131
Ko‘zning tuzilishi.
Ko‘z bosh suyagining chuqurchasida — ko‘z
kosasida joylashgan. Ko‘z ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va yordamchi
qismlar: ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning
nervlari, qovoq va kiðriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabi-
lardan tuzilgan (72- rasm). Ko‘z soqqasi tashqi va ichki qismlardan
iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi — fibroz, o‘rta — qon tomir
va ichki — to‘rsimon pardalardan tashkil topgan. Ichki qismiga ko‘z
ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Fibroz
pardaning oldingi qismida shox parda bo‘ladi. Ko‘z soqqasining
ichki — to‘rsimon pardasi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega,
chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi
retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib,
tayoqcha
va
kolbacha
shaklidadir.
Dostları ilə paylaş: