Oila – ma’naviy va mafkuraviy tarbiya maskani. Yosh oila himoyaga muhtojmi yoki paternalizmning mohiyati. Yosh oila salomatligi omillari


Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko’rikdan o’tkazish va nikohning mustahkamligi



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə6/9
tarix26.09.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#149263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila – ma’naviy va mafkuraviy tarbiya maskani. Yosh oila himoyag

4. Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko’rikdan o’tkazish va nikohning mustahkamligi


Oila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha tibbiy ko’rikdan o’tishlari belgilab qo’yildi. Bu modda kiritilishining mohiyati shundaki, imonli, insofli va yahshi niyatli inson uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda bo’lishiga qayg’urish qanchalik muhim va majburiy bo’lsa, yoki otaona bo’lish ma’suliyati kuchli bo’lsa, o’zidan sog’lom zurriyot qoldirish, uni sog’salomat katta qilib voyaga yetkazish, to’g’ri tarbiya berish shunchalik ma’suliyatli va nasli nuqtai nazaridan sog’-salomatligiga ishonch hosil qilish shunchalik zarurdir.
Tibbiy ko’rikdan o’tgan har ikki yosh eng avvalo o’z vujdoni oldida toza bo’lishi masalaning bir tomoni bo’lsa, hali oilani qurmay turib, uning salomatligi haqida qayg’urayotganligi ulardagi ana shu nikohday muqaddas narsaga bo’lgan jiddiy va ma’suliyatli munosabatining namoyon bo’lishidir. Ayniqsa, bugungi bozor munosabatlari sharoitida oiladagilarning sog’lom bo’lishi, yangi tug’ilgan farzandning sog’ va salomat katta bo’lishi muhim iqtisodiy hamda ma’naviy masaladir.
Milliy o’zligimiz va mahalliy urf-odatlarimiz shundayki, ikki yosh va ularning ota-onalari turmush qurishga ahd qilishsa, nisbatan qisqa fursatda hamma to’y taraddudiga tushadi. Yoshlar ham, ota-onalar ham faqat bir xil tashvish – eson omon yurt oldida ovozalar bilan to’y qilishga tayyorgarlik bilan band bo’ladilar. Shunday sharoitda qizning yoki yigitning salomtaligini tekshirib ko’rish yoki shunday taklifni u yoki bu quda tomonidan berilishiga hijolat bo’lish ham bor. Shuning uchun aslida yigit-qizlarning nikohdan avval bevosita pushtga, naslga ta’sir etuvchi hastaliklarga chalinmasligini tekshirishni millat manfaati nuqtai nazaridan yurtimizda davlat muassasalari o’z bo’yniga olgan. Masalan, yosh yigit va qiz nikohlarini rasmiy ravishda qayd etish istagida kamida bir oy avval FXDYo bo’limlariga ariza berish uchun kelganlarida ularning qo’liga tibbiy ko’rikdan o’tish taklifi beriladi va bu ishlarning hammasi bepuldir, ya’ni, davlat bu sarfxarajatlarni o’z zimmasiga oladi. Ushbu harakatlarning qonuniyligi ta’minlash maqsadida 2003-yilning 25-avgustida “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risidagi” Nizom haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365 sonli qarori qabul qilingan. Ushbu nizomga ko’ra, barcha fuqarolar nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tishi zarur. Bunda bo’lajak kelinkuyovlar beshta asosiy hastalik – sil, teri-tanosil, giyohvandlik, OITS, ruhiy kasalliklar bo’yicha tekshiriladi. Sababi, bu beshta kasallik bevosita naslga ta’sir qiladi.
O’tkazilgan tadqiqotlar yurtdoshlarimizda “salomatlik” qadriyatiga munosabatlari ijobiy tomonga o’zgarayotganligini isbotlamoqda. Xususan, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy hamda jamoatchilik fikrini o’rganish “Ijtimoiy fikr” Markazlarining tadqiqot natijalariga e’tibor beradigan bo’lsak, agar 2003yilda aholining faqat 42,7 foizigina nikoholdi tibbiy ko’rikdan o’tishga ongli munosabatni ifoda etgan bo’lsa, 2005-yilda bunday ijobiy ko’rsatgich 84,4 foizni tashkil etdi.
Zero, olimlarning kuzatishlari va tadqiqotlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlarda xastaliklarni oldini olish yoki bemor bo’lib qolganda dori-
darmonlarni istemol qilishga munosabati keskin o’zgarib borayotganini ko’rsatmoqda. Yurtdoshlarimiz bunda eng avvalo profilaktik tibbiyot, ya’ni xastalikni oldini olish uchun sog’lom turmush tarzi qonun-qoidalariga rioya etish, bunda sog’lom fikr va ruhiy quvvatdan foydalanish, bo’lgan bo’lmagan dorilarni iste’mol qilavermaslik ko’nikmalarini egallab borayotganligi tasdiqladi. Bu ham ma’lum ma’noda mamlakatimizda “Sog’lom ona – sog’lom bola” ijtimoiy harakatining, samarali targ’ibot-tashviqot ishlarining natijasidir. Qishloq hududlarida aholining toza ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena shartsharoitlarini yaratish, xususan, ota-bobolarimizdan qolgan har bir mahallada sharqona yuvinish maskanlari bo’lmish hammomlar qurilishiga e’tiborning ortayotganligi ham yurtdoshlarimiz psixologiyasining muhim o’zgarishlaridandir. Yurtimiz ayollari va bolalar sport bilan faqat o’zining jismoniy quvvatini tiklash va bo’sh vaqtini maroqli o’tkazish uchun emas, balki u orqali sog’lom turmush tarzi keng targ’ibot qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan halos bo’lish, kuchli harakterni shakllantirish uchun shug’ullanayotganliklari har qanday tahsinga loyiqdir.
Bularning barchasi strategik maqsadimiz – milliy genofondni yahshilash, barkamol va sog’lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarni yanada takomillashtirish orqali yosh oilalarning barqarorligiga erishishdan iboratdir.


Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin