Yuqorida qayd etilgan belgilar bo‘yicha o‘zaro o‘xshashlar
monozigota egizaklar, o‘xshash bo‘lmaganlari esa dizigota egizaklar
sanaladi.
Egizaklar juftini saralash ham katta ahamiyatga ega. Genetik tad-
qiqotlarda o‘rganilayotgan belgi-xossalar bo‘yicha egizaklar juftida
o‘zaro konkordantlik (lotincha concordare - o‘xshashlik) va bir-
biridan farq qilish diskordantlikni (lotincha discordare - o‘xshashlik)
belgilash nihoyatda muhimdir. Har ikki juft egizaklarda konkordant
lik koeffitsientini aniqlash
S
К = -------------
S + D
formulasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda К - belgining irsiylanish koeffitsienti. U foizlar orqali ifodala-
nadi. S - konkordant juftlar soni, D - diskordant juftlar sonini bildiradi.
Agar belgining irsiylanish koeffitsienti monozigota egizaklarda
yuqori, dizigota egizaklarda past bo‘lsa, u holda belgini irsiylani-
shida irsiy omillar ustunlik qilganligini, mabodo «К» monozigota
va dizigota egizaklarda yaqin bo‘lsa, unda belgining rivojlanishida
tashqi muhit omillari ustunlik qilgan, degan xulosaga kelinadi.
Dostları ilə paylaş: