ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Sindesmozlar, syndesmoses suyaklar
orasida brikish xosil qiluvchi, zich briktiruvchi
to’qimadan tashkil topgan boylamlardir. Misol
uchun, qanotsimon-o’tkir o’siqli boylam,
lig. pterygospinale, ponasimon suyak o’tkir
o’sig’idan boshlanadi va qanotsimon o’siq
lateral plastinkasining qanotsimon-o’tkir o’siq
o’simtasiga brikadi; bigiztilosti boylami
lig. stylo hyoideum, ingichka va uzun, bigizsimon
o’simtadan boshlanib pastka va oldinga tomon
yo’naladi va tilosti suyagining kichik shoxiga
brikadi. Ba’zan sindesmozlar tarkibida ko’p
miqdorda elastik tolalar saqlashi mumkun,
misol
uchun,
umurtqa
yoylari
orasida
joylashgan sariq boylamlar,
ligg. flava, bo’yin
boylami,
lig. nuchae, va boshqalar. Bundan
tashqari, sindesmozlarga suyaklarni ma’lum
masofada brikturib turuvchi keng boylamlar:
suyaklararo
bilak
va
boldir
pardalari,
mambrana interossea antebrachii, mambrana interossea cruris, kiradi. Sindesmozlarga yana
birlamchi briktiruvchi to’qimadan tuzulgan
kalla liqqildoqlari ham taluqlidir.
Choklar,
suturae , bosh qutusidagi kalla
gumbazi va yuz suyaklarini birlashtiradi. Ular
o’zaro
birlashuvchi
qo’shni
suyaklar
qi’rg’oqlari orasida tortilgan zich briktiruvchi
to’qima kamarlaridan tashkil topgan. Yosh
ulg’aygan sari zich briktiruvchi to’qimani
suyak to’qimaga aylanib borishi tufayli,
choklar suyaklanib boradi. Choklarning releyfi
va birlashuvchi qirg’oqlarning bir-biriga
yopishish holatiga ko’ra quyidagi choklar
ajiratiladi: tishsimon(arrasimon) chok,
sutura seratta; tangasimon chok,
sutura squamosa; yassi chok
sutura plana . Tangasimon va
tishsimon choklar orqali kalla gumbazi
suyaklari o’zaro brikadi. Yuz suyaklari yassi
choklar orqali brikkan bo’lib, bunda o’zaro
brikuvchi suyak qirg’oqlari bir-biriga aniq va
tekis brikadi. Bundan tashqari sxindilyoz
(tilim-tilim),
schyndilesis ,
ko’rinishidagi
choklar ham uchraydi – bu brikishda bir suyak
qirrasi ikkinchi suyak tarnovchasiga to’g’ri