Obidjon karimov


Majlisga shayx bu kecha ко ‘p shayn boshladi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/48
tarix29.07.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#137897
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

Majlisga shayx bu kecha ко ‘p shayn boshladi,
Sindurdi sham'u nuqlini havz ichra tashladi.
Majlisda o ‘tirgan shayx mast bo‘lib, ko‘p to ‘polon qiladi, 
shamni sindirib, nuql gazak (zakuska) ni hovuzga tashlaydi. Bunda 
shoir odamlami may ichmaslikka undaydigan, aslida xilvatda o ‘zi 
ichaveradigan, mast bo ‘lib, boshqalarning halovatini buzadigan 
beburd shayxning satirik obrazini yaratadi. Bu muammodan 
«Muhsin» ismi kelib chiqishi kerak. Muammodagi ishoraga ko‘ra 
shayx «majlis» (o-'W) so‘zidagi tepaga tikka chiqqan J harfming 
tayoqchasini — shamni sindirgandek sindirgan va natijada bu so‘z 
lh?-» formasiga kirgan. Bundan tashqari, shayx nuqlni hovuz ichiga, 
ya'ni -г- ning ostidagi nuqtani hovuzga o ‘xshashning ichiga 
tashlangan. Shundan so‘ng 
о
so‘zi hosil bo‘ladi. K o‘rinadiki, kishi 
ismini topish uchun muammoda aytilgan imo-ishoralar juda 
mantiqiy xarakterga egadir.
Navoiyning chuqur falsafiy mazmunni ifodalagan 
Bu gulshan ichraki yo 'qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot
muammosidagi 
so‘zidan «ot» ( ^ ') chiqarib tashlansa,
«Sa'd» ( - ^ ) ismi kelib chiqadi.
Navoiy fors-tojik tilida ham ko‘p muammo yaratgan. Uning 
«Devoni Foniy» to‘plamiga 400 ga yaqin muammo kirgan.
XV-XVIII asrlarda yashagan ilg‘or so‘z san'atkorlari muammo 
janridan o ‘zlarining taraqqiyparvarlik fikrlarini ilgari surish, o ‘zlari, 
yashagan muhitning yaramas illatlarini fosh etish, ayrim zolim, 
munofiq kishilarning qiyofalarini ochib tashlashda foydalanganlar.
Ammo ayrim muammochi shoirlar muammoda mazmunga 
mutlaqo e'tibor bermay, shaklbozlikka berildilar. Hatto ayrim 
shoirlar faqat shaklbozlikdan iborat bo‘lgan muammo yozishdan 
boshqa ish qilmaganlar. Bu hoi badiiy-estetik va ijtimoiy fikr 
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim bo‘lgan adabiyotning rivojiga 
emas, balki inqiroziga olib borar edi.
64


c h i s t o n
Biror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta'rif-tavsif 
etish orqali o ‘quvchini o ‘sha predmet yoki hodisani topishga dalolat 
qiladigan she'r chistondir. Lirikaning bu turi xalq og‘zaki ijodidagi 
topishm oqlar asosida yuzaga kelgan b o iib , X-XII asrlarda fors-tojik 
adabiyotida lug‘z nomi bilan atalgan. Bu she'riy forma XV asrdan 
o ‘zbek yozma adabiyotida fors-tojik so‘zi chiston, (chist - nima, on
- u) nomi bilan yaratila boshladi.
Alisher Navoiy o ‘zbek yozma adabiyotida bu lirik janm ing 
dastlabki 
namunalarini 
yaratib, 
uning 
adabiyotdagi 
o ‘rnini 
qonunlashtirgan va «Badoe'ul-vasat» devoniga o ‘nta chiston 
kiritgan. Navoiy chistonlari, boshqa janrlardagi asarlari kabi, 
diqqatga sazovordir. Ularda shoir o ‘z atrofini o ‘rab turgan 
predmetlami, ijtimoiy munosabatlami, turmush hodisalarini aks 
ettiradi. Shuni ham aytish kerakki, bu asarlar boshdan oxirigacha 
nozik yumor bilan sug‘orilgan b o ‘lib, asosiy g ‘oya shu yumor orqali 
ifodalanadi. M asalan, shoir tanganing nomini aytmasdan, uning 
tashqi belgilari va ichki mohiyatini shunday tasvirlaydi:

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin