O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   236
Normal-fiziologiya

Xotirani ko'chirish.
Xotirani ko‘chirishga oid tajribalar alohida ahamiyatga 
ega. Bu muammo yuzaga kelishi planariyalarda o ‘tkazilgan tajribaga bog‘liq. 
« 0 ‘qigan» planariyatami iste’mol qilgan chuvalchanglarda shartli reflekslami hosil 
qilish tezlashgan. Bu tajribalarda xotirani bir individdan ikkinchi individga o ‘tish 
RNK orqaliligi aniqlangan.
Umurtqali hayvon miyasi ekstraktini boshqa hayvonlarga yuborish hisobotga 
xotirani o ‘rganish tajribalari natijalari doimo bir xil chiqmagan. Miya ekstraktidan 
ajratib olingan peptidni aniq ta’sir qilish imkoniyati borligi aniqlanadi. Qorong‘ idan 
qochishga o ‘rgatilgan kalamush miya ekstraktidan ajratib olingan peptid (15 
aminokislota) o ‘rganilmagan kalamushlarga yuborilsa, ular ham qorong‘idan 
qochishgan. Bu peptidga 
skotofobin
deb nom berishgan. Sun’iy y o ‘l bilan 
sintezlangan skofobin ham tabiiyday t a ’sir k o 'rsa tg a n . Q orong‘ida qolgan 
kalam ushlarda u stress holatini yuzaga keltirgan. Biroq xotirani k o 'ch irish
konsepsiyasi ko‘pchilik tomondan tan olingan em as. Shunga qaram asdan bu 
muammoni hal qilish xotira mexanizmlarini hal qilishda zarur boMadi.
Em otsiya, hissiyot. Emotsiya, lotincha «Emovere» so‘zidan olingan bo'lib, 
«qo‘zg‘atmoq to ‘lqinlantirmoq» ma’nosini anglatadi. Emotsiya bu insonni tashqi 
dunyoga va o ‘ziga b o lg a n munosabatini ko‘rsatuvchi qisqa muddatli somatik va 
vegetativ javoblar majmuasi.
Emotsiya davomiyligiga qarab uchga b o lin ad i:
/. 
Kayfiyat -
eng uzoq davom etuvchi, lekin eng sust namoyon boMuvchi 
hissiyot;
2. Ehtiros -
qisqa davom etadi, kuchli namoyon boMuvchi hissiyot;
3. Jazava
- o ‘ta qisqa davom etuvchi, o ‘ta kuchli namoyon bo‘luvchi his- 
hayajon, emotsional portlash sodir boMishi.
Emotsiya xususiyatiga ko‘ra 
ijobiy
va 
salbiy
bo 'lish i mumkin. Birinchisi, 
quvonch, zavqlanish, huzurlanishlar mrsol bo‘lishi mumkin; ikkinchisiga esa xafa 
bo‘lish, q o ‘rqish, qayg‘urishlar misol b o ‘la oladi. Ijobiy hissiyotga insonlar 
intiladilar, salbiysidan esa qochadilar.
Yana emotsiyani 
stenik
va 
astenik
hissiyotlarga b o lis h mumkin. Birinchisida 
ichki ko‘tarinkilik, ruhiy tetiklik, irodasini safarbar qilish, g ‘ayrati oshishi hollari 
bo‘lsa, ikkinchisida aksincha - faoliyatning susayishi, ruhan ezilish, bezovtalik, 
tushkunlik holatlari kuzatiladi.
Vegetativ javob ko‘rinishlari hissiyotni adekvat ifodalaydi, chunki ular inson 
xohishiga bo‘ysunmaydi. Hissiyotda namoyon boMadigan vegetativ jovoblarga 
quyidagilar kiradi. Birinchidan, qorachiq kattaligining o ‘zgarishi, emotsiya turi va 
kuchiga qarab kattalashishi yoki kichrayishi mumkin. Masalan, qo‘rqqanda qorachiq 
kattalashadi, ja h l chiqqanda kichrayishi m um kin. A qliy z o ‘riqish qorachiq 
kattalashishini keltirib chiqaradi. Hissiyotda yuz terisi rangi o ‘zgaradi. Inson
369


uyalganida yuzi qizaradi, q o ‘rqqanida.esa oqaradi. Bu teridagi qon tomirlarining 
kengayish va torayishi bilan bog‘!iq. Shunga ko‘ra teri harorati ham o‘zgaradi.
Gmotsiyada teri tukchalarining qopchalaridagi mushaklar qisqarishi natijasida 
tukchalarko‘tariladi, d o ‘mboqchalar hosil bo‘ladi (bunday holda«tovuq et» haqida 
gapiriladi). Emotsional terlash - sovuq ter chiqish holati kuzatiladi. Bunday ter 
ajralish kaftda va peshanada sodir bo‘ladi, harorat boshqarilishidagi ter butun 
tana yuzasida am alga oshadi.
Emotsiyada yurak-qon tom ir tizimi faoüyatida ham o ‘zgarish yuz beradi, yurak 
urishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, ba’zida aritmiya kuzatiladi, arterial 
qon bosimi o ‘zgaradi, tananing har xil qismidagi qon tomirlarda qonning qayta 
taqsimlanishi kuzatiladi.
Emotsiyada nafas olish tezlashishi yoki aksincha, sekinlashishi mumkin, ba'zida 
qisqa vaqtga to ‘xtashi, so'ngra chuqur nafas olish bilan almashinuvi (xo‘rsinish) 
kuzatiladi, nafas olish va chiqarish vaqtlari ham o ‘zgarishi aniqlangan.
His-tuyg‘u hazm tizim i faoliyatiga ham ta’sir qiladi. His tuyg‘uda ko‘pincha 
hazm yo‘li harakati susayishi, so‘lak ajralishi kamayishi va og‘iz qurib qolishi 
kuzatiladi. M e’dada shira ajralishi va harakat o‘zgarganligi tufayli ko‘ngil aynishi 
kelib chiqishi mumkin, bu holatda so‘lak ajralishi kuchayadi. Hazm tizimida o‘zgarish 
har xil kechishi m um kin, masalan, bir odamda ja h l ishtahani b o ‘g ‘ib qo‘ysa, 
ikkinchisida, aksincha, ishtahani ochib yuborishi mumkin. Qattiq qo‘rqqanda ayrim 
odamlarda ixtiyorga b o ‘ysunmagan ich ketish holatini kuzatish mumkin. Bu ichak 
peristaltik qisqarishining kuchayishi va anal sfinktemi b o ‘shashishi natijasida kelib 
chiqadi. K o'pgina his-tuyg‘ularda endokrin bezlar faoliyati va markaziy nerv tizimi 
ta ’sirida modda alm ashinuvining kuchayishi kuzatiladi. His-tuyg‘ular qonning 
tarkibini ham o'zgartiradi, qonda glukoza, adrenalin, eritrotsit, leykotsitlar miqdorlari 
o ‘zgaradi.
Vegetativ reaksiyalar ijobiy hissiyotda salbiy hissiyotga nisbatan kuchliroq 
namoyon bo‘ladi, lekin ijobiy hissiyotda vegetativ nosozliklar kuzatilmaydi. 0 ‘z 
kuchiga, haq ekanügiga ishongan odamlar hissiyotni zarar keltiruvchi ta’siriga 
qarshi tura oladilar. Salbiy hissiyotga qarshilik ko‘rsatmagan odamlar organizmiga 
zarar keltirishi mumkin.
Hissiyotda somatik nerv tizimi javoblari ham kuzatiladi. Bu javob hatti-harakatda, 
mimikada, tana holatida, tana muskullari tonusida, ulam ing ritmik qisqarishida 
(qaltirash, oyoqda tura olm aslik) namoyon boMadi. B a’zi bir histuyg‘uda ko‘zning 
pirpirashi, ko‘z soqqasi harakatining kuchayishi kuzatiladi. Kuchli his-tuyg‘uda 
ko‘z soqqasi harakati susayadi.
Har qanday his-tuyg‘u m a’lum bir mimik ko‘rinishga mos keladi.
His-tuyg‘uda m iyadagi elektrik faollikning ortishi kuzatiladi. Bosh miya 
po‘stlog‘ining har xil sohasida yuqori chastotali potensiallar yuzaga keladi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg‘ular, uning ehtiyojlari qondirilish 
jarayonlari qanday kech ay o tg an lig in in g belgisi sifatid a nam oyon b o ‘ladi. 
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo‘lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, 
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlami qondirish jarayonining xush keladigan tarzda
370


kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlam ing qondirilm asdan qolishi salbiy hissiy 
kechinmalarga (uyalish, o ‘kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin