqaradi. Gipotalamusda pressor tuzilinalar tarqoq tarqalgan boMishiga qaramay, 
orqa qismida depressor tuzilmalar k o ‘proq boMadi.
Qon aylanishining boshqarilishida b o sh m iya yarim sharlari p o ‘st!og‘ining 
ahamiyati ju d a katta boMishiga qaramay, o ‘tkazi!gan tajribalar natijalari qarama- 
qarshidir. Agar tajribada yarim sharlar p o ‘stlog‘i olib tashlansa qon aylanishiga 
sezilarli ta ’sir etmaydi. Po‘st!oqning peshana va tepa sohalari elektrik ta ’sirlansa 
arterial bosim o ‘zgaradi. Tomirlar torayishi yoki kengayishi kuzatiladi.
Tomirlar tonusini reflektor boshqarilishi tomirlami harakatlantiruvchi markazi 
m a’lum tonik aktiv holda bolib, arteriya va arteriolalami qisqargan holatda bo'lishini 
ta ’minlaydi. Bu markazning tonusi esa periferiyadagi tom irlar sohasida, gavda 
yuzasida yotgan retseptorlardan keluvchi impulslar hamda nerv m arkaziga bevosita
ta ’sirk o ‘rsatuvchigum oralom illargabog‘liq.
V.N. Chernigovskiy bo‘yicha tom irlar tonusini reflektor o ‘zgartiruvchi tomirlar 
refleksi ikki guruhga bo‘ linadi: 

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin