Oliy va o’rta maxsus ta’lim Respublikada oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish ishlari taraqqiyot istiqbollari bilan bog’lagan holda olib borildi. Urushdan keyingi yillarda oliy va o’rta maxsus ta’lim ancha o’sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o’quv yurti-Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnika aloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda 8 ta yangi oliy o’quv yurti-Andijon paxtachilik instituti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari kabi oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o’quv yurtlari-Nukus Davlat universiteti, Toshkent avtomobil-yo’llar instituti, Pediatriya instituti va boshqalar ochildi. 1960 yilda 30 ta oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo’lsa, 1985 yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi.1961-1985 yillardan respublika oily o’quv yurtlari 828 mingga yaqin muhandislar, iqtisodchilar, agronomlar, huquqshunoslar o’qituvchilar, madaniyat va san’at xodimlari etishtirib berdi. Shuningdek, o’rta maxsus o’quv yurtlari tarmog’i ham kengaydi. 1960 yilda 75 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1965 yilda ularning soni 249 taga etdi. 1961-1985 yillarda 1mln.135 mingga yaqin o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Ayni chog’da bu tizim faoliyatida ham jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Mutaxassislar tayyorlashda son jihatidan ko’p kadrlar tayyorlash birinchi o’rinda bordi. Kadrlar tayyorlash sifatini ko’tarish sohasidagi sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi. F a n Urush yillarida tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi respublikada ilm-fanning markazi bo’lib qoldi. 1945-85 yillarda ko’plab yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stantsiyalar tashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib akademiya tarkibida Qoraqalpog’iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi. Akademik O.S. Sodiqov g’o’zadan o’stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H.A.Rahmattullin, U.O.Oripovlar aniq ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy usullarini ishlab chiqdilar. Selektsioner olim S.M. Mirahmedov va boshqalar paxtaning «Toshkent-
1», «Toshkent-2», «Toshkent-3», «Toshkent-4» singari hosildor, tez pishar, tolasi sifatli yangi navlarini etishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzovot va poliz ekinlarining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq navlari etishtirildi. O’zbekistonda geologiya fani katta yutuqlarga erishdi. H.M.Abdullaev, I.X.Hamraboev, I.M.Isomuhammedov, X.N.Boymuhamedov K.L.Boboev, A.M.Akramxo’jaev, X.T.To’laganov, G’.M.Mavlonov singari mashhur olimlar dunyo rudali-petrografik provintsiyalari klassifikatsiyasi, elementlarning 254 geokimyoviy klassifikatsiyasi, O’rta Osiyo litosferasining geologik-geofizik modellarini ishlab chiqdilar. Oltin, gaz va neft qazib chiqaruvchi sanoatlar, shisha, keramika, abraziv materiallar sanoati tarmoqlarini barpo etishga, aholi manzillarida er osti suvlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishga ko’maklashdilar. O’zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojlanishi M.T.O’rozboev, H.A.Rahmatulin, V.Q.Qobulov, H.H.Usmonxo’jaev, G.A. Koshevnikovlar nomlari bilan bog’liq. Ular mashina va mexanizmlar nazariyasi bo’yicha ilmiy maktabga asos soldilar. Respublikada 1966 yilda Kibernetika instituti tashkil etilgach, akademik V.Q. Qobulov etakchiligida sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalari asosida boshqarishning
avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi va joriy qilindi. Aniq va fundamental fanlarning boshqa yo’nalishlarida ham muhim kashfiyotlar, jiddiy yutuqlarga erishildi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham bir muncha tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf, antropolog olimlarning izlanishalari natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga bag’ishlangan asarlar yaratildi. Biroq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot ishlari marksizm-leninizm doirasida qolib ketdi. Sotsializm g’alabasi, O’zbekistonning nokapitalistik taraqqiyot yo’li, rivojlangan sotsializm qurilganligini asoslash, millatlar va sinflarning yaqinlashuvi natijasida kishilarning yangi tarixiy birligi sovet xalqining vujudga kelishi kabi behuda. samarasiz masalalar bilan o’ralashib qoldi. A d a b i yo t 50-80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi.
Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib» va «Quyosh qoraymas», Sh.Rashidovning «Qudratli to’lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O.Yoqubovning «El boshiga ish tushsa», H.G’ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi. Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar »(Oybek ), «Qo’shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A.Qahhor), «G’oliblar» va «Bo’rondan kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos» (I.Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O’qituvchi» romani qishloq ziyolilari faoliyatini ochib berdi . Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqubovning «Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondashlarimizning ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson», O’.Umarbekovning «Odam bo’lish qiyin», O’.Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq masalalari yoritildi. O’zbek she’riyatining 60-80-yillardagi tarqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov,
Sayyor, N.Nazrullaev, B. Boyqobilov, E. Oxunova, O.Hojieva, H.Hudoyberdieva, O.Matjon va boshqa ko’plab shoirlarning ijodiy kamoloti bilan bog’liq holda kechdi. Uyg’unning «Abu Rayhon Beruniy», O.Yoqubovning 255 «Ulug’bek xazinasi»,M.Shayhzodaning «Mirzo Ulug’bek» kabi tarixiy mavzudagi asarlari yaratildi. S a n ‘ a t O’bekistonda teatr va musiqa san’ati bir muncha o’sdi. Hamza
nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning «Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi . O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi. O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov, A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov, S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov, B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda. 1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi. N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi. 60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu izlanishlari tasvirlangan. Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi. O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar, Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
256
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i, aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.
Dostları ilə paylaş: |