O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


I I M A R K A Z I Y N E R V T I Z I M I N I N G U M U M IY



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   236
Normal-fiziologiya

I I
M A R K A Z I Y N E R V T I Z I M I N I N G U M U M IY
F I Z I O L O G I Y A S I
N erv tiz im in in g asosiy funksiyasi tash q i va ichki m uhitdan kelayotgan 
axborotlam i qabul qilish, ulami tahlil q ilib , organizmni o ‘zgarib turuvchi tashqi 
muhit sharoitlariga uzluksiz moslashib borishini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy 
nerv tizim i organizm a ’zolarini o 'z a ro bir-biri bilan bog‘laydi, ular faoliyatini 
mukammal boshqaradi. Nerv m arkazlaridan buyruq signallari alohida nerv tolalari 
orqali ijrochi a ’zolar faoliyatini ta’minlaydi. Buyruq qanchalik to‘g ‘ri bajarilganligi 
haqidagi ax b o ro t qayta bog'lanish ta rz ig a ko‘ra markazga borib uning ishini 
nechog‘li m aqsadga muvofiqligini bildiradi. Shunday qilib, markaziy nerv tizimi 
organizm dagi barcha jarayonlami birlashtirib odam va hayvonlami tashqi muhit 
bilan o‘zaro aloqasini ta’minlovchi xulq-atvorreaksiyalarini belgilaydi.
N erv tiz im in in g refleks faoliyati. M arkaziy nerv tizimi faoliyatining asosiysi 
reflekslar shaklida namoyon boMadi. R efleks deb, organizmni ta’sirlarga markaziy 
nerv tizimi ishtirokida bergan jav o b reaksiyasiga aytiladi. Reflekslar yordamida 
organizm ning turli qismlariorasidagi o ‘zaro aloqa amalga oshadi, a ’zolar faoliyati 
bir-biriga m oslanadi va umuman olganda organizmni bir butun gormonik holatda 
doimo o ‘zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi ta minlanadi.
Yangi eraning II asrida rim vrachi G alen nerv tizimi tuzilishini o ‘rganib odam 
harakatlarini ixtiyoriy va ixtiyorsiz guruhlarga ajratgan.
B uyuk fransuz mutafakkiri R. D ekart birinchi bo‘lib, ixtiyorsiz harakatlaming 
refleks tab iatd alig in i aytgan. M asalan, u barm oqqa igna sanchilganda sezgi 
uchlaridan q o 'z g ‘alish nervlar orq ali m iyaga borib, u yerdan nervlar orqali 
m uskullarga kelishini tushuntirib bergan. Dekart odamni ruhiy hayoti moddiy 
qonunlarga b o ‘ysunmaydi uni qandaydir boshqa kuch boshqaradi deb izohlagan. 
Bu Dekartning dualizmi edi.
54


18-asrda chex olimi I. P roxaska fiziologiyaga «refleks» atamasini kiritdi. 
Keyinchalik refleks ta ’limoti rus olimi l.M. Sechenov tom onidan rivojlantirildi. U 
o ‘zining «Bosh miya reflekslari» asarida organizmdagi barcha harakatlar reflekslar 
asosida am algaoshadi, shu jum ladan ruhiyjarayonlam ing asosida ham reflekslar 
turadi deb aytgan.
Keyinchalik l.P. Pavlov shartli reflekslami hosil qilish y o ‘!i bilan hayvonlaming 
xulq-atvori ham reflekslar bilan bog‘liqligini tajribada isbotlagan.
R eflekslar doim o re fle k s y o y id a am alga o sh ad i. R e flek s yoyi beshta 
elementlardan iborat bo‘ladi (1 8-rasm).
Sezuvchi qism yoki retseptorlar maydoni qo‘zg‘alganda q o ‘zg‘alish sezuvchi 
nervlar orqali markazga borib, u yerda tahlil qitinib tegishli jav o b reaksiyasi 
harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi a’zoni funksiona) holatini o ‘zgartiradi. 
Demak, refleksni yuzaga keltiruvchi qo‘zg‘alishni bosib o 'tg a n y o lig a refleks yoyi 
deb ataladi.
Retseptorlar maydoni deganda retseptorlar bor terini, k o ‘zning to ‘r pardasini, 
b o ‘g‘imning ma’lum bir yuzasi tushuniladi. Retseptor m aydoni q o ‘zg‘atilsa, shu 
maydon bilan bog‘liq refleks reaksiyasi yuzaga chiqadi. M asalan, shox parda 
qo‘zg‘atilsa ko‘zni yumish, burun bo‘shlig‘ini shilimshiq pardasi qo;zg‘atilsa aksirish 
refleksi yuzaga keladi. Shunday qilib, retseptor maydoni deganda, refleks amalga 
oshirishda ishtirok etadigan sezuvchi nervlar boshlanadigan jo y tushuniladi.
Turli sezgi tizimlarining retseptor maydonlari tananing har xil qismlarida 
joylashgan. Ko‘rish - to‘r pardada, eshitish kortiyev a ’zo d a va h. k.
Reflekslaming retseptor maydonlari ko‘p hollarda b ir-b irig ao ‘tib ketadi. Bunda 
ular turli afferent nervlar bilan b o g ‘ lanadi. Reflekslaming retseptor maydonining 
kattaligi har xil b o ‘ladi. Bosh m iya yarim sharlari p o ‘s tlo g ‘i bilan bog‘liq 
reflekslaming retseptor maydoni eng katta bo‘ladi.
18-rasm. A - vegetativ, B - somatik reflektor yoylari.
1. Sezuvchi qism-retseptorlar. 2. Markazga intiluvchi qism-sezuvchi - afferent nervlar. 3. 
Markaziy. oraliq neyron. 4. Markazdan qochuvchi, eiTerent neyron. 5. ishchi a’zo-
effektor.
Turli xil reflekslaming refleks yoyini hosil bo iish id a h ar xil sondagi neyronlar 
ishtirok etadi. Buni sxematik quyidagicha tasavvur etish m um kin ( 18-rasm).
55


A gar refleks yoyining hosil b o lish id a ikkita nerv hujayrasi ishtirok etsa, sezuvchi 
neyrondan q o ‘z g ‘alish bevosita harakatlantiruvchi neyronga o ‘tkaziladi, undan 
ishchi a ’zo g a b erilad i. B unday refleks y o y in i m onosinaptik refleks yoyi deyiladi 
(18-rasm). U chta yoki undan k o ‘p neyronlar ishtirokida hosil bo‘gan refleks yoylarini 
polisinaptik re fle k s y oylari d eb ataladi. D ey arli ko‘p hollarda q o ‘z g ‘alish afferent 
neyrondan e ffe re n t neyronga oraliq n e y ro n la r orqali o ‘tadi. O raliq neyronning 
m avjudligi tu fay li b itta efferent neyron tu rli afferent neyronlardan axborotlam i 
qabul q ilib o lish i m um kin. Shu sababli b itta refleksni turli retseptor m aydonlarini 
q o ‘z g ‘atib keltirib chiqarish mumkin. A fferent neyronni efferent neyron bilan ikkita 
va undan k o ‘p o ra liq neyronlar orqali b irik ish i m urakkab o ‘zaro aloqalam i am alga 
oshiradi. Bu o ‘z n av b a tid a b ir butun o rg an iz m n i uzluksiz o ‘zgarib turuvchi tashqi 
m uhit sh a ro itlarig a m o sla sh ish in i ta ’m inlaydi.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin