Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Ko‘rish o‘tkirligi. 
Ko‘rish o‘tkirligi ikkita buyum bir-biriga
qo‘shilib ketmasdan, alohida-alohida ko‘rinishi uchun zarur bo‘l-
gan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish
o‘tkirligi normal bo‘lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib
joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko‘rish o‘tkirligi
maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi (75- rasmga qarang).
Aniqlash usuli laboratoriya mashg‘ulotida berilgan.
Ko‘zning ko‘rish maydoni.
Ko‘zni harakatlantirmay turganda
atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati.
Ko‘rish organi funksiyasining buzilishi.
Yaqindan ko‘rish
(miopiya) holati tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Uzoqdan
ko‘rish (giðermetropiya) holati, asosan, tug‘ma bo‘ladi, ammo
keksalarda ko‘z gavhari do‘ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga
kelishi mumkin.
Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug‘ma
buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati
buziladi (daltonizm kasalligi). Bu ko‘pincha erkaklarda uchrab, irsiy
o‘tadi.
Ko‘rish gigiyenasi.
Ko‘rish qobiliyati me’yorida saqlanishi
uchun quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim:
— yorug‘likning yetarli (100—150 luks) bo‘lishi;
— yorug‘likning chap tomondan tushishi;
— kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarini ko‘zdan
o‘rtacha 40 sm masofada tutish (har bir odamning ikki qarichiga
teng masofada);
— o‘qish, yozish, chizish, mashg‘ulotlarida har 15 minutda
ko‘zga 15 daqiqa dam berib, derazadan uzoqqa qarash;
— kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar,
sariyog‘, sabzi, qovoq)ni muntazam iste’mol qilish;
— avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport
vositalarida ketayotganda o‘qish yaramaydi. Bu vaqtda qo‘ldagi kitob
yoki jurnal, gazeta qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining
uzluksiz o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning


133
xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham
zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni
toliqtiradi;
— ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan,
changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish
lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash yara-
maydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab usti-
dan silash mumkin;
— zararli odat bo‘lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish,
giyohvandlik ko‘zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin