126
bo‘ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish
qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi.
Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun
kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan.
Jumladan, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida har 45 minutlik
darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini
shamollatish, sinf xonasida o‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib
yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, har xil harakatli
sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak.
Jismoniy mehnat
tananing skelet muskullari, paylari, bo‘g‘im-
lari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to‘plamidan tashkil
topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Ma’lum bir
jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli
muskul guruhlari qisqarib-bo‘shashadi, ularning ishini boshqaruv-
chi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Murakkab harakatlar bilan bog‘liq
jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari
ishtirok etadi va ularning miyadagi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Bu
murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam
takrorlanib turilganda, bu harakatlarda ishtirok etuvchi muskullar
bosh miya po‘stlog‘idagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda
qo‘zg‘alish, ular o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish yoki harakatlan-
tiruvchi shartli reflekslar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa
murakkab harakatlar tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi.
Nevroz nima?
Nerv sistemasining faoliyatiga odam yashay-
digan va mehnat qiladigan muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir
aqliy mehnat, oiladagi urush va janjallar, ishxonadagi kelish-
movchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning kay-
fiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan
bo‘lsa, odamni nevrozga olib kelishi mumkin.
Nevroz
— nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi
bilan bog‘liq og‘ir ruhiy xastalik.
Nevroz ruhiy shikastlanish oqibatida yuzaga keladi. Qayg‘u,
alam, ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan
umidsizlik kabi hissiyotlar nevrozning bevosita sababchisi bo‘ladi.
Bemor serjahl, o‘zidan va atrofdagilardan norozi bo‘lib yuradi.
Agar u davolanmasa, kasallik yana ham chuqurlashadi.
Dostları ilə paylaş: