Geologiya oid texnik obyektlarga tegishli grafik modellarni MatLab
dasturlashtirish tizimida amaliy dasturlarda ifodalash, qayta ishlash va
vizuallashtirish
Reja:
1.
MATLAB tizimi imkoniyatlari va uning intеrfеysi
2.
MATLAB dasturlash tili alifbosi va oddiy arifmеtik amallar
3.
MATLAB buyruqlari. Standart funksiyalar
23
Nazariy qism
MATLAB sistеmasi
- kompyutеrda turli yo‗nalishdagi: mexanika,
matematika, fizika, muhandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil
mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash
va tahlil qilish masalalarini aniq, tеz, samarali hal etish uchun mo‗ljallangan
sistеma va turli xil sohali foydalanuvchilarga muljallangan dasturlash tilidir.
MATLAB
tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler)
va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog‘liq.
Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika
kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler keyinchalik faoliyatini
MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matritsali
hisoblashlar va chiziqli algebra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida
qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. ―MATLAB‖ so‗zi
inglizcha ―
Matrix Laboratory
‖ so‗zlarining qisqartirilgan ifodasidir.
Dastlab, MATLAB paketi matrisali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi
uchun qulay qobiq sifatida qo‗llanilgan bo‗lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali
matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o‗ziga xos laboratoriya
sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy
dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg‘or vakillaridan biriga
aylandi.
MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol
rejimda ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida
foydalanib, hisoblash jarayonlarini o‗ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni
modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari,
MATLAB dasturiy tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir
qancha dasturlarga bevosita bog‘lash orqali shu dasturlarda ishchi varag‘ida
MATLABda mavjud buyruqlardan ―jonli‖ ravishda foydalanish mimkin. Masalan
Microsoft Office Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi
ishlarni osonlashtirish mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa
MATLAB tizimi buyruqlaridan foydalanib, ―jonli‖ elektron darsliklar,
qo‗llanmalar, prezentatsiyalar va turli ko‗rinishdagi ―jonli‖ elektron hujjatlar
yaratish imkoniyatlari mavjud.
24
1-rasm.
Dostları ilə paylaş: |