Daosizm ta ’limotiga muvofiq, insonning insoniyligi ishonch,
umid prinsipiga rioya qilishiga qarab belgilanadi. Umidga esa is-
takni, orzuni cheklash vositasi yordamida erishiladi. Istak, or-
zuni cheklay olmaslik insonda xudbinlik, ichiqoralik kabi illat-
laming paydo bo ‘lishiga turtki beradi. Kishilaming xudbinligi
nafaqat odamni, hatto olam ni ham deformatsiyaga giriftor qi-
ladi. Bunday holat olamning asosi bo ‘lgan daoning garmonik
tabiatiga, ya’ni «Har bir kishi ham m a narsa uchun» qoidasiga
mos tushmaydi.
Daosizm ta ’limotida har tomonlam a garmonik rivojlangan in
son qiyofasi haqida bir talay ajoyib fikrlar bayon etilgan. Ushbu
ta ’limotga ko‘ra, garmonik rivojlangan inson tabiiylikka ko‘proq
mayli bor, har qanday behuda ishlar bilan o ‘zini ovora qil-
maydigan, har qanday vasvasalar ta ’siriga berilmaydigan kishidir.
U osmonga qiyoslanadi. Bunday kishilar o ‘zining osmon daosi
bilan uzviy aloqador ekanligini his qilib turadi. Chunki inson
kosmos bilan bog‘liq bo'lib, o ‘ziga xos mikrokosmosdir.
Daosizm ta ’limotiga ko‘ra, insonning baxt-iqboli, farovon
turm ushi hukm dor (im perator) faoliyati bilan bog‘liq. Hukm-
dor fuqarolarning orzu-istaklarini ezgulik tomon boshqarishi lozim.
Shuning uchun ham hukm dor faoliyatining asosida xalq daosi
bilan osmon daosining aralashuvi yotmog‘i darkor. Osmon daosi
tabiat qo‘ynida yashovchi oddiy odam lam ing ideal jamiyatini
bunyod etishga harakat qiladi. D onishm and im perator osmon
daosi muddaosini, ya’ni ideal jam iyat qurish istagini turli
am aldorlar yordamida bajaradi. 0 ‘sha am aldorlar ideal jamiyat
qurish jarayonida vujudga kelgan turli nifoqlami oqilona bartaraf
etmoqlari lozim. Shunday qilib, daosizm ta ’limotida ijtimoiy
ideal, har tom onlam a rivojlangan inson osmon daosi siymosida
namoyon bo‘ladi.
Qadimgi Xitoy falsafasida inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohaza-
lar Konfutsiy ta ’limotida yanada yangi bosqichga ko'tarildi1.
Konfutsiy o ‘zidan meros qilib hech qanday asar qoldirgani
yo‘q. U o ‘zining falsafly qarashlarini og'zaki bayon qilgan.
Dostları ilə paylaş: