ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
214. 1 yoshli bolaning oyoq kaft suyaklari (rentgenogramma). 1 – katta boldir suyagi; 2 – kichik boldir suyagi; 3 – oshiq suyagi; 4 – tovon suyagi; 5 – kubcimon suyak; 6 – kichik boldir suyagining distal epifizi; 7 – lateral ponasimon suyak; 8 – kaft suyaklari; 10 - barmoqlarning o’rta falangalari; 11 – barmoqlarning distal falangalari. labirintning ga’lvirsimon katakchalari to’liq
rivojlanib bo’ladi.
Chakka suyagi,
os temporale, tangasimon,
nog’ora va toshsimon qismlardagi to’rtta
murtakdan rivojlanadi. Suyaklanish nuqtasi
tangasimon qismda birinchi hosil bo’ladi,
nog’ora qismida esa – homiladorlikning 3 –
oyning ohirida, toshsimon qismda – 5 –
oylikda, bigizsimon o’simtada esa – hayotning
1 – yili ohirida hosil bo’ladi. Eshitish yo’li
chaqaloqlarda to’la shakillanmagan bo’lib,
nog’orasimon qism eshitish teshigida to’la
halqa hosil qilmaydi (ras, 97). Hayotning
birinchi yilida bu halqa osib, tangasimon qism
bilan birgalikda tashqi eshitish yo’lini suyakli
qismini hosil qiladi. Chakka qismining to’liq
suyaklanib bo’lishi 6 yoshda tugallanadi.
Pastki burun chig’anog’i,
concha nasalis inferior, - tog’ayli suyak. Xomila ichi
bosqichining 3 – oyligida hosil bo’luvchi
suyaklanish nuqtasidan rivojlanadi.
Ko’zyosh suyagi,
os lacrimale, yassi, xomila
ichi bosqichining 3 – oyligida hosil bo’luvchi
suyaklanish nuqtasidan rivojlanadi.
Dimoq,
vomer, -
yassi
suayk.
Xomiladorliknin 2 – oyligida hosil bo’luvchi
ikkita – o’ng va chap suyaklanish nuqtalaridan
rivojlanadi. Keyinchalik o’ng va chap
plastinkalar qo’shiladi, ular orasida joylashgan
burun to’sig’i tog’ayi tug’ulgandan so’ng
so’rilib ketadi.
Yuqorigi jag’
maxilla , - yassi suyak. U 5 ta
suyaklanish nuqtalaridan rivojlanadi: tashqi
(yuqorigi va pastki), ichki (oldingi va orqa) va
o’rta. Tashqi yuqorigi nuqta ko’z kosasining
medial qismini hosil qiladi, tashqi pastkining
tashqi tarafidan yanoq o’simatasi, suyakning
oldingi tashqi qismi va alveolyar osiqning
to’rlari hosil bo’ladi. O’rta nuqtadan peshona
o’sig’I va tananing bir qismi shakillanadi. Ichki
orqa nuqtadan tanglay oi’simtasining 2/3
qismi va qoziq va molyar tishlarning alveolyar
o’simtalari hosil bo’ladi. Ichki oldingi nuqtadan
kesuvchi suyak shakillanadi – kesuvchi
tishlarning alveolyar o’simtalari va tanglay
o’sig’ining oldingi qismi. 5 -
Oyda suyaklanish nuqtalari qo’shiladi, lekin
yangi tug’ulgan chaqaloqda kesuvchi suyakni
yuqorigi jag’ning boshqa suyaklariga qo’shib
turuvchi kesuvchi chok saqlangan bo’ladi.
Yuqorigi jag’ pazuxalari xomiladorlikning 6 –
oylarida hosil bo’lib, 12 14 –yoshda to’liq
shakillanib bo’ladi.
Tanglay
suyagi,
os palatum, yassi.
Xomiladorlikning 2 – oyida perpendikulyar va
gorizontal plastinkalarning qo’shilish joyida
hosil bo’luvchi
suyaklanish
nuqtasidan
rivojlanadi.
Yanoq suyagi,
os zygomaticum, u ham yassi.
Xomiladorlikning 2 – pyi ohirida hosil
bo’luvchu suyaklanish nuqtasidan rivojlanadi.
Pastki jag’,
mandibula, rivojlanishi bo’licha
aralash. Uning bo’g’im va tojsimon o’siqlari
tog’ayli, qolgan qismlari esa plastinkasimon
rivojlanishga
ega.
U
ikki
suyakning
juftlashishidan hosil bo’lgan suyakdir. Uning
har bir bo’lagi birinchi jabra ravog’ini tarnov
shaklida o’rab turadi. Xomiladorlikning 5 –
oylarida bu jabra so’rilib ketib, tarnovning
pastki qismidan iyak osti suyakchasi, tog’ay
tarnovning yuqorigi uchidan esa echituv
suyakchalarining ruvojlanishi uchun asos
vazifasini
bajaradi.
Ikkala
bo’laklar
tug’ulgandan so’ng 3 – oyda brika boshlab iyak
osti simfizini hosil qiladi. Suyaklarning to’liq
brikishi ikki yoshda sodir bo’ladi.
Tilosti suyagi,
os hyoideum, ikkilamchi, 5 ta
nuqtadan rivojlanadi: bularni biridan tana,
qolgalaridan esa katta va kichik shoxlar
rivojlanadi. Tana va katta shoxda suyaklanish
xomiladorlikning oxiri, tug’ulishga yaqin
vaqtlarda hosil bo’ladi; kichik shoxcha 13 – 15
yoshda suyaklanadi. Katta shoxning tana bilan
brikishi bir qancha kech, 30 – 40 yoshlarda,
kichik shoxchaniki esa qariyalik paytida sodir
bo’ladi.
Butun kalla qutusining yoshga xos xususiy
farqlari, uning topografik qismlari, bosh va yuz
qismlarining o’zaro nisbatiga ko’ra farqlanadi.
Bu farq suyaklar qalinligi, kalla qutusi
chuqurchalari va bo’shliqlari o’lchami,
liqqildoqlar ko’rinishi, kalla choklarining
sinostozlanishi bilan ham ajiralib turadi. Kalla
qutusining rivojlanishida 5 ta davr farqlanadi.
Birinchi davr – tug’ulganadan 7 yoshgacha –
kalla qutusining aktiv o’sishi, intensiv tarzda
hajmining kattalashishi bilan kechadi. Bu
davrda choklar bir qancha torayadi va
liqqildoqlar,
fonticuli, kattaligi asta sekin
kichiklashib boradi. Ko’z kosasi va burun
bo’shlig’i to’liq shakillanadi; pastki jag’ning