Yo rab, ul shahdu shakaryo labdurur? Yo magar shahdu shakar yolabdurur? Jonima payvasta novak otqali G ‘amza о ‘qin qoshig ‘a yolab durur? Navoyning bu so‘zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib
olamiz. Birinchisi shuki, tuyuqlar turkiy qavmlar qo‘shiq qilib
bazmlarda, to ‘ylarda, yig‘inlarda aytadigan vaznlardan birida
yaratilarkan. Ikkinchisi, tuyuqning ikki bayt, ya'ni to ‘rt misradan
tashkil topadigan she'r turi ekanligini bildiradi. Uchinchisi, shoir
mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq aytishga
intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To‘rtinchisi, tuyuq,
albatta, ramali musaddasi maqsurdur.
Alisher Navoiyning yuqoridagi tuyug‘i seviklisini vasf etishga
bag‘ishlangan. Tuyuq «yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan.
«Tajnis - bir jins, ya'ni shakldagi so‘zning turlicha ma'nolar
ifodalashi san'atidir». «Yolabmudur» tuyuqning uch misrasida
takrorlanib uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki
misrala shoir yoming yoqutday lablarini ta'riflaydi. «Yo rab» deya
hayratlanadi:
«U - labmikin, shakarmikin, asalmikin?!
Yo
magarkim, yorim, asal bilan shakar yalaganmikin -a?!». Uchinchi,
to‘rtinchi misralarda shoir qosh tasviri va ta'rifiga o ‘tadi. «Bu -
yorimning qoshlarimikin yoki u mening jonimga uzluksiz o ‘qlar
otish
maqsadida
noz-karashma
o ‘qlarini
qoshlariga
tizib
yoylabdimi?!». Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba
tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo‘lgan
so‘z birinchi misrada «labmikin», ikkinchi misrada «yolabdimikin»,
to‘rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan
qo‘llangan.
Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakiiy xususiyatlarini
sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham maromiga yetkazgan.
Alisher
Navoiydan
keyin
tuyuq
to‘g‘risida
Zahiriddin
Muhammad Bobur aruz risolasida - «Muxtasar» asarida ma'lumot
berib, uning poetik xususiyatlarini va turlarini ko‘rsatadi. U shunday
yozadi:
«Tuyuq necha nav'dur. Biri ulkim, uch qofiyada tajnis rioyat
qilurlar. Nechukkim:
58