-
O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik
izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari
yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum
axborotlar berib borishi
mumkin:
-
Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan
vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
-
Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
-
O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf
hayotidagi turli voqealarga baholari.
-
Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab
rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar
o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi
uchun eng maqbul
tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari,
oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan
ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar
chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa,
erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya
albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan
ishlari tajribasida shaxsiy,
sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan
olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir.
CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab talablari bilan
tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari,
tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf
hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar
tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari,
otaonalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari
keng tarqalgan va qaror
topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida
o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan
tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi.
Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar
bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan
majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim
yillik yoki yil yakuniga
bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va
o’tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota-
onalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar
taqsimlanadi.
Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan
ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga
kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki
onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar
yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining
shaxsiy suhbatini
,
oilani
o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan
o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi
g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib
borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: