ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
ligamenta ;
bo’g’im disklari,
disci articulares; bo’g’im
menisklari
, menisci articulares; bo’g’im
lablari,
labra articularia, kiradi.
Bo’g’im boylamlari – bu zich tolali
briktiruvchi to’qimaning tutamlari bo’lib,
bo’g’im kapsulasini mustaxkamlovchi va
suyakni bo’g’im bo’shlig’iga yo’naluvchi
xarakatini chegaralovchi hususiyatga ega.
Boylamlar bo’g’im kapsulasiga nisbatan
munosabatiga ko’ra bo’g’im kapsulasining
tashqarisida joylashgan, kapsuladan tashqari
boylamlar,
ligg. extracapsualria, kapsulaning
fibroz va sinovial membranalari orasida
joylashuvchi,
kapsulyar
boylamlar,
ligg. capsularia, va bo’g’im ichida yotuvchi,
kapsulaichi boylamlar,
ligg. intracapsularia, farqlanadi. Boylamlar amaliy jixatdan barcha
bo’g’imlarda uchraydi. Kapsuladan tashqari
boylamlar kapsula fibroz qavatiga qo’shilib
ketadi; kapsulyar boylamlar bu qavatning
qalinlashuvidan hosil bo’lsa, kapsulaichi
boylamlari esa joylashish jixatidan bo’g’im
ichida joylashsa ham uni bo’g’im bo’shlig’idan
sinovial membrana ajiratib turadi.
Bo’g’im disklari – gialinli yoki tolali
tog’aydan tuzulgan bo’lib, suyakning bo’g’im
yuzalari orasida qistirilgan holatda yotadi. Ular
bo’g’im kapsulasiga yopishadi va bo’g’im
bo’shlig’ini ikki qavatga bo’ladi. Disklar
bo’g’im
yuzalarini
bir-biriga
mosligini
(kongruentligi yoki ustma-ust tushishi) ni
oshiradi va shunga mos ravishda bo’g’im
xarakatining hajmi va turli shaklda harakatlana
olish qobiliyati ortadi. Bundan tahsqari ular
xarakat vaqtida titirashni kamaytirish va
amartizator vazifasini ham bajaradi. Bunday
disklar misol uchun, to’sh-o’mrov va chakka-
pastkijag’ bo’g’imlarida mavjud.
Bo’g’im
menisklari disklardan farqli
ravishda - u yaxlit tog’ay plastinkasidan iborat
bo’lmay, tolali tog’aydan tahskil topgan
yarimoy (o’roqsimon) shakildagi tuzulmadir.
Ikki menisk, o’ng va chap, har bir tizza
bo’g’imida uchrab; ular tashqi qirg’oqlari bilan
kapsulaga, katta boldir suyagi yaqinida brikadi
va uning o’tkir ikkinchi qirg’og’i bo’g’im
bo’shlig’ida erkin turadi.
Bo’g’im labi zich briktiruvchi to’qimadan
tashkil topgan. U bo’g’im chuqurchasiga brikib
uni chuqurlashtiradi va yuzalarni bir biriga
moslashuvchanligini oshiradi. Lab bo’g’im
yuzasiga qarab turadi (yelka va chanoq-son
bo’g’imlari).
Bo’g’imlar bo’g’im yuzalarnining shakli va
brikuvchi
suyaklarning
xarakatchanlik
darajasiga ko’ra farqlanadi. Bo’g’im yuzasi
shakliga
ko’ra
farqlanadi:
sharsimon
(kosasimon)
bo’g’imlar,
articulationes spheroideae (cotylcae); yassi,
articulationes pianae; ellipsimon,
articulationes ellipsoidae (condylares); egarsimon,
articulationes sellares; ovalsimon,
articulationes ovoidales; silindrsimon,
articulationes trochoideae; g’altaksimon,
articulationes gingylimus. Bog’im yuzalarining shakillari ularning qay
darajada xarakatchanligini belgilab beradi (ras.
217). Sharsimon va yassi bo’g’imlar bir biriga
perpendikulyar bo’lgan cuh o’q bo’ylab
xarakatlana oladi: frontal, oldingiorqa (sagittal)
va vertikal. Misol shakli bo’yicha sharsimon
bo’lgan, yelka bo’g’imida frontal o’q bo’ylab
bukish (
flaxio ) va yozish (
extensio ), xarakatlari
sagittal tekslikda sodir bo’ladi; oldingiorqa o’q
bo’ylab – uzoqlashtirish (tanaga nisbatan)
(abductio)
va
yaqinlashtirish
(adducio),
harakatlari frontal tekislik bo’ylab amalga
oshadi. Eng so’ngi, vertikal o’q bo’ylab
buralish harakati (ratatio), ichkariga buralish
(pronatio) va tashqariga (supinatio),
burilishning o’zi esa gorizonlar tekislik bo’ylab
amalga
oshadi.
Bu
harakatlar
yassi
bo’g’imlarda anchayin chegaralangan (yassi
bo’g’im yuzasi chuqurligi kam bo’lgan
diametri katta yuza sifatida qaraladi) sharsimon
bo’g’imlarda esa xarakat katta amplitudali
bo’lib
ularda
doira
bo’ylab
aylanma
xarakat(
circumductio )
xam
mavjud.
Bo’g’imlarda uchchala o’qdan birortasi bo’ylab
xarakat cheklansa va ikki o’z bo’ylab xarakat
amalga oshsa – ikkio’qli bo’g’imlar deb ataladi.
Ikkio’qli bo’g’imlarga ellipsimon bo’g’imlar
(masalan, bilak-kaft bo’g’imi) va egarsimon
(masalan, I barmoqning kaftusti-kaft bo’g’imi).
Bir
o’qli
bo’gimlarga
silindrik
va
g’altaksimon bo’g’imlar kiradi. Silindrik
bo’g’imning xarakati buralish o’qiga paralael
xolatda amalga oshiriladi. Misol tariqasida
bunday bo’g’imlardan, birinchi va ikkinchi
bo’yin umurtqalarining o’rtasida joylashgan
markaziy bo’g’im bo’lib unda buralish xarakati
II bo’yin umurtqasiga nisbatan vertikal xolatda
bo’ladi. Bu bo’gimlarga proksimal bilaktirsak
bo’g’imi xam kiradi.
Bir o’qli bo’gimning boshqa ko’rinishdagi
turi
g’altaksimon
bo’g’imdir.
Bunday
bo’g’imlarga yelkabilak va falangalaraor
bo’g’imlari kiradi.
Sichqonsimon (tuxumsimon) bo’g’imlar,
articulationes
bicondylares,
ellipsimon
bo’g’imlarning shakli o’zgargan ko’rinishidir.
Skelet tizimida bir qancha bo’g’imlarda
xarakat
faqat
qo’shni
bo’g’im
xarakatlangandagina amalga oshishi mumkun
bo’lib, bu anatomik jixatdan izolatsiyalangan
bo’g’imlar umumiy bir vazifani bajaradi.
Bo’g’imlarning
bunday
funksional
kombinatsiyasini ularni tuzulishi va xarakat
strukturasining analizini o’rganganda bilish
zarurdir.