Tarbiyaning asosiy tizimi:
•
Tarbiya-tarbiyalanuvchi shaxsni oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir
bola, o’smir va yosh yigit qizning betakror, o’ziga xosligini hurmatlash, uning
ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
•
Yoshlarda istak va imkoniyat tuyg’usini muvaffaqiyatli qaror toptirish;
•
Milliylikning o’ziga xosligi va ana’nalari va vositalariga tayinlash;
•
Shaxslar aro munosabatlarda insonparlik pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida
bir biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha
munosabatlarda bo’lish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi,
istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarini
o’quv-tarbiya jarayononi to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
tashabbuskorligini oshirishga imkon yaratadi.
Konsepsiada vatanparvar va komil inson tarbiyasida alohida etibior qartiladi.
Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasida fuqorolar birligi millatlararo
hamkorlik, yosh va mustaqil mamlaktimizning asosiy negizidir. Respublikamizning
mustaqil davlat sifatida shakllanish jarayonida yosh avlodni jamiat yangilanishining
mohiyatini va zarurligini tushunib yetadigan, o’zi uchun, o’zi yashab turgan
o’lkaning gullab yashnashi uchun, ining taqdiri uchun, o’ziga davlar va millat
vakillari bilan do’st-birodarlikni mustahkamlash uchun javobgarlikni his qiladigan
darajada tarbiyalash.
Vatanparvarlik- mustaqil O’zbekiston uchun yanada kengroq ma’no
mazmunga ega so’z bo’lib qoldi. Hozirgi kunda vatanparvar bo’lish- bu
iqtisodiyotimizni, mudofamizni, barcha millat vakillarining do’stona munosabatini
o’z bilimi, fidokorana mehnati, a’lo o’qishi bilan mustahkamlashdan iborat.
Har bir o’quvchi Vatan muvaffaqiyatida o’zining shaxsiy burchi burchi
mas’uliyatli vazifalari borligini to’la idrok etsinb. Kundalik tarbiyaviy ishlarni
shunday tashkil etish zarurki, natijada o’quvchilar respublika mustaqilligi sharoitida
uning muommolarini o’zinikidekqabul qiladigan bo’lsin. Uning og’irligini o’z
yelkasiga oladigan, mumkin qadarVatanga foyda keltiradigan shaxs bo’lib ulg’aysin.
Bugungi kunda olib ko’zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-
ijtimoiy madaniy sohalardagi tub o’zgarishlar hammaning fidokorona xizmati
tufayligina yuzaga kelishini anglab yetsin.
Baynalminal tarbiya bizning respublikamiz o’z moxiyati bilan baynalminaldir.
Shuning uchun yoshlarda baynalminalchilik, xalqlar do’stiligi xislarini tarbiyalab
boorish muhim ahamiyatga egadir.
Yoshlarning baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va
xalqlarga ijobiy munosabat va do’stona xis–tuygular uygotish, turli xalqlar hayotiga
qiziqish xissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday xis tuygularni rivojlantirish
asosan taqlid qilish orqali
mukammalashib boradi. O’quvchilarning
baynalmilalchilik xis tuygulari asosini shakllantirishda avvaliga ayrim
jumhurriyatlarda yashaydigan har bir millat shakllari bilan uchrashuvlar oztkazish,
ular bilan yozishmalar olib boorish, maxsus mashg’ulotlarda ularning urf-odatlari,
madaniyati, san’ati tabati to’g’risidagi adabiyotlarni o’qib berishz suhbat o’tkazish,
rasmlarni ko’rasatish, difilmlarni namoyish qilish, millat bolalari hayoti to’grisidagi,
turli millat kishilarining mehnati va turmushi haqidagi hikoyalrdan o’qib berish
orqali shakllanadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyanviy ishlarni tashkil qilish
konsepsiyasiga barkamol avlodga xos axloqiy sifatlarni tarbiyalashda aloxida etibor
qaratilgan.
Huquqiy tarbiyaga oid quyidagi bilimlarga ega bo’lish lozim;
O’zbekiston respublikasi Prezidenti, Oliy majlis senati, Prezident devoni,
Vazirlar mahkamasi, Oliy majlis qonunchilik palatasi va boshqa davlat boshqaruv
organlarining mohiyati va ahamiyati huquqiy maqomlarining kishilar kundalik
hayotida kerakligi;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarining muhofaza qilish muassasalarining
tashkiliy tuzilishi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Bolalar
huquqlari konvensiylari haqida bilimlarga ega bo’lish kerak.
Konsepsiyada iqtisodiy. ekologik, estetik, jismoniy, mehnatsevarlik
tarbiyalarning mazmuni mohiyati sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayoni
foydalanish chora tadbirlari haqida bilim beriladi. Konsepsiyada;
Iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash va tarbiyalash;
•
Mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
•
Maktabda o’quvchilarning o’zini –o’zi boshqarish kabi bilimlarni moxiyati va
mazmuni berilgan.
Sinfdan va maktabdan tashqri tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi amalg oshirishda,
quyidagi vazifalarni bajarish muhimdir. Bu masalaga olimlardan J.Hasanboyev,
X.To’raqulov, I. Asqarov, N. Usmonova ‘’pedagogika’’ darsligida tarbiya
jarayonoining moxiyati va vazifalarida quyidagilarga e’tibor berishgan;
•
Tarbiyada yaxlit yondashuv orqali axloqiy, goyaviy, estetik, jismoniy,
iqtisodiy tarbiyaning birligi va uning uzviy ravishda amalga oshirish
•
Ijtimoiy tarbiyani tashkil etis jarayoni;
•
Yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ulardan keng dunyoqarashni tarkib
toptirish;
•
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo’lish;
•
Axloq me’yorlarini anglash, o’zaro hurmat va adolatli bo’lish;
•
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish maqsadning aniqligi. Barkamol shaxs
tarbiyasida zamonaviy talablar asosida yondashuv. Ular:
•
O’qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatning eng yaxshi namunasini
izohlash. Kattalar hayoti tajribalari va shaxsiy namunalari orqali tasir ko’rsatish;
•
O’zini o’zi anglash, tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashalar hayotiy
pozitsiyasini shakllantirishga olib keladi.
Tarbiya jarayonida ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarda iroda, erkinliksiz tarbiya
g’oyalarni qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni agar u oqilona tashkil
etilsa, bir vaqtning o’zida o’qituvchi va o’qituvchi ma’naviyati boyitilsa bolaga
faoliyat jarayonida istak va xoxish shakllariga keng o’rin berilsa, o’ylagan maqsadga
erishish mumkin. Jamoatchilik bilan hamjihatlikda tarbiyaviy mashgulotlar ijobiy
ta’sir etishi konsepsiyada qo’yilgan vazifalarni bajarishga shart sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |