Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi.
Bolani go‘daklikdan
noto‘g‘ri, qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash, qiziqish va erkini men-
simaslik, tahqirlash unda qo‘rqoqlik, jur’atsizlik, o‘ziga ishon-


127
maslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning o‘z tengilariga
qo‘shilishiga xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi.
Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istaklarini bajo
keltirish, o‘rinsiz maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham
nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z shaxsiga bino qo‘ygan, lekin
irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, injiq bo‘lib o‘sadi.
Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri tarbiya-
lash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shug‘ul-
lanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qo‘shib olib borish,
mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
Alkogolning oliy nerv faoliyatiga ta’siri.
Alkogol barcha or-
ganlarga, ayniqsa, bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qis-
miga kuchli ta’sir qiladi. Alkogol markaziy nerv sistemasida
qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishiga
xalaqit beradi. Ichish shartli reflekslar hosil bo‘lishini sekin-
lashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qo‘zg‘atib, xursand-
chilik kayfiyatini paydo qiladi. Lekin miya po‘stlog‘i boshqa quyi
markazlarning ishini nazorat qilmay qo‘yadi. Shuning uchun ichgan
odam uyalmaydi, sog‘ holatda qilmaydigan ishlarga qo‘l uradi;
o‘zini tutolmasdan, ko‘p gapiradi.
Alkogolning ko‘proq miqdori oliy nerv faoliyatini battarroq
izdan chiqaradi, qo‘l, oyoq, til va ko‘zning harakatlanish aniq-
ligini buzadi. Ichgan odam ko‘ziga narsalar qo‘shaloq bo‘lib
ko‘rinadi; u gandiraklab, tili aylanmasdan, g‘uldurab qoladi.
Alkogolni muntazam iste’mol qilib turish alkogolizmga olib keladi.
Alkogolizm, ya’ni ichkilikbozlik alkogolga ruju qo‘yish demakdir.
Giyohvandlik
. Narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotir-
jamlik hissini uyg‘otib, kayf qildirishi sababli iste’mol qilinadi.
Keyinchalik organizm bu moddalarga o‘rganib qolishi oqibatida gi-
yohvandlik kelib chiqadi.
Narkomaniya, 
ya’ni giyohvandlik — kayf keltiradigan mod-
dalarni ko‘proq iste’mol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan og‘ir
ruhiy kasallik.
Narkotik moddalarning muntazam iste’mol qilinishi organizmni
butunlay zaharlaydi. Giyohvandlikda dastlab tajanglik, xotira
buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zgarishlar:
yurak urishi, og‘iz qurishi, terlash, qo‘l-oyoq titrashi, ko‘z qora-
chig‘ining kengayishi kabi holatlar paydo bo‘ladi.


128
Ichkilik va kashandalikka ruju qo‘ygan inson halovatini
yo‘qotadi. Halovati yo‘qolgan odam salomatligidan ayriladi. Shu
sababli ham bu zararli odatlardan o‘zini tiya bilish o‘z salomatligini
saqlash demakdir
.
Alkogolizm va giyohvandlik faqat bemor odamning o‘ziga emas,
balki boshqa odamlar va jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Bu
kasalliklarga duchor bo‘lgan odam o‘z vazifasi, oilasi, qarin-
doshlariga e’tiborsiz bo‘ladi. Og‘ir jinoyatlarning asosiy qismi narko-
tik moddalar iste’mol qilish va ichkilikbozlik oqibatida ro‘y beradi.
Alkogol va narkotik moddaga ruju qo‘ygan ota-onadan turli
irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tug‘iladi. Alkogollar va
narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari
ko‘p uchraydi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin