Odam anatomiyasi


Yuqorigi tugash suyaklari



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

Yuqorigi tugash suyaklari 
Yuqorigi tugash suyaklari (ras. 207, 211), 
o’mrov 
suyagidan 
tashqari, 
tog’ayli 
rivojlanishga ega. Kurak, 
scapula,
bitta 
birlamchi va 6 – 8 ta ikkilamchi suyaklanish 
nuqtalaridan rivojlanadi. Birlamchi suyaklanish 
nuqtasi kurakda, xomiladorlikning 2 
– 
oyligining ohirida hosil bo’ladi; undan 
suyakning katta qismi hosil bo’ladi. Ikkilamchi 
suyaklanish nuqtalari 11 yoshdan 18 yoshgacha 
hosil bo’ladi va suyak o’simtalari, bo’g’im 
chuqurchalari, pastki burchak va kurakning 
medial tomoni rivojlanishiga negiz yaratadi.
Kurak barcha qismlarining qo’shilishi 11 
yoshdan 18 yoshgacha sodir bo’ladi.
O’mrov, 
clavicula,
- boshqa suyaklarga 
nisbatan suyaklanishi eng erta boshlanuvchi va 
eng kech yakunlanuvchi suyak hisoblanadi. 
O’mrovning turli qismlari turlicha rivojlanadi.
Uninh katta qismi yassi suyak tipida 
rivojlanadi. Uning to’shga qaragan uchi tog’ay 
suyak 
sifatida 
rivojlanadi. 
Murtakning 
markaziy 
qismida 
birlamchi 
suyaklanish 
nuqtasi omila rivojlanishining 6 – haftasida 
sodir bo’ladi. Bu yerdan esa yassi suyak 
shakillanadi. Jarayon akramion tomonga ham 
davom etadi. 16 – 18 yillarda o’mrovning to’sh 
tomondagi uchida qo’shimcha suyaklanish 
nuqtasi paydo bo’ladi. Bu nuqtani o’mrov bilan 
qo’shilishi 22 – 24 yoshlarda sodir bo’ladi.
Yelka suyagi, 
humerus,
8 ta suyaklanish 
nuqtalaridan rivojlanadi: birlamchi va 7 ta 
ikkilamchi. 
Birinchi 
suyaklanish 
nuqtasi 
xomiladorlikning 2 – oyida hosil bo’ladi. 
Undan tana va medial bo’g’im o’sig’i 
shakillanadi. Uchta ikkilamchi suyaklanish 
nuqtalaridan yuqorigi epifiz, qolgan 4 ta 
nuqtadan esa – pastki epifiz shakillanadi. 
Barcha ikkilamchi nuqtalar hayotning birinchi 
yilida suyaklanadi yoki undan ham kechikichi 
mumkun (misol, tashqi bo’g’im o’sig’iusti 
o’simtasi – 11 yoshda). Yuqorigi nuqtalar 
pastkilariga qaraganda oldinroq suyaklanadi, 
bundan tashqari qizlarda bolalarga nisbatan 
ertaroq suyaklanadi. Suyaklanish jarayonlari 
ham turli vaqtlarda yakunlanadi. Proksimal 
epifizning diafiz bilan qo’shilishi 20 – 25 
yoshda, distal epifizning diafiz bilan qo’shilishi 
esa – 20 yoshlarda sodi bo’ladi.
Tirsak suyagi, 
ulna,
xomiladorliknig 2 – 
oylarida bitta diafiz va ikkita epifizda hosil 
bo’luvchi uchta nuqtadan rivojlanadi: yuqorigi 
(8 – 12 yoshda hosil bo’ladi) va pastki (6 – 9 
yoshda hosil bo’ladi). Suyakning barcha 
qismlarini bir-biri bilan qo’shilishi 18 – 22 
yoshda amalga oshadi.
Bilak suyagi, 
radius,
4 ta suyaklanish 
nuqtalaridan rivojlanadi: bitta birlamchi – tana 
hosil bo’lishi uchun, ikkita ikkilamchi – 
yuqorigi va pastki epifiz uchun va to’rtinchi, 
qo’shimcha – bilk suyagining gadir-budirligi 
uchun. Gadir-budirlik 14 yoshda paydo bo’ladi 
va 18 yoshda diafiz bilan qo’shiladi. Birlamchi 
nuqta xomiladorlikning 2 – oylarida, yuqorigi 
epifizdagi ikkilamchi nuqta – 5 – 6 yoshlarda, 
pastki epifizda 2 – 3 yoshda. Proksimal 
epifizning diafiz bilan qo’shilishi 16 – 17 
yoshda, distalniki esa – 2 yoshda sodir bo’ladi. 
Kaftusti suyaklari, 
ossa carpi,
tog’ay suyak 
sifatida rivojlanadi va tug’ulgunga qadar tog’ya 
sifatida qoladi. Ularning har biri bitta 
suyaklanish nuqtalaridan rivojlanadi. Jarayon 
quridagi tartibda amalga oshadi: boshchali


Страница | 120
suyak hayotning 1 – yilida suyaklana boshlaydi, 
ilmoqsimon – ikkinchi yoshning boshida, 
uchqirrali – 4 – yoshning oxirida, trapetsiua 
suyagi – 5 yoshda, qayiqsimon – 5 – yosh 
o’rtalarida, trapetsiyasimon – 6 yoshda, 
no’xatsimon – 8 yoshdan 10 yoshgacha. Bu 
suyaklarning 
suyaklanishi 
amaliyotda 
odamning biologik yoshini aniqlash testida 
ishlatiladi (kaftning rentgen surati bo’yicha) 
(ras 212). Kaftning barcha 5 ta suyaklari, ossa 
matacarpalia, tog’ay asosida rivojlanadi. Har 
bir suyak ikkita suyaklanish nuqtalari – 
birlamchi, diafizar va ikkilamchi, epifizar, ga 
ega. Birlamchi nuqtalar xomilaning 3 – oyi 
ichida paydo bo’ladi. Har bir birlamchi 
nuqtadan tana va asos, har bir ikkilamchi 
nuqtadan esa – suyak boshchasi shakillanadi. I 
kaft suyagida birlamchi nuqtadan tana va bosh, 
ikkilamchidan esa – suyak asosi hosil bo’ladi. 
Ikkilamchi suyaklanish markazlari 3 – 4 – 5 
yoshlarda hosil bo’lib, epifizning diafizga 
qo’shilishi 14 – 16 yoshda sodir bo’ladi. 
Falangalar, 
phalanges,
tog’ay asosida, ikkita 
suyaklanish nuqtasi – birlamchi va ikkilamchi, 
dan rivojlanadi. Birlamchi nuqta falangalarning 
tanasi va boshchasi rivojlanishi uchun, 
ikkilamchi nuqta esa – suyak asosi rivojlanishi 
uchun hizmat qiladi. Barcha falangalarda 
diafizar nuqta xomilaning 2 – oyining oxiri 3 – 
oyining boshlarida, epifizar esa – 2 – 3 yoshada 
hosil bo’lad. Suyaklangan nuqtalarning 
qo’shilishi 16 yoshdan 20 yoshgacha davom 
etadi.

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin