Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. O'tish davri quyidagi me'zonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarni qaytarilib turishligi), beqarorlik (turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o'zaro ta'siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo'llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo'qolib ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va
tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkor-lik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi -- ijtimoiy—iqtisodiy islohot-larning asosiy maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifa-lari va strategik yo'llarining umumiy g'oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga bar-ham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Dostları ilə paylaş: