Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi


Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini



Yüklə 149,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü149,02 Kb.
#169516
1   2   3   4   5   6   7
2 amaliy pdf

 
Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini 
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda 
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga 
alohida ahamiyat berish lozim
, chunki bularsiz 
tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti 
hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik 
yanada yuqori bo’ladi:
• 
ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari 
harakatlarining ish birligi;
• 
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
• 
hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak
mas’uliyati;
• 
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
• 
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va 
uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga 
tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va 
otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi 
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, 
voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va raqs 
tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil 
ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv muassasasiga 
tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish.


Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh) 
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini 
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti - 
harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni 
o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik, 
vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga 
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish
jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli 
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa 
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari 
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil 
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga 
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. 
Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish 
bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. 
Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik 
hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali 
bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos 
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur
2
.
O’tkazilgan 
tadbirlar har tomonlama puxta
, shuning bilan qatnashchilarning 
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran, 
qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda, 
estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va 
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos 


bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", 
"Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr 
chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", 
«Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va 
mas’uliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", 
"Mustaqil hayot bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti 
— Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", 
"Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman 
va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga 
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya 
muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va 
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida 
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va 
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
 
 
 
Adabiyotlar

1.
Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y.
2.
A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi 
Holiqov L)- Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b


Yüklə 149,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin